USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qoçişga uringan Cobalt haydovçisi 4 kg gaşiş bilan uşlandi

88 марта
Қочишга уринган Cobalt ҳайдовчиси 4 кг гашиш билан ушланди

Toşkent viloyatida içki işlar xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmay, qoçişga uringan Cobalt haydovçisining avtomaşinasidan 4 kilogrammdan ortiq gaşiş aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi Xavfsiz turizmni taminlaş boşqarmasi xodimlari xizmat olib boriş jarayonida oq rangli Cobalt avtomaşinasini şubhali deb topib, unga töxtaş işorasini bergan.

Biroq haydovçi xodimlarning qonuniy talabiga böysunmay, harakatini davom ettirgan va qoçişga uringan. Körilgan tezkor çoralar natijasida avtomaşina töxtatilib, haydovçining şaxsi aniqlangan. U 2000 yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tuğilgan fuqaro ekani malum bölgan.

Haydovçidan nima sababdan içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga böysunmagani söralganida, u turli sabablarni keltirgan.

Şundan söng xolislar iştirokida avtomaşina belgilangan tartibda közdan keçirilgan. Tekşiruv vaqtida uning yukxonasidan polietilen paketlarga öralgan, dumaloq şaklga keltirilgan, töq jigarrang va ötkir hidli moddalar topilgan. Ularning umumiy oğirligi 4 kilogrammdan ortiq bölgan.

Mazkur moddalar nima ekanligi söralganda, fuqaro ularni gaşiş giyohvandlik moddasi ekanini malum qilgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaroning uyali telefoni ham xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Undagi WhatsApp messenjerida nomalum şaxs tomonidan yuborilgan joylaşuv lokatsiyasi aniqlangan.

Uşbu malumot asosida Böstonliq tumani “Qapal” mahallasida tekşiruv ötkazilgan. Natijada polietilen paketga dumaloq şaklda öralgan, töq jigarrang, ötkir hidli 1 kilogramm 40 gramm gaşiş aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning 3 ta hududida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 12,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilingani haqida xabar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: