Uçta hududda jami 34 kg gaşişni pullamoqçi bölgan oğufuruşlar uşlandi
Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida katta miqdordagi gaşiş giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalaga kiritilişiga çek qöyildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Namangan viloyatining çegara hududida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida 1993 yilda Andijon viloyatida tuğilgan şaxs qölga olingan. U qöşni respublika hududidan sumkaga joylangan 20 kg gaşişni Norin daryosi orqali olib ötib, 20 metr içkarida joylaşgan daraxtlar tagiga yaşirayotgan vaqtda uşlangan.
Suriştiruv işlari davomida mazkur şaxs giyohvandlik vositasini Andijon va Namangan viloyatlarida yaşovçi şeriklariga yetkazmoqçi bölgani aniqlangan.
Narkojinoiy guruhning qolgan azolarini aniqlaş va uşlaş maqsadida tezkor tadbir Andijon viloyatida davom ettirilgan. Natijada joriy yilning 7 sentyabr kuni tungi soat 02:00 atrofida 1976 yilda tuğilgan fuqaro Andijon şahrida 10 kg gaşiş giyohvandlik vositasini qabul qilib olayotgan vaqtda qölga olingan.
Malum qilinişiça, keng qamrovli tezkor tadbirlar Farğona viloyatida ham davom ettirilgan. Qöqon şahrida gaşiş giyohvandlik moddasini 24 ming AQŞ dollariga sotgan şaxs jinoiy harakatlari davomida qölga olingan.
Şuningdek, viloyatning Beşariq tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 1991 yilda tuğilgan şaxs alohida öralgan tört dona bölakda 4 kg gaşiş giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan narkojinoiy harakatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi hamda 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 1 kilogrammdan ortiq gaşişni 26 ming AQŞ dollariga sotişga uringan, avval ham giyohvandlik bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan şaxs qölga olingani haqida xabar berilgandi.