USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

400 ming dollar evaziga özgargan dunyo: 11 sentyabr fojiasining arzon rejasi va qimmat oqibatlari

157 марта
400 минг доллар эвазига ўзгарган дунё: 11 сентябрь фожиасининг арзон режаси ва қиммат оқибатлари

Bundan 25 yil avval aynan mana şu sanada AQŞda kunlik ölim soni 45 foizga oşgan yani taxminan 9,5–10 ming nafar kişi vafot etgan. Ularning uçdan bir qismi, aniqroq aytadigan bölsak 2 ming 996 nafari bir xil sabab – mamlakat tarixidagi eng yirik terakt oqibatida halok bölgan. Sezganingizdek, bugun öşa maşum 2001 yil 11 sentyabrdagi voqealar haqida gaplaşamiz. Çorak asr avval 11 sentyabr sanasida halok bölgan sal kam 3 mingga yaqin insonning hayoti bebaho va bunga heç qanday şubha yöq. lekin bugun biz odamlar ölimiga sabab bölgan tasirli hikoyalarni emas, balki fojianing iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, xususan Özbekistonga tasirini körib çiqamiz.

11 sentyabr teraktlarining moliyaviy anatomiyasi: Arzon rejaning trillion dollarlik oqibatlari

2001 yil 11 sentyabr voqealarining moliyaviy va iqtisodiy qiyofasi keskin qarama-qarşilikka asoslanadi: bir tomonda atigi yarim million dollarga rejalaştirilgan yaşirin terrorçilik hujumi, ikkinçi tomonda esa global iqtisodiyotni uzoq yillar davomida özgartirib yuborgan trillionlab dollarlik vayronagarçilik turadi.

Dunyoni larzaga solgan uşbu hujumning özi “Al-Qoida” taşkilotiga nisbatan juda katta mablağ talab qilmagan. AQŞ rasmiy tergov komissiyasining hisobotlariga köra, teraktni tayyorlaş va amalga oşiriş uçun jami 400 000–500 000 AQŞ dollari sarflangan.

Bu mablağning qariyb 300 000 dollari xalqaro bank tarmoqlari, asosan Dubay va Fors körfazi davlatlari orqali AQŞdagi şaxsiy hisobvaraqlarga ötkazilgan. Qolgan mablağ esa naqd holda olib kirilgan. Pul dabdabali xarajatlarga emas, oddiy va kundalik ehtiyojlarga: uçuvçilik maktablaridagi öqiş tölovlari, AQŞ içidagi içki aviaçiptalar, yaşaş xarajatlari, oziq-ovqat va avtomobil ijarasiga sarflangan.

Mablağlarning nisbatan kiçik hajmda bölgani va terrorçilar özlarining haqiqiy şaxsiy pasportlaridan foydalangani sababli, öşa davrdagi global bank va moliya tizimi uşbu tranzaksiyalarni şubhali deb topmagan.

Ammo yarim million dollarga yaqin mablağ bilan tayyorlangan rejaning narxi şu bilan tugamadi. Uning dastlabki moliyaviy zarbasi Nyu-York şahrining özida sezildi.

Jahon savdo markazi binolarining qulaşi va insoniy yöqotişlar şaharning iqtisodiy salohiyatiga oğir zarba berdi. Nyu-York Federal zahira banki va Hukumat Hisobdorlik boşqarmasi  malumotlariga köra, halok bölganlarning kelgusidagi taxminiy daromadlari va iş haqi yöqotişlari 7,8milliard dollarni taşkil etgan. Bu har bir xodim uçun örtaça 2,8 million dollar degani edi.

Vayron bölgan va şikastlangan binolarni qayta tiklaş hamda ularning içidagi mulklarni qoplaş uçun yana 16,4 milliard dollar sarflandi. Quyi Manxettendagi metro, elektr va aloqa tarmoqlarini tamirlaşga 3,7 milliard dollar talab qilindi. Ground Zero hududidagi vayronalarni tozalaş va hududni tartibga keltiriş işlarining öziga esa 1,5 milliard dollar yönaltirildi.

Şu tariqa, faqat bevosita moddiy zarar va tozalaş xarajatlarining özi 33–36 milliard dollar miqdorida baholandi.

Biroq iqtisodiy zarba faqat vayron bölgan binolar va infratuzilma bilan çeklanib qolmadi. Fojia suğurta tizimini ham tarixdagi eng katta sinovlardan biriga duçor qildi. Suğurta kompaniyalari jabrlanganlar va mulk egalariga qariyb 34 milliard dollar miqdorida tovon puli tölaşga majbur böldi.

Bu esa butun dunyoda suğurta stavkalarining keskin oşişiga va risklarni baholaş qoidalarining özgarişiga sabab böldi.
Moliyaviy bozorlar ham zarbani darhol his qildi. Hujumlardan söng, bir hafta davomida yopiq turgan Nyu-York fond birjasi qayta oçilgan ilk kunidayoq öz tarixidagi eng keskin pasayişlardan birini boşdan keçirdi. Aviatsiya, turizm va mehmonxona biznesi esa qisqa vaqt içida milliardlab dollar daromaddan mahrum böldi.

Olimlar va iqtisodçilarning, jumladan, Janubiy Kaliforniya universiteti va CREATE markazi tadqiqotlariga köra, AQŞ milliy iqtisodiyotidagi qisqa muddatli biznes töxtaşlari va yöqotişlarning özi 35–109 milliard dollarni, yani YaIMning 0,5–1 foizini taşkil etgan.
Ammo eng katta moliyaviy yuk bevosita terakt oqibatlaridan emas, undan keyingi strategik özgarişlardan kelib çiqdi.

AQŞ hukumati içki xavfsizlikni keskin kuçaytiriş uçun Milliy xavfsizlik departamentini tuzdi. Aeroportlardagi xavfsizlik nazorati tubdan yangilandi. Terrorizmga qarşi global kuraş şiori ostida xalqaro harbiy harakatlar boşlandi. Afğoniston va Iroqdagi uruşlar keyingi ön yilliklar davomida AQŞ byudjeti­dan trillionlab dollarlik mablağ sarflanişiga olib keldi. Qöşma Ştatlar Kongressi Afğonistondagi harbiy harakatlar uçun öşa paytda 815 milliard dollar, Iroqdagi uruş uçun 686 milliard, boşqa xarajatlar uçun 100 milliard dollardan oşiq mablağ ajratadi. Şu tariqa 2001-yildan 2014-yilgaça Qöşma Ştatlar Afğoniston va Iroqda jami bir trillion 600 milliard mablağ sarf qiladi. Bu xarajatlar mamlakatning davlat qarzini keskin oşirdi va global iqtisodiyotning rivojlaniş vektorini butunlay özgartirib yubordi.

Şunday qilib, 11-sentyabrning moliyaviy anatomiyasi hayratlanarli bir qarama-qarşilikni namoyon etadi: 400 000–500 000 dollarlik reja ortidan 33–36 milliard dollarlik bevosita zarar, qariyb 34 milliard dollarlik suğurta tölovlari, 35–109 milliard dollarlik qisqa muddatli iqtisodiy yöqotişlar va oxir-oqibat trillionlab dollarlik uzoq muddatli xarajatlar kelib çiqdi.

Közga körinmas zarba — zaharli bulut, kasallik va kosmosdan köringan iz

Jahon Savdo Markazi atrofida yuzaga kelgan ekologik zarba  fojiadan keyingi kunlar, oylar va yillar davomida öz tasirini saqlab qoldi. Odamlar köz öngida bino qulagan bölsa, uning ortidan közga körinmaydigan yana bir xavf — zaharli çang va tutun paydo böldi.

AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi va AQŞ Geologik xizmati tadqiqotlari bu çangning oddiy quriliş çiqindisi emasligini körsatdi. AQŞ Geologik xizmati olimlari fojiadan keyin Ground Zero atrofidan olingan çang namunalarini tahlil qilib, ularning tarkibi öta işqoriy, yani pH darajasi 9 dan 11 gaça ekanini aniqlagan. Uşbu çang asosan maydalangan beton, gips hamda şişa tolasidan iborat bölgan.

Ammo havoda tarqalgan xavf faqat maydalangan beton va gipsdan iborat emas edi. Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari va Butunjahon savdo markazi soğliqni saqlaş dasturi malumotlar bazasida vayronalar ostidan çiqqan tutun va çang tarkibida 350 dan ortiq xavfli birikmalar borligi aniq tasdiqlangan. Zaharli aralaşma, ayniqsa, vayronalar orasida işlagan qutqaruvçilarga tasir qildi. Ularda “WTC yötali” va surunkali öpka kasalliklari kuzatildi. Uşbu holatlar böyiça yuzlab tibbiy ilmiy maqolalar çop etildi.

Ammo şunça zaharli çanglar AQŞ osmonini qoplab olgan paytda hisobotlarda havo nafas oliş uçun yaroqli, yani toza deb elon qilingan. Keyinçalik AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligining öz içki tekşiruv idorasi maxsus tergov ötkazdi. Uning rasmiy tekşiruv hisobotida 2001 yil sentyabr oyida berilgan “havo xavfsiz” degan bayonotlar siyosiy bosim ostida va töliq ilmiy tekşiruvlarsiz qilinganini tan oldi. Bu esa jamoatçilik tomonidan katta tanqidlarga sabab böldi.

Bundan taşqari, Kolumbiya universiteti olimlari fojia vaqtida Nyu-Yorkning quyi qismida bölgan homilador ayollar va ularning bolalari ustida köp yillik tibbiy kuzatuvlar olib bordi. Tadqiqotlarda zaharli havo va stress bolalarning tuğiliş vazniga va ösiş jarayoniga qanday salbiy tasir körsatgani ilmiy jurnallarda çop etildi.

Butunjahon savdo markazi soğliqni saqlaş dasturining keyingi yillardagi yirik tibbiy hisobotlarida terakt paytida vayronalar orasida işlaganqutqaruvçilar orasida nafaqat öpka kasalliklari, balki turli xil saraton turlari ham keskin köpaygani aniqlandi.

2019–2020 yillardagi tibbiy malumotlarga köra, fojia vaqtida xizmat qilgan va keyinçalik saratondan vafot etgan öt öçiruvçilar va politsiyaçilar soni, 11 sentyabr kuni halok bölganlarning sonidan ham oşib ketgan. Bu zaharli havoning uzoq yillardan keyin ham odamlarning hayotiga zomin bölayotganidan dalolat beradi.

Ammo bu zaharli bulutning kölami qançalik katta edi? Odamlar zaharli bulut faqat Manxettendagi ikkita binoning atrofidagina tarqalgan deb öylaşlari mumkin. Ammo unday emas edi.

NASA va AQŞ Geologiya xizmati tomonidan olingan yöldoş suratlarida Nyu-York osmonidagi qora zaharli bulut şamollar tasirida nafaqat butun şaharni, balki qöşni ştatlar – Nyu-Jersi va hatto Atlantika okeani tomon yuzlab kilometr masofaga tarqalib ketgani qayd etilgan. Yerga tuşgan mayda asbest va şişa tolali zarralar esa öşa hududning tuproği va suv havzalariga ham uzoq muddatli tasir körsatgan.
Bu manzarani hatto Yer orbitasidan ham köriş mumkin edi.

Fojia sodir bölgan vaqtda Yer orbitasida, taxminan 400 kilometr balandlikda joylaşgan Xalqaro kosmik stantsiyada NASA astronavti Frenk Kalbertson bölgan. U Yer orbitasidagi yagona amerikalik astronavt edi. Stantsiya Nyu-York şahridan ötib borayotgan bir paytda u derazadan pastga qarab, Manxetten uzra qanday qilib ulkan qora tutun buluti kötarilayotganini öz közi bilan körgan va suratga olgan.
Kalbertson öz intervyusida öşa holatni şunday eslaydi:

“Öz vataningdan tutun kötarilayotganini bunday baland nuqtadan turib köriş juda dahşatli. Yerda hayotni yaxşilaş uçun möljallangan kosmik stantsiyada turib, pastda bunday mudhiş qilmişlar tufayli insonlar hayoti vayron qilinayotganini kuzatiş oson bölmagan”.

Özbekiston va 101-reys: fojianing Atlantika okeani uzra aks-sadosi

11 sentyabr fojiasining zarbasi Atlantika okeani ustida parvoz qilayotgan samolyotlargaça yetib bordi. Şu manoda, bu fojia Özbekistonga ham tasir qildi. Aniqroq aytadigan bölsak, teraktlar Toşkentdan Nyu-York tomon yöl olgan “Özbekiston havo yöllari”ning HY-101 reysi taqdirini özgartirdi.
Dunyo tarixidagi eng fojiali voqealardan biri sodir bölgan paytda, HY-101 reysi Atlantika okeani uzra parvoz qilayotgan edi. Uning manzili – Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport, samolyot rusumi esa Boeing 757 edi. Bortda ekipaj azolari bilan birga jami 180 nafardan ortiq yölovçi, asosan Özbekiston fuqarolari va boşqa davlat vakillari bölgan.

Bu parvoz samolyot komandiri, uçuvçi Zarif Saidazimov uçun ham alohida ahamiyatga ega edi. U özining köp yillik faoliyatidagi nafaqaga çiqişidan oldingi sönggi parvozlaridan birini amalga oşirayotgandi.

Samolyot Atlantika okeani ustidan muvaffaqiyatli uçib ötib, AQŞ quruqligiga yaqinlaşayotgan bir paytda Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining Egizak binolariga terrorçilik hujumlari uyuştirildi. Bir neça soniyada vaziyat özgardi. Nyu-Yorkda boşlangan fojia endi uning osmonidagi barça parvozlar taqdiriga ham tasir qila boşladi.

Terakt sodir bölgaç, AQŞ hukumati darhol özining butun havo hududini yopdi va mamlakat böylab osmondagi barça havo kemalariga zudlik bilan eng yaqin muqobil aeroportga qöniş haqida qatiy buyruq berdi. HY-101 reysi ham endi özining dastlabki manziliga yetib bora olmasdi.

Dispetçerlar özbekistonlik uçuvçilarga Nyu-Yorkka qöniş mutlaqo mumkin emasligini va boşqa davlatga – Kanadaga buriliş kerakligini malum qildi. Lekin, uzoq parvoz  uçoqda yonilği tanqisligini yuzaga keltirgan.

Ana şunday öta oğir vaziyatda kapitan Zarif Saidazimov samolyotni Kanadaning Monreal şahridagi aeroportiga xavfsiz tarzda muvaffaqiyatli qöndirdi.

Şu tariqa, Toşkentdan Nyu-York tomon uçib çiqqan özbek samolyoti ham 11 sentyabr fojiasining bevosita tasiriga tuşdi. AQŞ havo hududi oçilgunga qadar samolyotning barça yölovçilari va ekipaj azolari Kanadada vaqtinça qolib, keyinçalik öz manzillariga yetib bordi. Özbekiston uçuvçilarining bu jasorati keyinçalik mamlakat kinoijodkorlarini ilhomlantirdi va “101-reys” badiiy-biografik filmi suratga olindi.

Vaqt ötib, vayron bölgan hudud tiklandi. Bir vaqtlar vayronagarçilik va yöqotiş timsoliga aylangan Ground Zero bugun xotira va qayta tiklaniş birlaşgan maskanga aylangan. Sobiq Egizak binolar örnidagi ikkita aks sado hovuzi va qurbonlarning ismlari bitilgan bronza lavhalar öşa kun xotirasini saqlab turadi. Hovuzlar ostidagi muzey esa fojia tarixini aşyolar, qutqaruvçilarning maşinalari, vayronalar ostidan topilgan buyumlar va guvohlarning xotiralarini namoyon etadi.

Bu makondagi Kalleri nok daraxti, yani “Omon qolgan daraxt” esa fojia içida saqlanib qolgan alohida timsoldir. Vayronalar orasidan deyarli qurigan holda topilgan bu daraxt mutaxassislar tomonidan davolab, saqlab qolindi va keyinçalik yana şu maydonga qayta ekildi.

Jasmina Murtazoyeva

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: