USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

3 hududda narkosavdogarlar 12,7 kg narkotik bilan qölga tuşdi

127 марта
3 ҳудудда наркосавдогарлар 12,7 кг наркотик билан қўлга тушди

Özbekistonning 3 ta hududida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 12,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Marhamat tumanida yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan şaxs Cobalt rusumli avtomobilda tadbir iştirokçilarining qonuniy talabiga böysunmay, qoçişga uringan. U avtomobil salonida bölgan ikki öramdagi şubhali moddani uloqtirib yuborgan.

Şundan söng, transport vositasi töxtatilib, uning salonidan yana ikki öram, şuningdek, mazkur şaxs qabul qilib olişi kerak bölgan geolokatsiyadan bir öram şubhali modda olingan.

Ekspertiza natijasida uşbu moddalar “gaşiş” ekani aniqlangan. Ularning jami oğirligi 5 kilogrammni taşkil etgan.

Bundan taşqari, Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 2005 yilda tuğilgan xorijiy davlat fuqarosi töxtatib tekşirilganda, uning yonidan zip-paketga solingan kukunsimon modda topilgan. Şuningdek, u vaqtinça yaşayotgan xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilgan.

Oqibatda turli oziq-ovqat mahsulotlari nomi ostida qadoqlangan paketlardan 4 kg 133 gramm 3-xlorometkatinon, 403 gramm amfetamin, 720 gramm MDMA va 20 gramm kokain aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Şuningdek, Namangan viloyatining Uçqörğon tumanidagi çegara-bojxona postida qöşni davlatdan Özbekistonga kirib kelgan, Çortoq tumanida yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil tekşirilgan.

Tekşiruv davomida avtomobilning yoqilği baki içiga 2 kg 513 gramm Alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi yaşirilgani aniqlangan.

Şu bilan birga, mazkur şaxs bilan çegara-bojxona postigaça birga kelgan va postni piyoda kesib ötib, Özbekiston hududida uni kutib turgan 2005 yilda tuğilgan Çortoq tumanida yaşovçi şerigi ham uşlangan.

Bildirilişiça, hozirda uçala holat yuzasidan narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona va Namangan viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 1 kilogrammdan ortiq gaşiş moddasi, 782 dona “Tropikamid” hamda giyohvandlik vositalari bilan boğliq boşqa aşyolar aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: