Samarqandda biryöla 8 nafar piyodaga yöl bermagan “avtoterrorçi” uşlandi
Samarqandda Malibu 2 haydovçisi biryöla 8 nafar piyodaga yöl bermay, ularning hayotiga xavf solgan holda yöl bezoriligini sodir etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 22:20 lar atrofida Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek köçasida yuz bergan. Tungi paytda harakatlanib kelayotgan Malibu 2 haydovçisi piyodalarga yöl bermasdan, avtomobilni boşqargan.
Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv işlari natijasida avtomaşina va haydovçining şaxsi aniqlangan. Haydovçi bölib ötgan vaziyat yuzasidan öz tuşuntirişida öşa paytda biroz şoşilib kelayotganini va avtomobilining tormozi işlamagani sabab birinçi yölakdan uçinçisiga ötganini aytgan.
“Fuqarolardan, öşa piyodalardan, GAI xodimlaridan uzr sörayman. Qilgan işimga puşaymonman. Ikkinçi bunaqa holat takrorlanmaydi”, degan u.
Bildirilişiça, mazkur qoidabuzarga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128−10-moddasi (Yöl bezoriligi) birinçi qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Hozirda haydovçi bilan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Töplangan hujjatlar esa jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudiga yuboriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagan BYD rusumli avtomobil haydovçisiga nisbatan çora körilgani haqida xabar berilgan edi.