USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tugayotgan Rossiya uruşi, Trampning tugamas qurollari va tunneldagi möjiza – Weekend

203 марта
Тугаётган Россия уруши, Трампнинг тугамас қуроллари ва туннельдаги мўжиза – Weekend

Rossiya va Ukraina örtasida uruş tugaşi mumkin. Buning uçun Tramp özining işonçli odamlarini ikki Vladimir oldiga jönatyapti. Biroz avval navbati bilan bir-birining mamlakatini bombardimon qilgan prezidentlar ham tinçlik haqida gapirişni boşladi. Putin uruşni diplomatik yöl bilan hal qiliş mumkin deyapti. Xöş, bu öxşaydigan işmi?

Tilda tinçlik sözini köp işlatadigan, ammo amalda aksini qiladigan Donald Tramp birdaniga öq-dorilari tugamaydigan darajada köpligi va mamlakat qurol-yaroğ işlab çiqariş böyiça rekord örnatayotganini aytib, maqtanib çiqdi. Vaholanki, uning özi yangi uruş çiqiş ehtimolini “juda past” deb baholagandi. Unda bu köz-köz qiliş kimgadir döq-pöpisami?

Eronda qonli töy. Eronliklar AQŞ harbiylari oddiy töy marosimiga zarba bergani va önlab tinç aholi, jumladan bolalar halok bölganini aytmoqda. Vaşington esa buni rad etib, barçasi kema yöllarini yopayotgan Eron armiyasiga berilgan “aniq va adolatli zarba” ekanini iddao qildi. Xöş, Vaşington rostdan ham töyni janozaga aylantirdimi yoki bu Tehronning navbatdagi tarğibot yurişimi?

Sönggi kunlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş maydoni ham, diplomatik sahnada keçayotgan jarayonlar ham nihoyatda ziddiyatli bosqiçiga qadam qöydi. Bir tomonda Rossiya içidagi energiya inqirozi va neftni qayta işlaş zavodlarining birin-ketin safdan çiqişi, ikkinçi tarafda esa Kiyev va Moskva örtasidagi zarbalar almaşinuvi fonida Vaşingtonning kutilmagan diplomatiya harakatlari böy körsatmoqda.

Rossiya jamiyati bugun mutlaqo yangi va ança noqulay voqelikka könikişga majbur bölyapti. Mamlakat içidagi yoqilği inqirozi şunçalik çuqurlaşdiki, bunga şaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning özi munosabat bildirişga majbur böldi. Şarqiy iqtisodiy forumda sözga çiqqan Putin rasmiylar va mudofaa tizimi energetika infratuzilmasiga qilingan bunday şiddatli hujumlarga tayyor bölmaganini oşkora tan oldi.

“Biz neftni qayta işlaş zavodlarini sof fuqarolik obektlari, ular hatto qurolli nizo şaroitida ham har qanday hujum nişoni böla olmaydi, degan qaraşdan kelib çiqqan edik. Biroq bu borada adaşdik, duşmanimiz, ming afsuski, boşqaça fikr da ekan”, dedi Putin.

Uruşning uçinçi yilida Putin tabiri bilan aytganda fuqarolik infratuzilmasi nişonga olinmasligiga umid qiliş — diplomatik tilda aytsak, soddalik, siyosiy tilda esa öta jiddiy strategik xato. Putinga yana bir savol berildi. Rossiyaliklar benzin tanqisligiga könikişlari kerakmi? Rossiya rahbari qisqa va sovuqqon javob berdi.

“Biz har qanday narsaga tayyor bölişimiz kerak. Faqatgina bizning tayyorligimizgina bizga zarar yetkazmoqçi bölganlarning barçasiga buni qilmaslik maqulroq ekanini anglatadi”, deb javob bergan Putin.

Bu “tayyorgarlik” oqibatlari allaqaçon mamlakat yoqilği şoxobçalarida öz aksini topmoqda. Yil boşidan buyon Ukraina dronlari Rossiyaning neftni qayta işlaş zavodlariga kamida 70 marotaba muvaffaqiyatli zarba berdi. Natijada Rossiyada neftni qayta işlaş hajmi sönggi ön yillikdagi eng past darajaga tuşib ketdi. Avgust oyi oxiriga kelib benzin işlab çiqariş içki istemolning atigi 70 foizini taşkil etdi, kunlik tanqislik esa 30 ming tonnani taşkil qilmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning kamida 17 ta hududida yoqilği sotişga qatiy çeklovlar kiritilgan — bir avtomobilga 30-40 litrdan ortiq yoqilği quyiş taqiqlanişidan tortib, AYoQŞlarda avtomobil raqamlarining “juft-toq” tizimigaça joriy etildi. Energetika mamlakati bölmiş Rossiya öz ehtiyojlarini qoplaş uçun endilikda Hindiston, Marokaş va Turkiyadan dengiz orqali benzin import qilişni boşladi, şuningdek, Belarusdan yoqilği xaridini rekord darajaga yetkazdi. Leningrad viloyatidagi mamlakatdagi ikkinçi eng yirik “Kinef” zavodi zarbalar sabab töliq töxtagani, şuningdek, Soçidagi “Rosneft-Kubannefteprodukt” neft bazasi va Başqortistondagi neft-kimyo va harbiy zavodlarga berilgan sönggi zarbalar inqiroz yaqin orada barham topmasligini körsatmoqda. Putin esa vaziyatdan çiqişning yagona yöli havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaş ekanini takidlab, zarbalarga “közgudek javob berişga majbur” bölinganini va şikastlangan obektlarning 90 foizi qayta tiklanganini davo qilmoqda.

Biroq zarbalar uruşi faqat energetika obektlari bilan çeklanib qolmayapti. Moskva ham Kiyevdagi eng muhim xavfsizlik va mudofaa nuqtalarini nişonga olişga ötdi. 4 sentyabr kuni Rossiya droni Ukraina Xavfsizlik xizmatining Kiyevdagi qarorgohiga töğridan-töğri zarba berdi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning malum qilişiça, dron UXX rahbari vazifasini bajaruvçi Aleksandr Pokladning kabinetiga yönaltirilgan. Xabarlarga köra, zarba paytida Poklad kabinetda bölmagan va omon qolgan, ammo binoda jabrlanganlar bor. Uşbu hujumdan söng Zelenskiy UXX rahbari bilan uçraşib, javob zarbalari rejasini tasdiqlaganini bildirdi.

“Javob geografiyasi aniqlab olindi. Vaqt natija beradigan tarzda tanlanadi”, deydi Ukraina Prezidenti.

Mana şunday şiddatli harbiy töqnaşuvlar davom etayotgan bir paytda, kutilmaganda diplomatiya maydonida Vaşington parda ortidagi harakatlarni jonlantirib qoldi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda özning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Djared Kuşnerni Moskva va Kiyevga yangi tinçlik taklifi bilan yuborayotganini elon qildi. Trampning aytişiça, uning vakillari 5 sentyabr kuni Moskvada, keyin esa Kiyevda muzokaralar ötkazadi.

“Men u bilan gaplaşganman, uni juda yaxşi bilaman. Putin NATO hududiga hujum qilmoqçi emas”, deydi Tramp brifingda Rossiya rahbarining niyatlariga baho berarkan.

U yangi tinçlik taklifi muvaffaqiyat qozonişi uçun “yaxşi imkoniyat” borligini takidlab, mojaroni tugatişga ikki mamlakat rahbarlarining şaxsiy adovati xalaqit berayotganini yana bir bor takrorladi.

Uşbu diplomatik missiya doirasida eng diqqatga sazovor holat — bu havodan beriladigan zarbalarning vaqtinça töxtatilişidir. Vladimir Zelenskiy özning videomurojaatida AQŞ vakillarining xavfsiz harakatlanişini taminlaş maqsadida Rossiyaga havodan zarbalar berişda tanaffus qilinişini elon qildi.

“Avvalgi Amerika diplomatik taşriflari vaqtida bölgani kabi, muzokaraçilar xavfsiz yetib kelişi uçun Rossiya havo hududining normal işlaşini taminlaymiz”, dedi Zelenskiy.

U uşbu qadam Moskva manfaatlari uçun emas, balki amerikalik diplomatlarning xavfsizligi uçun taşlanayotganini alohida uqtirdi.

Ayni paytda, xalqaro OAV va diplomatik manbalarda 5 sentyabrdan 8 sentyabrga qadar front çiziği va havo hududida keng kölamli “tinçlik rejimi” joriy etilişi haqida xabarlar tarqaldi. “Ukrainskaya pravda” hamda “RBK-Ukraina” naşrlari manbalariga köra, Kiyev Moskvaga diplomatik taşriflar davomida havo zarbalarini özaro töxtatiş taklifini yuborgan va hozirda javob kutmoqda. The New York Times naşri esa Vaşingtonning özi har ikkala tarafdan Tramp vakillarining taşrifi davomida jangovar harakatlarda tanaffus qilişni söraganini yozmoqda.

Vladimir Putin ham 3 sentyabr kuni bölib ötgan Şarqiy iqtisodiy forum doirasida tinçlikka erişiş mumkinligi haqida gapirdi. Putinning fikriça, Ukrainadagi uruşni diplomatik yöl bilan tugatiş imkoniyati hali ham mavjud.

“Eng avvalo, Rossiya va Ukraina özaro kelişib olişi kerak. Qolgan barça mamlakatlar esa buni qöllab-quvvatlaş va yordam berişga tayyor. Imkoniyat bormi? Menimça, ha, bor”, dedi u.

Xalqaro hamjamiyat va ayniqsa Yevropa davlatlari Trampning bu diplomatik taşabbusiga, yani Rossiya va Ukraina yaraşişiga şubha bilan qaramoqda. Yevroittifoq uçun Vaşington keltirayotgan “yangi tinçlik rejasi” haqiqatda uruşni töxtatadimi yoki şunçaki tomonlarga kuç yiğib oliş uçun imkoniyat beradimi, degan savol oçiq qolmoqda. Rostdan ham yaqin kunlardagi diplomatik muloqotlar va uşbu 3 kunlik tanaffus voqealar rivojini tubdan özgartirişi yoki uruşning navbatdagi yana ham şiddatli bosqiçiga zamin yaratişi mumkin.

Tramp qurollari bilan maqtandi

Rossiya va Ukrainani yaraştirib qöyişi haqida gapirayotgan Trampning özi qurol-yaroğlari bilan maqtanib çiqdi. 3 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp özning Truth Social platformasida qoldirgan postida mamlakatning öq-dorilar zaxirasi borasidagi xavotirlarni bir çetga surib, maqtaniş ohangida bayonot berişga oşiqdi.

“Bizda örta va yuqori sinfdagi öq-dorilarning amalda çeksiz zaxirasi mavjud. Ular ehtimoli juda past bölgan uruş uçun bizga keragidan ança köp”, deb yozdi Donald Tramp.

Prezident Oq uy mamlakat tarixida kuzatilmagan deya tariflanayotgan miqyosda qurol-yaroğ işlab çiqarayotganini va bu zaxiralar avvalo AQŞning öz xavfsizligini taminlaş uçun olib qolinayotganini qöşimça qildi.

“Biz zaxiralarni töplayapmiz va har qanday kutilmagan holatlarga tayyorgarlik köryapmiz. Biz ularni boşqalarga sotmasdan, özimizga – AQŞga olib qolmoqdamiz, biroq ittifoqçilarga sotuvlar tez orada qayta tiklanadi”, deb qöşimça qilgan Prezident.

Özi uruş çiqişi ehtimolini “juda past” deb baholayotgan mamuriyatning “amalda çeksiz” öq-dori jamğarayotgani va uni boşqalarga berişni töxtatib turgani, yumşoqroq aytganda, rasmiy Vaşingtonning kelajak rejalari borasidagi xavotirlarini yaşirişga urinişi xolos.

Prezident öq-dorilarni “çeksiz” deb maqtanayotgan bir paytda, AQŞ Mudofaa vazirligi – Pentagon içida harbiy xizmatçilarning salomatligi va jangovar tayyorgarligi bilan boğliq ğalati, biroz ziddiyatli qarorlar qabul qilinmoqda. Pentagon 30 yoş va undan katta harbiy xizmatçilarda testosteron yetişmovçiligini majburiy tekşirişni nazarda tutuvçi yangi klinik qöllanmani elon qilganidan bor-öği bir kun ötib vaqtinça bekor qildi. Mudofaa vaziri Pit Xegset tomonidan ilgari surilgan va harbiylarning jismoniy bardoşini oşirişga qaratilgan uşbu taşabbus 2 sentyabr kuni elon qilingan bölsa-da, mutaxassislarning keskin tanqidlaridan söng vazirlik saytidan olib taşlandi. AQŞ rasmiysi qöllanma “yangilanişlar kiritiş uçun vaqtinça bekor qilingani”ni aytib, hozirça avvalgi körsatmalar amalda qolişini takidladi.

30 yoşdan oşgan erkak va ayol harbiylarni harbiy körik doirasida majburiy gormonal tekşiruvdan ötkaziş hamda testosteron terapiyasini qöllaş rejasi tibbiyot ekspertlari tomonidan ilmiy jihatdan yetarliça asoslanmagan va yurak-qon tomir kasalliklari hamda bepuştlik xavfini oşiruvçi qadam sifatida baholandi. AQŞ Oziq-ovqat va dori vositalari sifati va xavfsizligini nazorat qiliş boşqarmasi sentyabr oyi örtasida uşbu masalani muhokama qilmoqçi bölib turgan edi. Biroq Pentagon öz qöllanmasidan zudlik bilan çekindi. Bu harakatni harbiy rahbariyatdagi şoşma-şoşarlik deb baholaş mumkindir ehtimol.

Qonli oqşom. AQŞ töyni janozaga aylantirdi

Harbiy rahbariyat öz içki qoidalarida çalkaşib turgani bilan taşqi maydonda — Yaqin Şarqda amalga oşirayotgan harakatlari ança şafqatsiz tus olmoqda. Eron rasmiylari AQŞ harbiylari mamlakat janubidagi Surik şahrida töy marosimi ötkazilayotgan tinç aholi uyiga zarba berganini va kamida 5 kişi, jumladan yoş bola halok bölganini malum qildi. Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy bu hujumni “şafqatsiz jinoyat” deb atab, Kuxestak aholi punktida sodir bölgan portlaş oqibatida 50 dan ortiq kişi halok bölgani yoki yaralangani töğrisida bayonot berdi. Eron Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiysi Husayn Kermonpur esa hududda elektr va aloqa uzilganini takidlagan. Surik viloyati gubernatori Reza Şahidiyon jarohatlangan 63 kişining 50 nafari ayollar va bolalar ekanini malum qildi. “Tasnim” agentligi tarqatgan xabarlarga köra, vayronagarçiliklar faqat bu joy bilan çeklanmay, Konarak, Bandar-Abbos, Josk, Asaluye, Ahvoz hamda Qeşm orolida ham portlaşlar qayd etilgan.

AQŞ Markaziy qömondonligi esa uşbu zarbalarni inkor etmay, ularni Eron Islom Inqilobi Qöriqçilari Korpusining Hormuz böğozidagi tijoriy kemalarga nisbatan tahdidlariga javob va harbiy obektlarga qaratilgan “aniq zarbalar” deb atamoqda. Eron vakili Baqoiy esa xalqaro hamjamiyatni uşbu harakatlarga sukut saqlamaslikka çaqirib, Vaşington bundan avval Minob şahrida boşlanğiç maktabga bergan zarbasi oqibatida 150 dan ortiq kişi, Lamerdda esa sport zaliga bergan zarbasi sabab 21 kişi halok bölganini eslatdi.

“Eron bu vahşiy jinoyatlarga qatiyat bilan javob qaytaradi”, deydi Baqoiy.

Garçi tinç aholi va töy marosimi nişonga olingani haqidagi xabarlar hozirça mustaqil xalqaro manbalar tomonidan töliq tasdiqlanmagan bölsa-da, ikki davlat örtasidagi töqnaşuv iyul oyidan buyon eng şiddatli nuqtaga yetgani aniq.

Tinç aholi qurbon bölayotgan va doimiy harbiy tahdidlar yangrayotgan uşbu şaroitda global iqtisodiyot ham özning birinçi va eng oğriqli reaktsiyasini berdi. AQŞ va Eron örtasidagi töqnaşuvlarning töğridan-töğri Hormuz böğoziga köçişi ortidan jahon neft bozorida narxlar sönggi oylardagi eng yuqori haftalik ösişni körsatdi. Reuters agentligining xabar berişiça, Brent markali neft fyuçerslari 0,6 foizga oşib, barreliga 96,06 dollarga yetdi, AQŞning WTI nefti esa 0,9 foizga qimmatlab, 92,10 dollarni taşkil qildi. Haftalik hisobda Brent 7,6 foizga, WTI esa 10,4 foizga qimmatladi.

“Bozor nozik moslaşuv bosqiçiga kirmoqda. Tovar zaxiralarining köpayişi dastlabki taminot inqirozini yengişga yordam berdi, biroq endilikda buferlar kamayib borayotgani sababli bozor muvozanatini saqlaş qiyinlaşmoqda”, deya ogohlantirmoqda ANZ banki.

Bunga parallel ravişda diplomatik va harbiy ritorika yanada qattiqlaşmoqda. Izrail Mudofaa vaziri Israel Kats Eronning energetika va harbiy infratuzilmasini “falaj qiliş” bilan tahdid qilgan bölsa, AQŞ vitse-prezidenti Djey Di Vens Tehron Hormuz böğozida xalqaro kemalarga hujumlarni töxtatmas ekan, Vaşington u bilan heç qanday muzokara olib bormasligini qatiy aytdi. Eron esa bunga javoban özning “qora röyxati”ni kengaytirib, talablarga böysunmagan har qanday kema uşlanişi yoki musodara qilinişini bildirdi. Qiziqarlisi, uşbu inqiroz ortidan barça zarar körmayapti. Masalan, Iroq avgust oyida neft eksportini keskin oşirib, kuniga 2,34 million barrelga yetkazib oldi va katta çegirmalar evaziga öz tankerlarini Eron roziligi bilan Hormuzdan ötkazmoqda.

Xulosa örnida takidlaş lozimki, Eron va AQŞ Yaqin Şarq dengiz yöllarini alanga oldirayotgani uçun dunyo iqtisodiyoti 100 dollarlik neft narxi yoqasiga kelib qoldi. Tomonlar diplomatik stoldan köra, harbiylaştirilgan taktikani va iqtisodiy bosimni afzal körmoqda, bu esa vaziyatning yaqin orasida tinçişiga zarraça umid qoldirmayapti.

Tunneldagi möjiza

Joriy yilning 26 avgust kuni Nepal va Xitoyning çegara hududlarida yuz bergan halokatli muzlik qulaşi sönggi yillardagi eng oğir tabiat ofatlaridan biriga aylandi. Fojia statistikasiga etibor bering. Birgina Nepal hududida halok bölganlar soni 1 252 nafarga yetdi, 4 800 dan ortiq kişi esa haligaça bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Ular orasida mintaqadagi gidroelektr stantsiyalarida mehnat qilgan 900 nafarga yaqin xodim hamda 583 nafar xorijiy fuqaro bor. Jabrlanganlar soni 5 100 kişidan oşib ketgan, ulardan yuzlab nafari şifoxonalarda oğir ahvolda qolmoqda. Nepalning Çitvan, Şarqiy va Ğarbiy Navalparasi, Nuvakot hamda Rasuva kabi sakkizta hududi eng katta talafotni kördi. Xitoy tomonida esa kamida 16 kişi halok bölgan, 546 kişi bedarak yöqolgan, ularning ham 261 nafari xorijliklardir.

Bunday ulkan halokat fonida insoniy omil va masuliyatli qarorlar qançalik muhim rol öynaşini Nuvakot tumanidagi bir hodisa misolida köriş mumkin. “Tribxuvan Trişuli” örta maktabi direktori Radjendra Davadi 26 avgust kuni qöşni Betravati şahridan yaqinlaşib kelayotgan sel haqida törtta ogohlantiriş olgaç, bir daqiqa ham ikkilanmay darslarni töxtatdi va 900 nafar öquvçini zudlik bilan balandlikka evakuatsiya qilgan.

“Men ortiq paysalga soliş kerak emas deb qaror qildim. Hatto suv toşqini sodir bölmaganda ham, bu bor-yöği bitta öquv kuni yöqotilişi bölardi, xolos”, deydi direktor.

Uning bu tezkor qarori yuzlab bolalar hayotini saqlab qoldi. Çunki, ustoz öquvçilarini xavfsiz joyga olib çiqqanidan söng maktab yotoqxonasi 10 daqiqa içida sel ostida qolgan. Öquvçilardan biri mahalliy OAVga bergan intervyusida “Meni va sinfdoşlarimni ölimdan atigi ön soniya ajratib turdi”, degan. Boşqa hududlarda esa ogohlantiriş tizimlarining keçikkani yoki umuman işlamagani minglab insonlarning fojiali halokatiga sabab böldi.

Infratuzilma xavfsizligi masalasida, ayniqsa, gidroelektr stantsiyalari eng zaif nuqta bölib çiqdi. Trişuli daryosida muzlik qulaşi ortidan suv sathining keskin kötarilişi daryo böyidagi 6 ta gidroelektr loyihasi tunnellari suv va loy ostida qolişiga olib keldi. Reuters agentligining malum qilişiça, 9 kun davomida davom etgan qidiruv-qutqaruv işlaridan söng Upper Trişuli 3A stantsiyasi tunnelidan ikki işçi — Sandjay Sax va Kabir Maxardjan tirik holda qutqarib olindi. Biroq uşbu tunnellarda hali ham 900 ga yaqin odam qolib ketgan bölişi mumkinligi aytilmoqda. Muhim energetika obektlarining bunday tabiiy omillar oldida çidamsizligi va favqulodda holat rejalarining yöqligi loyihalaş bosqiçidayoq xavfsizlik ikkinçi darajali masalaga aylanganidan dalolat beradi. Xayolingizga ayrim quriliş jarayonlari kelmayaptimi mabodo!

Ofat kölami Nepalning öz kuçlari yetarli emasligini körsatgaç, hududda xalqaro qutqaruv operatsiyalari boşlandi. Janubiy Koreya, Xitoy va Hindistondan maxsus guruhlar, DNK tahlili uçun uskunalar, dronlar hamda suvni tozalaş vositalari yetkazildi. Tibetdagi köçki oqibatida yopilib qolgan Girong portiga olib boruvçi strategik yöl qayta tiklanib, gumanitar yordam oqimi yölga qöyildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: