Qaşqadaryoda ham Ekopolitsiya xodimlari jiddiy hujumga uçradi
Keça, 11 sentyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasining Ğuzor tumani bölimi boşliği Bahrom Toşpölatov huşsiz holatda viloyat şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Dastlabki malumotlarga köra, Bahrom Toşpölatov Ğuzor tumani “Qovçin” MFY hududidan oqib ötuvçi Qaşqadaryo daryosida noqonuniy qum-şağal qazib oliş holatlarini aniqlaş böyiça reyd tadbirida huquqbuzarlar hujumiga uçragan.
Uni şu hududda fuqarolardan biri huşsiz holatda topib, şifoxonaga olib borgan. Hozirda tibbiyot muassasasida unga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.
Şuningdek, 6 sentyabrdan 7 sentyabrga ötar keçasi Ğuzor tumani “Qovçin” MFYning Arab qişloği hududida Ekopolitsiya inspektorlari tomonidan ekologik nazorat reydi ötkazilgan.
Reyd davomida Qaşqadaryo daryosining muhofaza etiladigan hududida noqonuniy qum-şağal qazib olinayotgani aniqlangan. Ekopolitsiya xodimlari qonunbuzarlikni töxtatib, texnikani jarima maydoniga olib ketayotgan vaqtida huquqbuzarlar ularga faol qarşilik körsatgan.
Xususan, davlat raqamisiz qora rangli KIA K5, şuningdek, davlat raqami 70 K 413 AA bölgan Lacetti va Cobalt avtomobillarida bölgan şaxslar yölni tösib, inspektorlardan biriga tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, jarima maydoniga olib ketilayotgan texnika vositasini olib qoçgan.
Mazkur ikki holat yuzasidan Ğuzor tuman prokuraturasi va IIBning tezkor-tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida ham Ekopoltsiya xodimi noqonuniy baliq ovlayotgan şaxslar hujumiga uçragani va oqibatda halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu holat böyiça 3 kişi uşlangan va ularga nisbatan jinoiy iş oçilgan.