Özbekiston ilk bor koinotga suniy yöldoş uçirmoqçi
10-06-2025, 09:09
600 марта

Özbekiston ilk bor koinotga suniy yöldoş uçirmoqçi
Özbekiston 2028 yilgaça özining ilmiy-texnik suniy yöldoşini koinotga çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Özbekkosmos” agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov “Kazinform” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Ibrohimovning sözlariga köra, mamlakatda tahsil olayotgan 7 talaba Yaponiyaga yuboriladi va ularga suniy yöldoş işlab çiqarişni örganiş vazifasi topşiriladi.
“Joriy yilda mamlakatimizdan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutiga magistratura bosqiçiga öqişga yuboriladi. Ularga quyidagilar topşiriladi – öqiş davrida suniy yöldoş loyihasini işlab çiqiş, uni yiğiş va suniy yöldoşni koinotga uçiriş. Talabalarimiz şu yil öqişni boşlasa, 2027 yilgaça bitiradi. Ayni paytda koinotga suniy yöldoşni uçiriş uçun kompaniyalar bilan şartnomalar tuziş kerakligini tuşunişimiz kerak. Bizning rejamizga köra, Özbekiston 2028 yilgaça öz suniy yöldoşini koinotga olib çiqadi”, degan Muhiddin Ibrohimov.
Uning qöşimça qilişiça, hozirda Özbekiston tomoni SpaceX kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Dunyo mamlakatlari öz suniy yöldoşlarini koinotga olib çiqiş vaqtini allaqaçon belgilab, buyurtmalar bergan. Xususan, muddatlar 2-3 yil oldin belgilab qöyilgan. Bundan taşqari, raketalarni uçiriş hajmi çeklangan. Şuning uçun bu masala ham etiborga olinişi kerak”, degan “Özbekkosmos” vakili.