Toşkentda Germaniyadan poçtada yuborilgan “oğu”ni qabul qilib olayotgan xorijlik uşlandi
Toşkentda yaşovçi çet el fuqarosi Germaniyadan poçta orqali yuborilgan jami 4 kg narkotik moddalarini qabul qilib olganda qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Jumladan, Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida vaqtinça istiqomat qilayotgan 2001 yilda tuğilgan Çernogoriya fuqarosi mazkur tumandagi poçta bölimida Germaniya davlatidan yuborilgan jönatmani qabul qilib olgan vaqtida xolislar iştirokida töxtatilgan.
Jönatma belgilangan tartibda tekşirilganda, unda sport anjomlari içiga yaşirilgan 3 kg “Klefedron” va 1 kg gaşiş giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtinçalik yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, jami 30 gr oğirlikdagi “Alfa-PVP” narkotik moddasidan iborat 11 dona tayyor zakladkalar, zip-paketlar, elektron tarozi va boşqa buyumlar borligi malum bölgan.
Bildirilişiça, hozirda unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning 3 ta hududida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 12,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilingandi.