Spektakl davom etadi: Trampning işonganlari uddalay olmadi
Tramp Putin bilan Zelenskiyni yaraştirib qöyiş uçun öz odamlarini jönatdi. Tinçlik diplomatlarining maxsus samolyoti Vnukovo aeroportiga ğildirak qöyayotgan bir paytda, uruş teatri özining odatiy va şafqatsiz stsenariysini ijro etişda davom etmoqda. AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner hamda maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni jonlantiriş maqsadida avval Moskvaga, keyin esa Kiyevga taşrif buyurdi. Biroq diplomatik masxarabozliklar va “konstruktiv muloqot” haqidagi rasmiy bayonotlar ortida, harbiy va siyosiy maydondagi haqiqiy manzara mutlaqo boşqaça tus olmoqda.
5 sentyabr kuni soat 12:52 da AQŞ delegatsiyasi bölgan samolyot Moskvaning Vnukovo-2 aeroportiga yetib keldi. Etiborli jihati, amerikalik muzokaraçilar bu safar avvalgidek şaxsiy biznes-jetda emas, balki AQŞ Harbiy-havo kuçlariga tegişli Boeing C-32A samolyotida qöndi. Delegatsiya tarkibida Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik kengaşi vakillari, şuningdek, Moliya vazirligining sanktsiyalar siyosati uçun masul xodimi Jin Lange ham bor edi. Mehmonlarni aeroportda Rossiya prezidentining xalqaro hamkorlik böyiça maxsus vakili, Rossiya töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev kutib oldi. Moskva markazidagi restoranda qilingan tuşlikdan söng, Amerika delegatsiyasi Kreml saroyining Qizil mehmonxonasida Vladimir Putin bilan uçraşdi. Rossiya tomonidan uçraşuvda Kirill Dmitriyev va prezident yordamçisi Yuriy Uşakov qatnaşdi. Diqqatni tortadigan holat şundaki, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov uşbu muzokaralar jarayonidan çetda qoldi.
Qariyb uç soat davom etgan uşbu yopiq muloqot Uitkoffning Rossiya rahbari bilan sakkizinçi, Kuşnerning esa uçinçi uçraşuvi böldi. Muzokaralar arafasida Kreml vakili Dmitriy Peskov amerikaliklarning Kiyevdagi uçraşuvlarini tayyorlaş va ötkaziş bilan boğliq holda Kiyevga uç kun davomida zarba beriş töxtatilişini elon qildi. Uşbu qadam ortidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham öz Telegram-kanalida bayonot berdi.
“Bundan buyon va uşbu şanba sutkasining oxirigaça, yakşanba va duşanba kunlari Ukraina Moskvaga zarba berişdan tiyilişga tayyor va rossiyaliklar ham Kiyevga zarba bermaydi, deb umid qilamiz. Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerni kutyapmiz va mazmunli muloqotga tayyormiz”, deya takidladi u.
Muzokaralar boşlanişida Kreml elon qilgan yetti daqiqalik videoda Putin Rossiyaning front böylab vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş taklifiga nega rozi bölmaganini tuşuntirib, Ukraina bu taklifni rasmiy axborot almaşinuvi kanallarini çetlab ötgan holda bildirganini aytdi. Donald Tramp esa vakillari Moskva va Kiyevga uruşni tugatiş böyiça taklif bilan borişini va bu mutlaqo yangi taklif emasligini malum qilgandi. Uç soatlik muloqot yakunida Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov uçraşuvni “mazmunli, konstruktiv, nihoyatda oçiq va işonçli” deb atadi.
“Rossiya tomonidan maxsus harbiy operatsiya ötkazilişi davomida yuzaga kelayotgan vaziyatga aniq va batafsil baho berildi. Xususan, jangovar harakatlar zonasida Rossiya armiyasining ilgarilaşidagi real muvaffaqiyatlari qayd etildi va nizoning barça tub sabablarini bartaraf etiş zarurligi takidlandi”, dedi Yuriy Uşakov.
Uşakov amerikalik vakillar Putindan olingan fikrlarni Kiyevda hisobga olişga vada berganini, muloqotda iqtisodiy mavzular va ehtimoliy loyihalar ham muhokama qilinganini qöşimça qildi.
“Stiv Uitkoff va Jared Kuşner ertaga Kiyevdagi aloqalar davomida şaxsan Rossiya Prezidentidan olingan Ukrainadagi nizoni mustahkam tinç yöl bilan hal etişga oid kuzatuvlar va baholarni işlatişga vada berişdi. Amerikalik vakillar uşbu safarga jiddiy tayyorgarlik körişgan. Ular tomonidan nafaqat jangovar harakatlarni tezroq tugatişdan ananaviy manfaatdorlik bildirildi, balki nizoni hal etişning ehtimoliy yöllari haqida bir qator mulohazalar ham şakllantirildi”, deydi u.
Uçraşuvning eng etiborli va kutilmagan detallaridan biri esa amerikalik vakil Stiv Uitkoffning Putin haqida aytgan gaplari böldi.
“Istefoga çiqqanimizda eslaşimiz mumkin bölgan juda köp voqealar böladi va siz bilan muloqot eng yaxşi va eng esda qolarlilaridan biri böladi”, deydi Uitkoff.
Biroq, bu iliq gaplar va Peskovning “heç qanday yangi ğoyalar yöq, şoşilinç prognozlar qilmang” degan sovuqqon bayonotlari ortida Tramp mamuriyatining uruşni zudlik bilan töxtatişga bölgan umidsiz urinişlari körinadi. Fevral oyida Eronda harbiy harakatlar boşlangaç, Rossiya va Ukraina örtasidagi rasmiy vositaçilik muzokaralari töxtab qolgan edi. Ötgan bir neça oy davomida Uitkoff va Kuşner tomonlar bilan alohida muloqotlar olib borgan bölsa-da, sezilarli ilgarilaşga erişilmadi. “Axios” naşrining yozişiça, muzokaraçilarning uşbu safar vaqti ham tasodifan tanlanmagan: u Milliy razvedka direktori Jon Retkliffning Moskvada Rossiya xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uçraşuvidan roppa-rosa 10 kun ötib amalga oşirildi.
Hozirça tomonlar örtasida uruşni tugatiş böyiça heç qanday muhim kelişuvga erişilgani yöq. Bloomberg manbalariga köra, Putin uruşni tugatişga faqat öz şartlari asosida tayyor va Moskva özini jang maydonida ustun deb hisoblayotgani sababli Rossiyaning talablari tobora qatiylaşmoqda. “Reuters” manbalari ham Putin Donetsk viloyatining qolgan qismini nazorat qilişni örnatmagunça front çiziği böyiça kelişuvga erişiş imkoniyati yöqligi haqidagi pozitsiyani keltirgan. Putin 2024 yil yozida öt oçişni töxtatiş şartlari sifatida Ukraina qöşinlarini Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlaridan olib çiqişni hamda NATOga qöşilmaslik majburiyatini olişini sanab ötgan edi. 20 avgust kuni esa Dmitriy Peskov tinçlik muzokaralarida optimizm uçun hozirça asos yöqligini takidlagandi.
Poytaxtlar uçun elon qilingan vaqtinçalik sulh ham nisbiy tusga ega. Kiyev va Moskva bir-birining poytaxtlariga zarba bermaslikka kelişgan bölsa-da, 6 sentyabrga ötar keçasi Ryazan va Rostov viloyatlari keng kölamli dronlar hujumiga uçradi. Ryazanda “Rosneft” tarkibiga kiruvçi va yiliga 17 million tonna neftni qayta işlaydigan zavodda yirik yonğin çiqdi. Rostov-Don va boşqa tumanlar tepasida 30 ga yaqin dron urib tuşirildi, tinç aholi vakillari, jumladan bir bola jarohat oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bir keçaning özida 15 ta hudud hamda Azov va Qora dengiz tepasida 258 ta dron urib tuşirilganini malum qildi. Guvohlar dronlar Rostov tepasida tört soatdan ortiq aylanib yurganini bildirdi.
Moskvadagi uçraşuvdan söng Uitkoff va Kuşner 6 sentyabrga ötar keçasi Polşaning Jeşuv-Yasenka aeroportiga uçib kelib, uruş sababli Ukraina havo hududi yopiqligi bois Kiyevga Polşadan poyezdda keldi. Vokzalda ularni Ukraina taşqi razvedka xizmati rahbari Rustem Umerov, prezident ofisi rahbari Kirill Budanov va “Xalq xizmatkori” fraktsiyasi rahbari David Araxamiya kutib oldi. Bu amerikalik vakillarning Ukrainaga ilk rasmiy taşrifi böldi. Zelenskiy AQŞ vakillari bilan uç bosqiçli muzokara ötkazdi, sönggi bosqiçda Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniya milliy xavfsizlik maslahatçilari ham qatnaşdi. Amerika delegatsiyasi Kiyevdagi muloqotni “ruhlantiruvçi” deb baholagan bölsa-da, uruşni tugatiş böyiça keskin buriliş yuz bermadi.
Uçraşuv yakunida Zelenskiy harbiy yordam, xususan Patriot raketalari uçun rahmat aytib, uruş yana çözilişi mumkinligi haqida piçingli hazil qildi.
“Bugun poytaxtdagi fuqarolarimiz uçun Patriot tizimidan ham yaxşiroq yordam yubordingiz. Rahmat, tez-tez kelib turing. Şunda odamlarimiz biroz xotirjam yaşaş imkoniga ega böladi. Agar uruş qişgaça çözilsa (şundayga öxşamoqda) bizga qişki paket kerak böladi”, dedi Zelenskiy.
Brifingda Jared Kuşner uruşni qişgaça tugatiş imkoniyati haqidagi savolga ham javob bergan. U jarayon tez yoki sekin keçişidan qati nazar, muloqotsiz ilgarilab bölmasligini tan olgan.
“Prezident Trampning vazifasi va bizning Stiv bilan şuğullanayotgan işimiz – tinçlik paketini tayyorlaş. Kelişuv tuzilmagunça heç narsani kafolatlab bölmaydi. Bu juda va juda qiyin muammo, lekin biz harakat qilamiz”, degan Kuşner.
Uçraşuv çoğida davomli tinçlik unsurlari va uşbu jarayonning Ukraina, Rossiya hamda butun dunyo uçun qanday foydasi borligi muhokama qilingani aytilmoqda. Kuşnerning qöşimça qilişiça, uç tomonlama muzokaralar formatiga qaytiş barça uçun eng samarali qadam böladi
“Biz Stiv bilan yarim yilça avvalgidek uç tomonlama şaklga qaytiş juda foydali bölardi deb hisoblaymiz. Biz ikkala tomon bilan ham muzokara ötkazdik va tez orada olğa siljiş böladi deb umid qilamiz”, deydi
Bu örinda xalqaro OAV, xususan “Axios” naşrining Kiyevdagi muzokaralarda qatnaşgan manbalarga tayanib bergan xabarlari ham etiborga loyiq. Naşr manbasiga köra, Kuşner va Uitkoff tomonlar bilan “yangilangan” tinçlik taklifi ustida işlaş niyatida va “Agar barça manfaatdor tomonlar tegişli qadamni taşlaşsa, vaziyat yaxşi tomonga özgarişi mumkin”
Xalqaro manbalar hamda yetakçi tahlil markazlarining malumotlariga köra, Oq uy tomonidan tayyorlanayotgan bu kabi “tinçlik paketi” va “yangilangan takliflar” zamirida nafaqat harbiy harakatlarni töxtatiş, balki Vaşingtonning mintaqadagi öz iqtisodiy va geosiyosiy mavqeini saqlab qoliş istagi ham yotibdi. Ikki tomonni bir stol atrofiga ötqazişga bölgan bunday şoşilinç urinişlar ortida AQŞ içki siyosiy kun tartibi hamda bölajak saylovlar oldidan keskin taşqi siyosiy ğalabani közlaş niyati yöq emas. Vaşington vositaçilarining optimist bayonotlari vaziyatni reallikdan köra, köproq közböyamaçilik tomonga yetaklayotgandek. Kuşner aytgan “ulkan salohiyat va manfaat” formulasi amalda qanday işlaydi – buni vaqt va diplomatik savdolarning keyingi bosqiçi körsatadi.
Xalqaro tahlilçilarning fikriça, Tramp vakillarining uşbu taşrifi köproq geosiyosiy spektaklni eslatadi. Bir tomonda – jang maydonida ustunligini iddao qilib şartlaridan çekinmayotgan Moskva, ikkinçi tomonda – harbiy harakatlarni saqlagan holda diplomatiyada pozitsiyasini boy bermaslikka urinayotgan Kiyev turibdi. Poytaxtlar uçun elon qilingan vaqtinçalik “havo sukunati” hamda Uitkoffning maqtovlari fonida Ryazandagi neft zavodining yonişi va Rostovdagi portlaşlar uşbu uruşni faqatgina balandparvoz bayonotlar yoki diplomatik taşriflar bilan töxtatib bölmasligini körsatmoqda. Real voqelikni xolis baholasak, tomonlar hozirça tinçlikka emas, balki muzokaralar stolida maksimal bosim ötkazişga urinyapti deyişimiz mumkin.