240 ming dollarni Özbekistondan yaşirinça olib çiqmoqçi bölganlar uşlandi
Toşkent viloyatida ikki nafar fuqaroning qöşni davlatga 240 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib çiqişga urinişi aniqlandi. Bu haqda Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, fuqarolar “Navoiy” çegara bojxona posti orqali qöşni davlatga piyoda çiqib ketayotgan vaqtida xatti-harakatlari bojxona xodimlarida şubha uyğotgan. Şundan söng, ular xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilgan.
Tekşiruv davomida fuqarolarning oyoqlariga skotç bilan örab yaşirilgan, oğzaki sörovda malum qilinmagan hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan jami 240 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi “Navoiy” çegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib çiqişga urinişlar aniqlangan edi.