USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Janozasi öqilmaganlar yoxud mustaqillik nima berdi?

183 марта
Жанозаси ўқилмаганлар ёхуд мустақиллик нима берди?

1991 yilda tuğilgan gödak bugun 35 yoşda. U dunyoga kelgan vaqtda mustaqil bölgan Özbekiston ham. Beş kam 40 ga kirgan inson hayoti davomida qanday yutuqlarga erişişi uning harakatiga boğliq. Ammo Markaziy Osiyoning markazida joylaşgan mamlakatning xalqaro miqyosdagi bugungi imijini şakllantiriş oson bölmagan.

Bundan 35 yil avval bir çaqaloq dunyoga kelganda u bilan birga Özbekistonda 20 million 600 mingga yaqin odam yaşardi. Bugun esa aholi 38 million 200 mingdan oşgan. Mustaqillik 38 milliondan oşiq odam uçun umumiy haqiqatdir. Ammo uning har bir inson uçun manosi turliça. Xöş, mustaqillik siz uçun nima? Aynan mana şu savol bilan aholiga yuzlandik.

Respondentlarning asosiy qismi mustaqillik oliy nematligi, uni asrab-avaylaş kerakligi haqida gapirsa, sovet va Ikkinçi jahon uruşidan keyingi oçarçilik davrlarini körgan keksalar bugungi kunni keça bilan soliştirdi.

“1953 yilda tuğilganman. Xruşçyov davri juda oğir keçgan, keyinroq mustaqillikning ilk yillarida ham muayyan qiyinçiliklar böldi. Bugun, şukurki, hammasi ortda qoldi. Sovet davrida, xususan, Xruşçyov davrida qora non uçun soatlab navbatda turganimizni yaxşi eslayman. Hozir esa mutlaqo boşqa davr: yoşlar uçun barça imkoniyat va iş örinlari yaratilmoqda, mehnat qiliş uçun şaroit yetarli. Yana nima kerak?”, deydi biz yuzlangan onaxonlardan biri.

“Biz sovet tuzumini ham körgan avlodmiz. U paytlarda özbek xalqi uçun xorijga çiqiş imkoniyati deyarli yöq edi. Misol uçun, sport sohasida faqat Rufat Risqiyev yoki Sobir Röziyev kabi sanoqli vakillarimiz xalqaro maydonga çiqa olgan, xolos. Bugun-çi? Neçtalab sportçilarimiz dunyo sahnasida zafar quçmoqda, ayniqsa, boks böyiça jahonda yetakçi öringa çiqdik. Bu — dunyoga eşiklar oçilgani va mustaqillikning eng asosiy natijalaridan biridir”, deydi sovet davrini körgan suhbatdoşimiz.

Ayrim respondentlar mustaqillikni qonun ustuvorligi va fundamental huquqlar — inson huquqlari, söz va öz fikrini erkin bayon etiş erkinligi bilan boğladi.

“Mustaqillik men uçun, avvalo, erkinlik va Yaratgan tomonidan berilgan uluğ nematdir. Ilgari öz fikrimizni oçiq va erkin ayta olmas edik, bugun esa barçsi boşqaça. Xorijga çiqiş imkoniyatlari ham tubdan yengillaşdi. Oldin bunday imkon qayda edi? Şunga şukurki, farzandlarimiz bugun dunyoning turli göşalarida öz salohiyatini namoyon etib, özbek nomini baland kötarib yurişibdi. Har bir sohada erkinlik va nafas oliş bor. El-yurtimizni şunday ozodlikka yetkazganiga behisob şukronalar bölsin, mustaqilligimiz abadiy bölsin”, deydi yölovçilardan biri.

Boşqa sörovnoma iştirokçilari esa mustaqillik tuşunçasini, eng avvalo, diniy erkinliklar bilan aloqador deb hisoblaşini malum qildi. Sir emaski, mustaqillikkaça bölgan sovet davrida dahriylik (ateizm) keng tarğib qilingan, Islom dini qoralanib, “din — afyun” degan qaraş singdirilgan edi.

Diniy ananalar va qadriyatlar kamsitilgan, hatto odamlarning öz yaqinlariga janoza namozi öqişiga ham tösqinliklar qilingan. Sörovnomada qatnaşganlar ana şu oğir davrlarni ham alohida eslab ötdi.

“Ilgari, yaxşi eslaymiz, masjidga borganlarni alohida röyxatga olişar, hatto kim qaysi maşinada kelganigaça yozib yurişardi. Hozir bu kabi çeklovlar mutlaqo yöq. Xohlagan kişi emin-erkin beş mahal namozini öqişi, istalgan diniy-marifiy adabiyotni xarid qilib, mutolaa qilişi mumkin. Ilgari biror kitobni öqiş u yoqda tursin, yoningda olib yurişning özi xavfli edi, ortidan turli köngilsizliklar kelib çiqardi. Mustaqillik bizga, eng avvalo, mana şunday vijdon va etiqod erkinligini berdi”, deydi yana bir “eski davr”ni eslagan respondent.

Batafsil Youtube sahifamizda tomoşa qiling.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: