USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiyni “kalamuşlar” tişlayapti: Boş prokuror ofisidan dollar töla seyf çiqdi

148 марта
Зеленскийни “каламушлар” тишлаяпти: Бош прокурор офисидан доллар тўла сейф чиқди

Zelenskiyni “kalamuşlar” tişlayapti

Ukraina beş yildan ortiq vaqtdan beri uruş girdobida. U Rossiya bilan jangni davom ettirar ekan, mamlakat içida korruptsiya bilan boğliq yangi mojarolar kuçaymoqda. Raketa va dronlar hujumiga uçragan va uçrayotgan şahar hamda qişloqlar iqtisodiyoti esa uruşning oğir yukini kötarişga majbur. Şunday şaroitda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Ğarb davlatlaridan qurol va milliardlab dollarlik moliyaviy yordam sörab, çora izlayotgan bir paytda, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari davlat mablağlarini “talamoqda”. 

Tasavvur qiling, bir tomonda ukrainalik askar frontda turibdi. U oilasi va mamlakati uçun kuraşyapti. Boşqa tomonda esa davlat budjeti turibdi. Bu pulga qurol sotib olinişi, harbiylar taminlanişi, vayron bölgan infratuzilma tiklanişi, elektr tarmoqlari tamirlanişi kerak. Davlat mansabdorlari esa öşa budjetni yeb yotsa… Özi şundoq ham xavfli öpqon hisoblangan korruptsiyaning oqibatlari uruş davrida yanada oğirlaşadi. Öğirlangan har bir million dollar frontga yetib bormagan dron, sotib olinmagan zirh, tamirlanmagan elektr tarmoği, yordam kutayotgan oilaga yetib bormagan mablağ hisoblanadi. Bu pullarning asl egasi – front va front ortida turganlarga yetib bormasligi esa ularning ölimiga rozi böliş bilan barobar.

“Jiğildon”li seyf

5 sentyabr kuni Ukrainaning Ixtisoslaştirilgan korruptsiyaga qarşi prokuraturasi idorasida firibgarlik bilan boğliq qönğiroq markazlariga homiylik qiliş böyiça tergov işi davomida seyf topilgan. Prokuratura mazkur naqd pul solingan seyfning fotosuratini elon qildi. Idoraning Telegram-kanaliga joylangan mazkur suratda balandligi taxminan bir metr bölgan, bir neçta tokçalar va pastki qismida tortma bilan jihozlangan metall seyf körinadi. Içkarida eski va yangi nusxadagi 100 dollarlik banknotalar qator qilib joylaştirilgan. Tasvirga qarab xulosa qilinsa, seyf naqd pul bilan taxminan yarmigaça töldirilgan. Tergov versiyasiga köra, pullarni yiqqanlar firibgar koll-markazlarni himoya qiliş evaziga muntazam ravişda pora olib kelgan. Tuşunganingizdek, gap oddiy bir korruptsiya epizodi haqida ketmayapti. Korruptsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi (NABU) malumotlariga köra, noqonuniy daromadlar köçmas mulk, qimmatbaho buyumlar va boşqa aktivlarni sotib oliş orqali yuvilgan bölişi mumkin. Tergovçilar 20 million grivnadan ortiq mablağ köçmas mulk, zargarlik buyumlari va boşqa qimmatli narsalarga sarflanganini, yana 10 million grivnaga yaqin mablağ esa boşqa şaxslarning bank hisoblariga joylaştirilganini aytmoqda. Bundan taşqari, kamida 12 million grivnalik aktivlar haqiqiy egalarini yaşiriş maqsadida uçinçi şaxslar nomiga rasmiylaştirilgani haqida ham malumot berilgan. Tergov doirasida 5 nafar gumonlanuvçi aniqlangan. Eng etiborli jihati esa – tergov Boş prokuratura rahbariyatigaça yetib borgan. Milliy byuro xodimlari Boş prokuror Ruslan Kravçenkoning ofisida ham tintuv ötkazgan va Kravçenko ofisining kiberdepartamenti boşliği Sergey Krapivani qölga olgan. Kravçenko uşbu jinoiy sxemada bevosita ayblangan bölmasada, uning idorasi tintuvlarni tasdiqlagan, ammo prokuror koll-markazlarni himoya qilişga buyruq bergani, noqonuniy pul olgani yoki uşbu daromaddan foyda körgani haqida töğridan-töğri dalillar yöqligini bildirgan. Kravçenkoning özi esa 6 sentyabr kuni özining jinoiy taşkilotga aloqasi borligini rad etdi.

“Elon qilingan suhbatlar va mening ulardagi iştirokimga kelsak, noqonuniy koll-markazlardan mablağ olganim va ularni legallaştirişga aloqadorligim haqidagi davolarni qatiyan rad etaman.
Suhbatlardan körinib turibdiki, korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi organlarning mening noqonuniy koll-markazlardan mablağ oliş va ularni legallaştirişga aloqadorligim haqidagi avvalgi bayonotlari heç qanday tasdiqqa ega emas. Suhbatlar şunçaki suhbat, pul solingan seyfning surati esa şunçaki pul solingan seyfning surati, xolos. Uning na menga, na prokuraturaga aloqasi bor. Advokatlarning takidlaşiça, bu boşqa jinoyat işi doirasida olingan surat”, degan u.

Boş prokuror tegişli organlar yoki jamoatçilik özining şaxsiy daromadlarini xizmat vazifasini suiistemol qilib, suniy oşirib olgan deb öylayotgan bölsa, qattiq adaşayotganini aytgan.

“Safarlarim va oilamning maişiy xarajatlariga kelsak, barça xarajatlar faqat amaldagi qonunçilik va deklaratsiyada körsatilgan daromadlarim doirasida amalga oşirilgan, heç qanday qonunbuzarlikka yöl qöyilmagan.
AQŞ vizasini oliş va noutbuk xarid qiliş masalasiga kelsak: vizaga oid hujjatlarni rafiqam mustaqil ravişda tayyorlagan va vizani ham özi olgan. Unda yangi noutbuk yöq!
Oilamiz ijara huquqi asosida yaşayotgan, maydoni 280 kvadrat metr bölgan uyga kelsak: biz bu uyni hali qişda tanlagan edik, biroq u ayrim qöşimça işlar va jihozlarni sozlaşni talab qilgan. Aynan şu kontekstda ustalarning işlari, signalizatsiya va maişiy texnika masalalari muhokama qilingan. Uyga 2026 yil 1 mayda köçib ötganmiz. Doimiy yaşaş joyim qonunçilikka muvofiq deklaratsiya qilinadi.Mening lavozimim meni tekşiruvdan ozod qilmaydi. Ammo u ayblovlarni faktlar bilan isbotlaş talabini ham bekor qilmaydi”, degan u.

Ammo, kuni keça 7 sentyabr kuni Kravçenko özining Telegram-kanalida siyosiy qarama-qarşiliklar sababli istefoga çiqiş töğrisida hukumatga ariza berganini malum qildi. 

“Bu siyosiy qaror. Va men uni ongli ravişda qabul qildim. Boş prokuror lavozimidan siyosiy qarama-qarşilik vositasi sifatida foydalanilişini istamayman. Menga qöyilayotgan ayblovlar böyiça pozitsiyam özgarişsiz qolmoqda.
Öz işini halol bajarayotgan hamkasblarimga minnatdorlik bildiraman. Sudlarda ayblovni qöllab-quvvatlayotgan, jabrlanganlar bilan işlayotgan, Rossiya jinoyatlarini hujjatlaştirayotgan va davlat manfaatlarini himoya qilayotgan barçaga rahmat. Sizlarning mehnatingiz heç qanday holatda qadrsizlantirilmasligi kerak”, degan u.

Kravçenko Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan özining istefo haqidagi arizasini qabul qilişini söragan.

“Menga bildirgan işonçi uçun Ukraina Prezidenti va Oliy Radasiga minnatdorlik bildiraman hamda lavozimdan ozod etiş haqidagi arizamni qabul qilişingizni sörayman”, deb qöşimça qilgan u.

Agar jinoyatçilarni jazolaşi kerak bölgan tizimning özida mansabdorlar noqonuniy sxemalarda gumon qilinsa, davlatga kim işonadi, Zelenskiy kimga işonadi?

Ğarb Ukrainaga işonmayapti(mi?)

Aslida prokuratura atrofidagi mazkur sönggi mojaro Ukrainadagi korruptsiya muammolarining faqat bittasi, xolos. Korruptsiyaga qarşi kuraş milliy byurosining (NABU) malumotlariga köra, 2026 yilning birinçi yarmida idora va Korruptsiyaga qarşi maxsus prokuraturasi (SAPO) 360 ta yangi tergov boşlagan. 107 ta davlat amaldoriga gumon elon qilingan. 56 ta iş böyiça 106 nafar ayblanuvçiga nisbatan materiallar sudga yuborilgan. 76 kişi böyiça ayblov hukmlari çiqarilgan. Eng muhimi, bu işlar oddiy quyi böğindagi xodimlar bilan çeklanmagan. NABU hisobotida sobiq Prezident ofisi rahbari, uning sobiq örinbosari va sobiq energetika vaziri kabi yuqori martabali şaxslar ham tilga olingan. Demak, masala birgina “pora olgan amaldor” haqida emas. Gap davlat tizimining yuqori qavatlarigaça kirib borgan korruptsiya öpqoni haqida.

“Midas” işi 

Ukrainadagi eng katta korruptsiya mojarolaridan biri sifatida tilga olinayotgan işlardan biri – “Midas”. Bu iş Energetika sohasidagi korruptsiya va millionlab dollar miqdoridagi noqonuniy mablağlar haqidagi gumonlarni öz içiga oladi. 2026 yil fevralida Ukraina korruptsiyaga qarşi organlari sobiq energetika vaziri German Galuşçenkoni pul yuviş va noqonuniy tölovlar bilan boğliq iş doirasida gumonlanuvçi sifatida körsatgan. Iş Zelenskiyning içki siyosiy doirasigaça yetib borgan. Yevropa va xalqaro ekspertlar ham Ukrainadagi korruptsiya mojarolari mamlakatning uruş olib boriş qobiliyatiga zarar yetkazişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Çatham House ekspertlari Ukrainaga 2026–2027 yillarda taxminan 60 milliard dollar taşqi moliyalaştiriş zarur bölişi mumkinligini, korruptsiya mojarolari esa Yevropa davlatlarining Kiyevga mablağ ajratiş borasidagi işonçiga salbiy tasir qilişi mumkinligini qayd etgan. Bu yerda masalaning eng oğriqli nuqtasi ham şu. Mamlakat yordam söraydi, Ğarb bölsa – berganimiz qani? Yohud bersak, özlaring yeysanlarku degan vajni qöyadi. Hattoki, sentyabr oyi boşida Ukraina parlamenti xalqaro moliyaviy yordam bilan boğliq muhim soliq qonunini ham qabul qila olmadi. Qonun 226 ta ovoz talab qilgan bölsada, 194 deputat ovoz berdi. Agar qonun yetarli ovozni töplab, kuçga kirsa, Ukrainaga yiliga qariyb 10 milliard grivna daromad keltirişi va IMF hamda Yevropa mablağlarini jalb qiliş jarayoniga yordam berişi mumkin edi.

Zelenskiy yolğiz qoladi(mi?)

Vladimir Zelenskiy uruşning eng oğir davrlaridan birida mamlakatni boşqarayotgan Prezident. Uning oldida bir vaqtning özida bir neçta front turibdi. Rossiyaga qarşi harbiy front, Ğarb bilan diplomatik front, Iqtisodiy front va endi korruptsiyaga qarşi içki front. Özi şundoq ham tarang vaziyatda turgan, Rossiyaga qarşi kuraşayotgan Ukraina Prezidenti atrofidagilarining yuqoridagi kalamuşliklaridan bölsa kerak, allaqaçon ularni birin-ketin tozalaşga kirişgan. Avgust oyida Zelenskiy öziga yaqin mulozimi – Prezident devoni rahbari örinbosari Irina Mudrani, iyul oyida Ukrainaning Qirğiziston Respublikasidagi elçisi Valeriy Jovtenkoni va mamlakatning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Valeriy Yevdokimovni, Boş vazir Yuliya Sviridenkoni, Mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovni lavozimidan ozod etdi. Ammo hali hamon Rossiyaga kuniga 1000 ta dron uçirişga qurbi yetadigan, Wildberries logistika markazlarini kulini kökka sovurayotgan Ukraina içkaridan talatöp qilinmoqda. Zelenskiy Ğarbdan kutayotgan yordamidan oldin özida borini eplab olişi uçun yana neçtasini işdan olişi kerak, hozirça bu savol bölib qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: