Andijonlik erkak qariyb 2 kg gaşiş bilan qölga tuşdi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda qariyb 2 kilogramm gaşiş moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, DXXning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari Bojxona va Içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Tadbir davomida 1993 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro dala maydonidagi xufiy joyga qoldirib ketilgan 1 kilogramm 986 gramm gaşiş moddasini qarindoşi orqali qabul qilib olayotgan vaqtida qölga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida ötkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga olib kirilayotgan 11,8 kilogramm gaşiş moyi musodara qilingandi.