Qöşni mamlakatdan olib kelingan “gaşiş” töxtatib qolindi
Qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan qariyb 4 kg “gaşiş” musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbir davomida Toşkent – Namangan yönalişida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomaşina Pop tumanidagi Namangan YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan. Natijada avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan Namangan şahrida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsga tegişli sumkada 3 kg 956 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida mazkur giyohvandlik vositasini özining 1989 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan hamşahari bilan til biriktirib, qöşni davlatdan aylanma yöllar orqali olib kelgani aniqlangan va u ham protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondan Özbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari töxtatib qolingan edi.