USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kambağalning bolasi öqib oyni olarmidi yoxud davlat maktablarida tabaqalaniş

210 марта
Камбағалнинг боласи ўқиб ойни олармиди ёхуд давлат мактабларида табақаланиш

Davlat maktablarida talim oliş bepul. Heç bölmaganda qonunçilikdagi asosiy tamoyil şunday. Ammo amaliyotda ayrim ota-onalar farzandini aynan davlat maktabining özida öqitiş uçun har oy millionlab söm tölayapti. Şu yerda tabiiy savol tuğiladi: Davlat maktabida talimning qaysi qismi bepul, qaysi qismi esa pulli bölişi kerak?

Agar gap qöşimça talim xizmatlari haqida ketayotgan bölsa, ular qanday huquqiy asosda taşkil etiladi? Ota-onalarga tijoriy sinflarni taklif qiliş mumkinmi? Umuman, davlat maktabida “pulli sinf” taşkil etiş qonuniymi? QALAMPIR.UZ mavzuni örganib, uşbu savollarga javob topişga harakat qildi.

“Bizning maktabda “pulli sinf” taşkil qilingan. Lekin mening bolalarim uşbu sinfga çiqmaydi. Birinçi sinfdan törtinçi sinfgaça bölgan boşlanğiç sinflar uçun taşkil qilingan. Bizga ham taklif qilişdi, xohlovçilar uçun ekan.

Bitta sinfda 20 nafargaça bola böladi. Uning tarkibida ikki mahal ovqatlaniş, uzaytirilgan guruh va darsdan taşqari tögaraklar bor. Masalan, şaxmat, boks kabi tögaraklar, matematika yoki ingliz tilidan qöşimça maşğulotlar taşkil qilingan”, deydi ota-onlardan biri.

Bir maktab. Bir xil yoşdagi bolalar. Bir xil darslar. Ammo ota-onalarning tölovi har xil.
Kimdir farzandini davlat maktabida bepul öqitadi, yana kimdir şu maktabning özida talim uçun har oy millionlab söm tölaydi. Buning sababi esa, ota-onaning moliyaviy imkoniyati yoki talim sifatiga bölgan talab bilan izohlanmoqda. Ammo şu örinda yana bir qiziq savol tuğiladi: pulli sinflarda öqimaydigan bolalarga sifatli talim berilmaydimi? 

“Ikkita nabiram “pulli sinfda” öqiydi. Men bunga qarşi emasman. Sababi, hozir unçalik qimmat emas, oyiga bir million söm atrofida bölsa kerak. Öqituvçilari yaxşi dars beradi. Bolalar ham yaxşi öqiyapti. Savol-javoblari ham yaxşi. Uyda dars tayyorlaşi ham ança yaxşilangan. Menimça, bu yaxşi”, deydi biz suxbatlaşgan ota-onalardan yana biri.

Har holda Konstitutsiyasining 50-moddasida davlat bepul umumiy örta talim olişni kafolatlaşi belgilangan. Demak, davlat maktabidagi talimning sifati ota-onaning qöşimça pul tölaş yoki tölamasligiga boğliq bölmasligi kerak.  

“Pulli sinflar”ni oçiş qonuniymi?

2019 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda umumiy örta talim muassasalarida pulli talim xizmatlarini körsatiş tartibi belgilangan. Hujjatga köra, qöşimça talim berişga qaratilgan pulli talim xizmatlaridan foydalaniş ixtiyoriy.

U maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan, yani davlat talim standartlaridan taşqari maşğulotlarni öz içiga oladi. Xizmat maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi.

Uning narxlari maktab kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarning majburiy tartibda pulli talim xizmatlariga jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.

Biroq mazkur tartib kuçga kirganiga qaramay, davlat maktablarida pulli talim xizmatlarini taşkil etiş masalasida ota-onalar va maktab rahbariyatlari örtasida hamon tuşunmovçiliklar mavjud.

Pulli sinflar taşkil etilgani haqida murojaat qilgan ota-onalar ortidan maktablarga borganimizda esa direktorlar boşqaça izoh berdi. Ularning aytişiça, maktablarda “pulli sinflar” mavjud emas, balki ayrim sinflarda qöşimça talim taşkil etilgan.

“Pulli sinf” bilan “qöşimça talim taşkil etilgan sinf”ni nima farqi bor? 

Amaldagi qonunçilikda “pulli sinf” yoki “qöşimça talim taşkil etilgan sinf” degan alohida tuşunça nazarda tutilmagan. Bu yerda gap öquvçiga darsdan taşqari vaqtda qöşimça talim xizmatini körsatiş haqida ketmoqda.
Aniqroq tuşuntiradigan bölsam, masalan, bu yil maktabda 4 ta sinf oçildi. Ularning 3 tasi oddiy tartibda, bittasida esa qöşimça talim xizmati taşkil etilgan. Direktorlarning takidlaşiça, bu sinf ota-onalarning talabi asosida va ixtiyoriy ravişda taşkil etilgan.
Agar qöşimça talim xizmati ota-onalar uçun ixtiyoriy bölsa, nega u faqat bitta sinfda taşkil etilgan?
Bu borada Maktabgaça va maktab talimi vazirligining rasmiy munosabatini oliş uçun sörov yuboragnimizda, quyidagiça javob oldik.

“Ijtimoiy tarmoqlarda “pulli sinf” deb notöğri talqin etilayotgan holatlar aslida davlat umum talim maktablarida öquvçilarga öquv reja va davlat talim standartlaridan taşqari qöşimça bilimlar beriş uçun taşkil etiladigan talim xizmatidir.

Uşbu mezon Hukumatning 2019 yil 22 apreldagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan tegişli nizomda alohida qayd etilgan.

Maktablarda taşkil etiladigan qöşimça talim xizmatlari maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan  (davlat talim standartlaridan taşqari) maşğulotlar böyiça maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi.

Pulli talim xizmatlaridan topilgan budjetdan taşqari mablağlarning 50 foizidan kam bölmagan miqdori öqituvçilarga haq tölaşga, qolgan qismi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga va xodimlarni rağbatlantirişga yönaltirilişi mumkin.

Eng muhimi, maktablarda taşkil etiladigan pullik talim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarni majburiy tartibda jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.

2026–2027 öquv yilida 795 ming nafardan ortiq bola 1-sinfga qabul qilindi va ularning barçasi öquv rejadagi fanlardan bepul öqitilişi kafolatlanadi”, deydi Maktabgaça va maktab talimi vazirligi axborot xizmati rahbari.

Vazirlikning javobidan körinib turibdiki, qöşimça talim xizmatlari ota-onalarning ixtiyoriy roziligi va şartnoma asosida körsatilişi mumkin. Öquvçini bunday xizmatga majburlaş esa mumkin emas. 

Ammo bizni qiziqtirgan asosiy savolga – nega ixtiyoriy pulli xizmat aynan alohida sinf şaklida taşkil etilayotgani va öquvçilar şu asosda sinflarga ajratilayotgani masalasiga – vazirlik javobida aniqlik kiritilmagan.

Biroq, amaldagi nizomda körsatilişiça, heç qanday pulli sinf ham yoki pulli tögarakli sinf ham taşkil qiliş qonunan belgilanmagan. Hatto uni ota-onalarga ixtiyoriy şaklda taklif qilib, alohida bir sinfga ajratiş ham mumkin emas. Faqat darsdan söng qöşimça talim xizmatlarini taşkil qiliş, yani maktabning asosiy öquv dasturiga kirmaydigan, davlat talim standartlaridan taşqari maşğulotlarni yölga qöyiş qonuniy.

Bu xizmatlar şunçaki oğzaki kelişuv bilan taşkil etilmaydi. Nizomga köra, maktab pullik talim xizmatlarini körsatiş böyiça yillik reja işlab çiqadi. Uşbu reja har bir kalendar yil boşlanişidan oldin tayyorlanib, maktab Kuzatuv kengaşiga kiritiladi va kengaş tomonidan körib çiqilib tasdiqlanadi. Keyin esa yillik reja vazirlik yoki maktabning rasmiy veb-saytiga joylaştirilişi kerak.

Biroq, direktorlarning “ota-onalar talab qildi, şuning uçun bitta sinfda qöşimça talim taşkil etdik” degan vajlari yetarli emas. Bunday xizmat nizomda belgilangan tartibda rejalaştirilganmi, Kuzatuv kengaşi tomonidan tasdiqlanganmi, rasmiy elon qilinganmi va ota-onalar bilan şartnoma tuzilganmi? degan savollarga javob berişi kerak.  

Ota-onalar fikriga quloq tutganimizda, ular davlat maktablarida pulli sinflar taşkil etilişidan taşqari, farzandlarining talimi uçun boşqa xarajatlari ham ança-munça ekanini takidlamoqda.

Xulosa qilib aytganda, amaldagi qonunçilikda davlat maktablarida “pulli sinf” taşkil etiş degan tuşunça yöq. Şunga qaramay, ayrim maktablarda bunday sinflar “qöşimça talim xizmati taşkil etilgan sinf” sifatida izohlanmoqda.

Qonunçilikka köra esa, qöşimça talim xizmati öquvçiga darsdan taşqari vaqtda, ota-onaning ixtiyoriy roziligi va şartnoma asosida körsatiladi. Yani, buning uçun alohida pulli sinf taşkil etilişi belgilangan emas.

Şu sababli, agar biror davlat maktabida “pulli sinf” taşkil etilib, uning nomi şunçaki “qöşimça talim xizmati taşkil etilgan sinf” deb özgartirilayotgan bölsa, bunga etiborli böling. Çunki davlat maktablarida bepul talim oliş huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: