Çorvoqda fojia: ota va uning 2 öğli çökib ketdi
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toşkent viloyatidagi Çorvoq suv omborida ota va uning 2 öğli çökib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Böstonliq tumani “Burçmulla” MFY hududidagi “Çorvoq suv ombori” suv havzasida 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar öğil) katerda sayrga çiqqan va suvga tuşiş taqiqlangan hududga borgan va ximoya nimçasisiz suvga tuşib, çökib ketgan.
Xabar kelib tuşgan zahotiyoq FVV ğavvos qutqaruvçilari hodisa joyiga yetib borib, 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv işlarini olib bormoqda. Qidiruv işlariga barça zarur kuç-vositalar jalb etilgan.
Bildirilişiça, kölamning kengligi va suv omborining çuqurligi qidiruv işlarini murakkablaştirmoqda. Vaziyat FVV tomonidan töliq nazoratga olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida daryoga çökib ketgan 2004 yilda tuğilgan yigitning jasadini izlayotgan ğavvoslar boşqa fuqaroning jasadini topgandi.