Samarqandda Afğonistondan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik uşlandi
Afğonistondan Özbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Afğonistondan 25 kilogramm 444 gramm “opiy” va 11 kilogramm 86 gramm “gaşiş” moddalari mamlakatga kontrabanda qilingani aniqlanib, uşbu moddaning buyurtmaçilarini qölga oliş böyiça çoralar körilgan.
Kuzatuv davomida nazorat ostida Samarqand şahriga yetkazilgan giyohvandlik vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida 1989 va 1997 yillarda tuğilgan 2 nafar mahalliy fuqaro hamda 1993 va 1995 yillarda tuğilgan 2 nafar xorijlik fuqaro uşlangan.
Hozirda holat böyiça qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent hamda Samarqand viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingandi.