Özbekistonda bir oyda qariyb 72 mlrd sömlik “svet” va gaz öğirlandi
Özbekistonda avgust oyida istemolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq 321 ta holat aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 71,9 mlrd sömlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, nazorat tadbirlari davomida 19 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Uşbu holatlar böyiça zarar miqdori 40,7 mlrd sömni taşkil etgan.
Şuningdek, istemolçilar tomonidan 10 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Bu böyiça 31,2 mlrd sömlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan taşqari, energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq 340 ta mamuriy iş rasmiylaştirilgan.
Taqqoslaş uçun, avgust oyida qayd etilgan 71,9 mlrd sömlik zarar miqdori yanvar oyidagi körsatkiçdan past bölgan. Xususan, yanvar oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş oqibatida 79 mlrd sömlik zarar aniqlangan bölib, avgustda bu körsatkiç 7,1 mlrd sömga yoki qariyb 9 foizga kamaygan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona tumanida ovqatlaniş maskani tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.