Farğonada oşxona va novvoyxona 1,9 mlrd sömlik gazni ömardi
Farğona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq ikki holat aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaminot” AJ xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Hududgaz Farğona” gaz taminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida nazorat tadbiri ötkazilgan.
Jumladan, Farğona şahridagi Yoruğlik köçasida fuqaro T.M.ga tegişli umumiy ovqatlaniş şoxobçasida ötkazilgan xatlov davomida istemolçi tabiiy gaz tarmoğiga töğridan töğri ulangani aniqlangan. Holat böyiça 1 milliard 561 million sömlik tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilingan.
Şuningdek, Qöqon şahridagi “Misgarlik” mahallasida fuqaro D.X.ga tegişli novvoyxonada loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelingani malum bölgan. Bu holat böyiça 398 million 930 ming sömlik zarar hisoblangan.
Bildirilişiça, aniqlangan holatlar böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona tumanida ovqatlaniş maskani tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.