Yangi Toşkentdagi “novostroyka”ga öt ketdi
Bugun, 8 sentyabr kuni Toşkent şahrining Yangi Toşkent tumani hududidagi quriliş obektining yuqori qismida yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Yangi Toşkent tumani hududidagi quriliş obektining yuqori qismida quriliş mahsulotlari yonayotganligi töğrisida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 15:40 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar töğrisida malumot kelib tuşmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon şahridagi 7 qavatli uyda yonğin sodir bölgan edi.