Toşkentda narkoguruh azolari 6 kg narkotik bilan uşlandi
Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqçi bölgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Uçtepa tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizligi xizmati Toşkent şahar boşqarmasi xodimlari hamkorligida Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida, Yuqori Çirçiq tumanida istiqomat qiluvçi şaxsning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganda, giyohvandlik vositalarini tarqatişga tayyorlangan “zakladka” körinişidagi öramlar aniqlangan.
Malum qilinişiça, avgust oyining boşlarida S. ismli fuqaro va bir guruh şaxslar tomonidan giyohvand moddalarni “zakladka” usulida tarqatilayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Şundan söng tezkor tadbir taşkil etilgan. Tadbir davomida S. ismli fuqaro töxtatilib, uning yaşaş xonadoni közdan keçirilgan. Xonadondan giyohvandlik vositalari aniqlanib, holat yuzasidan xolislar iştirokida tegişli bayonnoma rasmiylaştirilgan va uşbu moddalar içki işlar organlari ixtiyoriga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvçi tomonidan ijaraga olingan yana bir xonadon ham közdan keçirilgan. Uşbu xonadondan ham katta miqdordagi giyohvandlik vositalari topilgan.
Şuningdek, tadbir davomida S. ismli fuqaro bilan birga guruhning yana tört nafar azosi Yuqori Çirçiq tumani hududida qölga olingan.
Tergovga köra, S. ismli fuqaro Telegram orqali nomalum şaxs bilan boğlangan va moddiy manfaat evaziga guruh azolari bilan birgalikda giyohvandlik vositalarini yaşirişda iştirok etgan. Xususan, xonadonning muzlatkiçiga törtta plastik idişda ötkir hidli, oq-sarğiş rangli sintetik giyohvandlik vositalari hamda baklaşkadagi suyuq holatdagi sintetik giyohvandlik vositasi joylaştirilgani aniqlangan.
Gumonlanuvçilardan biri söroq vaqtida Instagram orqali uşbu iş haqida bilib, yaxşi pul taklif qilingani uçun bunga qiziqqanini aytgan. Undan Çorvoqqa çiqib kelişini söraşgan. U avval Çorvoqqa borib kelganini, keyinçalik esa şahardagi körsatilgan xonadonga bir narsani olib borib, muzlatkiçga qöyganini bildirgan.
U qilgan işidan puşaymon ekanini, bunday işni boşqa takrorlamasligini aytgan.
Tezkor tadbir natijasida jami 6 kilogramm 100 gramm giyohvandlik vositasi topilgan. Hisob-kitoblarga köra, uşbu miqdor 20 ming 333 ta bir martalik dozaga teng bölib, giyohvandlik vositalarining aholi orasida tarqalişining oldi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi tanlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatida içki işlar xodimlarining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmay, qoçişga uringan Cobalt haydovçisining avtomaşinasidan 4 kilogrammdan ortiq “gaşiş” aniqlangandi.