Navoiyda tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar pora bilan qölga tuşdi
Navoiy viloyatining Nurota tumanida fuqaroni hamşiralik lavozimiga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Nurota tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Ğozğon şahar tibbiyot birlaşmasi Markaziy poliklinikasi mudiri örinbosari F.T. fuqaro O.A. ni şahar tibbiyot birlaşmasiga hamşira lavozimiga işga joylaştirib beriş evaziga 1 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.T. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda fuqarolarni aldab, ularning işonçiga kirgan hamda xorijga işga jönatiş evaziga firibgarlik yöli bilan pul olgan şaxslar qölga olingan edi.