USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Samarqandda tez yordamga yöl bermagan haydovçi jazolandi

136 марта
Самарқандда тез ёрдамга йўл бермаган ҳайдовчи жазоланди

Samarqand viloyati Toyloq tumanida tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagan “Deepal S7” rusumli avtomobil haydovçisiga çora körildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 21 iyul kuni sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Toyloq tumani köçalarida harakatlanayotgan “Deepal S7” rusumli avtomobil haydovçisi tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagani aks etgan.

Malum bölişiça, videoda tez yordam haydovçisi bir neça bor avtomobil davlat raqamini aytib, yöl böşatişni söragan. Biroq şunga qaramay, “Deepal S7” haydovçisi harakatini özgartirmagan va tez tibbiy yordam maşinasiga yöl bermagan. Holat yuzasidan Yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan örganiş ötkazilgan.

Şundan söng, haydovçiga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-5-moddasi (transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi) bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Şuningdek, haydovçi bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida ham tez yordam avtomaşinasiga yöl bermagan haydovçi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy çora körilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: