YPX xodimi kanalga tuşib ketgan Cobalt’dan ayolni qutqarib qoldi
Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida Cobalt haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, kanalga tuşib ketdi. Yöl-patrul xizmati xodimi maşinada çökayotgan ayolni körib, uni qutqarib qoldi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi axborot xizmati rahbari Rustam Asqarov malum qildi.
Qayd etilişiça, YPX xodimi xizmat vaqtida oldida harakatlanayotgan Cobalt boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi kanalga tuşib ketganini körgan. U xizmat avtomobilini darhol töxtatib, yordam beriş uçun hodisa joyiga yugurgan.
“Xizmat olib borayotgan paytimda oldimda ketayotgan Cobalt transport vositasi boşqaruvini yöqotib, çap tomondagi kanalga tuşib ketdi. Transport vositamni darhol töxtatib, birinçi yordam körsataman deb yugurib bordim. Çökib ketayotgan ayol kişini kördim. Tezda suvga taşlanib, ayolni qutqarib, suv çetiga olib çiqdim”, degan YPX xodimi.
Ayol qirğoqqa çiqarilgaç, birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yuborilgan.
Hodisa guvohlaridan birining aytişiça, u voqea vaqtida Tracker avtomobilida YPX xodimi ortidan harakatlangan.
“Cobalt maşinasi şu yerda boşqaruvni yöqotib, kanalga tuşib ketdi. Xodim kiyimi bilan suvga özini taşladi. Suvga tuşib, ayol kişini olib çiqdi, qutqarib qoldi”, degan guvohlardan biri.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidan ötuvçi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolingan edi.