Tez yordamga yöl bermagan Mercedes haydovçisi jazolandi
Samarqand şahrida tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagan Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovçisiga nisbatan çora körildi. Bu haqda Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa bugun, 17 avgust kuni sodir bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Samarqand şahri köçalarida harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtomobil haydovçisi maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagani aks etgan.
Holat yuzasidan Yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan örganiş olib borilgan. Oqibatda haydovçining maxsus transport vositasining harakatlanişiga xalaqit bergani aniqlangan.
Şundan söng, haydovçiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-5-moddasi (transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi) bilan belgilangan tartibda çora körilgan. Şuningdek, haydovçi bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Toyloq tumanida tez tibbiy yordam avtomaşinasiga yöl bermagan Deepal S7 rusumli avtomobil haydovçisiga çora körilgani haqida xabar berilgan edi.