Urgutda 27 ming dollarlik “gaşiş”ni sotayotganlar uşlandi
Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 3 kilogramm “gaşiş” musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Urgut tumanida yaşovçi 1990, 1998 va 2008 yillarda tuğilgan uç nafar mahalliy fuqaro 2 kilogramm 80 gramm “gaşiş” moddasini şartli xaridorga 27,4 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Ulardan biri muqaddam aynan giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangani takidlangan.
Bildirilişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondan Özbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari töxtatib qolingan edi.