USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryoda yoş bolalarni bosib ketişiga oz qolgan “avtoterrorçi” uşlandi

59 марта
Қашқадарёда ёш болаларни босиб кетишига оз қолган “автотеррорчи” ушланди

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida Damas avtomaşinasini haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan va köp qavatli uylar oralab yuqori tezlikda harakatlanib, voyaga yetmaganlar hayotini xavf ostiga qöygan haydovçi uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Aniqlanişiça, Damas avtomaşinasi haydovçisi Qarşi şahri “Çölquvar” MFY hududida joylaşgan köp qavatli binolar oralab yuqori tezlikda harakatlangan hamda şu yerdagi profilaktika inspektori va fuqarolarning töxtaş işorasiga böysunmasdan voyaga yetmaganlarning hayotini xavf ostiga qöygan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga köra, Damas katta tezlikda köp qavatli uylar oralab harakatlanayotgan bölgan, şu vaqtda köçada bir qança yoş bolalar ham öynayotgan bölgan. Avtomobil katta tezlikda kelayotganda, bolalar tor yölning ikki çetiga qoçgan, bir fuqaro esa soniyalar içida yoş bolalarning öyinçoğini çetga olib ötişga muvaffaq bölgan.  

Malum bölişiça, mazkur 21 yoşli “şovvoz”ning haydovçilik guvohnomasi ham bölmagan. U akasining avtomaşinasini ruxsatsiz olib ketganini bildirgan.

“Akamdan beruxsat Damas avtomaşinasini minib ketdim. Mahallada qöpol ravişda tez haydadim. Yoş bola çiqib qolgan ekan, körmay qoldim. Yoş bolalar borligini öylamagan ekanman. Öşa bolalarning ota-onasidan ming bor uzr sörayman. Qilgan işimdan puşaymonman. Öşa vaqtda stress holatda edim. Haydovçilik guvohnomasini olmagunimça boşqa umuman maşina haydamayman”, degan haydovçi.

Holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 125-modda (Transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş) 5-qismi, 128-5-modda (Transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi) 2-qismi, 128-10-modda (Yöl bezoriligi) 2-qismi hamda 135-modda (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi sababli haydovçiga nisbatan tegişli tartibda mamuriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda Malibu 2 haydovçisi biryöla 8 nafar piyodaga yöl bermay, ularning hayotiga xavf solgan holda yöl bezoriligini sodir etgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: