USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Keyingi navbat viloyatlik sartaroş-u, öqituvçilargami? Qonunçilikka imi-jimida kiritilgan çeklov noroziliklarga sabab bölmoqda

645 марта

Keyingi navbat viloyatlik sartaroş-u, öqituvçilargami? Qonunçilikka imi-jimida kiritilgan çeklov noroziliklarga sabab bölmoqda

Özbekistonda taksiçilarning öz doimiy yaşaş joyidan boşqa hududda taksiçilik qilişi qonunga zid deb belgilandi. Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovning tasdiqlaşiça, uşbu tartib kuçga kirib bölgan.
«Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda qabul qilingan yönalişli taksilar faoliyatini tartibga soluvçi 139-sonli qarorida qayd etilgan. Öşa qaror bilan tasdiqlangan nizomda yönalişli taksilar uçun yagona taniş belgilari va ularning faoliyat yuritişi uçun qöyilgan talablar bor. Öşa nizomning 5-bob 9-bandida haydovçi yölovçilarni yönalişsiz taksida taşişni litsenziya kartoçkasida belgilangan hududda amalga oşiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir özining kuçini yöqotgan. Mazkur qaror örnini bosuvçi 2025 yilda çiqqan qarorga köra, haydovçining öz hududida, yani litsenziya kartoçkasida körsatilgan hududda faoliyat olib borişi belgilab qöyildi. Bu oldindan bölgan narsa va allaqaçon kuçga kirib bölgan», — deydi vazirlik vakili.

«Taksiçilik qiluvçilar litsenziya varaqasida körsatilgan hudud va unga tutaş hududda taksiçilik qilişi kerak. Soddaroq qilib tuşuntirganda, sizning maşinangiz bor va uning davlat raqami belgisi Toşkent viloyati hududidan röyxatdan ötgan, yani „10“ raqamli nomer berilgan. Şunda siz Toşkent viloyati hududi içida va unga tutaş bölgan hudud: Toşkent şahri, Sirdaryo va Namangan viloyatlari içida yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullanişingiz mumkin. Yoki Samarqand viloyati davlat raqami belgisi olgan maşina egalari Samarqand viloyati içida va unga çegaradoş bölgan boşqa viloyatlar hududida taksiçilik qilişi mumkin», — deydi Aşurmatov.

Ertaga navbat viloyatlik novvoylar, viloyatlik öqituvçilar va hammamizga yetib boradi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunçilikka imi-jimida kiritilgan bu yangilik jamoatçilik noroziligiga sabab bölmoqda.

Otabek Bakirov, iqtisodçi:
  
«Qaror muhokamaga qöyilmagan, nima uçun bunday talab kiritilayotgani izohlanmagan. Uning oqibatlari ham öylanmagan. Önminglab odamlarning nafratini qözğaydigan bu qarorning lobbisti kim bölganini özingiz uçun tasavvur qilişingiz mumkin.

Bu qaror qaysi aql bilan va nima maqsadda qabul qilingani şaxsan menga tuşunarsiz. Xöp, endi nima böladi?

Endi Toşkent şahrida taksiçilik faoliyati bilan şuğullanayotgan önminglab Özbekiston fuqarolarida bir neça variantlar qoladi:
1. Maşinasini sotib, Rossiyaga mardikorlikka ketiş.
2. Viloyatlarga qaytiş va işsizlar yoki kambağallar armiyasini köpaytiriş.
3. Kamida 5,5 mln söm pul sarflab, öz maşinasini toşkentlik qarindoşi yoki tanişi nomiga ötkaziş (Toşkent raqami uçun), keyin ijarada yoki işonçnomada taksiçilik qiliş. Ötgan yomon zamonda yuzminglab özbekistonliklar Toşkent şahridagi öz uyini boşqalar nomiga rasmiylaştirib va ijara şartnomasi qilib yaşaşiga töğri kelardi. Xuddi şu buzuq praktika qaytmoqda. Masala xususan, avtomobil raqamiga oid bölgani uçun lobbi aynan raqam qirollaridan çiqqanmikan, degan gumon ham keladi. Çunki oxirgi çora sifatida viloyatlik haydovçilar Toşkent raqamlarini olişga majbur bölişadi.

Tabiiyki, poytaxtliklar viloyatliklarni kamsitişga oid bu qarorning oqibatlarini çöntaklarida sezişadi. Taksi narxlari oşadi, yönalişsiz taksilar kamayadi.
Konstitutsion sudga murojaat qilinadimi?
Şaxsan mening fikrimça, poytaxtda taksi xizmati körsatişdan viloyatliklarni çetlatadigan yoki çeklovni aylanib ötiş uçun qöşimça xarajatga majburlaydigan bu rasvo talab Konstitutsiya ruhi va mundarijasiga zid. Behzod Hoşimov bilan bu borada töliq hamfikrman.

Konstitutsion sudga murojaat qilişning eng tez varianti sifatida parlament deputatlari orqali amalga oşirilişi mumkin. Siz nima deb öylaysiz, deputatlar orasida bironta mard çiqarmikan?

Agarda viloyatlik taksistlarning huquqi çeklanişiga köz yumilsa, ertaga navbat viloyatlik novvoylar, viloyatlik öqituvçilar va hammamizga yetib boradi. Biz ötgan yomon zamonda bir keçada uyğonib turib, 2016 yilga kelib qolmaganmiz».
Konstitutsiyaga qarşi propiska rejimi rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman!
Xuşnudbek Xudoyberdiyev, huquqşunos, bloger:
«Endilikda haydovçilar maşina raqami berilgan hududda taksiçilik qilişi mumkin bölarkan. Bu degani, masalan, 60 raqamli avtomobili bor haydovçilar faqat Andijonda taksiçilik qila oladigan bölibdi. Yoki 95 raqamli avtomobili bor haydovçilar faqat Qoraqalpoğistonda taksiçilik qila oladi.

Endi nima böladi?

Birinçidan, endi Toşkentda taksilar qimmat böladi;
Ikkinçidan, 2 minutda keladigan taksi 10 yoki 20 minutda kelişni boşlaydi, çunki qonuniy taksiçilar soni keskin kamayadi;
Uçinçidan, endi viloyatliklar noqonuniy taksiçilik qilişga ötadi. Köçalarda qöl kötarib turganlar köpayişni boşlaydi, yaşirin iqtisodiyot yana gullab, yaşnaydi;
Törtinçidan, endi qonuniy işlamoqçi bölgan viloyatliklar noiloj ÖZ MAŞINASINI Toşkent propiskasi bor biron tanişining nomiga ötkazişga, özi esa “gen doverennost” orqali yurişga MAJBUR böladi. Natijada mulkiy nizolarning yangi tölqini boşlanadi, tanişiga işonib, öz maşinasidan ayrilib qolgan yurtdoşlarimiz köpayişni boşlaydi.
Masullar öylaganidek, bu qaror orqali Toşkentda tirbandliklar kamayib qolmaydi. Hamma öz viloyatiga qaytib ketmaydi (iş yöq joyda nima bor?). Bunga işonayotganlarning yoki özi ahmoq, yoki boşqalarni ahmoq deb öylaydi. Eng asosiysi PROPISKA REJIMI rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman! Qançadan qança “qon yutişlar” orqali bir amallab yöqotilgan lanati rejim taksiçilar misolida yana ORTGA QAYTIBDI! Konstitutsiyaga zid bölsa ham, baribir şu qarorni qabul qilişibdi. Eh, propiska rejimi bekor qilingani Yangi Özbekistondagi eng katta yutuqlardan biri sifatida etirof etilgan edi-ya... Bunça tez ortga qaytamiz, deb öylamagandim».
Respublika içidagi çeklovlar şunçaki mantiqsiz

Behzod Hoşimov, iqtisodçi:
«Ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotgan gaplar rost bölsa, Toşkentdagi tirbandliklar masalasini xato yöl bilan yeçmoqçi bölişyapti, şekilli. Muammo talabda, taklifda emas. Toşkentda köp avtomobillarga talab bor, köp odamlar esa bu talabni qondiradi. Bu masalaning töğri yeçimlari bor – pullik “parkovka”, jamoat transportiga sarmoya, balki köçalardagi harakatlaniş ayrim vaqtlarda pullik bölişi mumkin. Belgilangan çorada esa, masala xuddi faqat taklifdadek tuyulyapti.

Qaysidir Janubiy Amerika mamlakatida, avtomobil nomerlari toq raqam bilan tugasa toq kunlarda, juft raqam bölsa juft kunlarda harakatlanişga ruxsat berişgan edi. Natijada, avtomobillar soni qariyb ikki karra oşgan. Bu loyihani ham aylanib ötişadi, salpal haqlar poymol qilinadi, qonuniylika nisbatan behurmatlik oşadi, lekin taksilar yöq bölib qolmaydi.

Ikkinçi tomondan – qonuniy masala. Bunisi muhim. Konstitutsiyaviy va bazaviy inson huquqlari. Agar qaysidir faoliyat turi – odamni kelib çiqişi sababidan boşqa viloyatlarda işlaşi taqiqlansa – insonlarning konstitutsiyaviy huquqi masalasi kötarilişi kerak. Özbekistonliklar, Özbekistonni istalgan xududida yaşaşga va mehnat qilişga bölgan haqlari çeklanmasligi kerak deb öylayman.
Yana bir mental eksperiment: agar viloyatlararo çeklov töğri deb öylasangiz, nega unda tumanlararo çeklov xato narsa deb öylaysiz?
Öylab köring, qaşqadaryolik haydovçi Toşkentda işlamasligini oqlaşga işlatilgan mantiqni yunusobodlik haydovçi Sergelida işlamasligiga yoki çinozlik haydovçi Yangiyölda işlaşi mumkin emasligiga qöyib köring. Ahmoqona eşitiladi-a? Bir respublika içidagi çeklovlar ham xuddi şunday eşitiladi. Ular mantiqsiz.
Men oldinlari Rossiyaga borganimda juda köp marotaba özbekistonlik yoki qirğizistonlik haydovçilarga duç kelar edim. Yoki Nyu Yorkda ham, bir neça marta özbek haydovçisi meni manzilga yetkazib qöygan. Köplari Nyu Jersi yoki hatto Pensilvaniyada istiqomat qilişar edi, Nyu Yorkda emas. Yaxşiyam, kim qaysi şaharda faoliyat olib borişiga ruxsat berişda kelib çiqişiga (özbek) qaralmas ekan. Vaholanki, Nyu York bilan Nyu Jersi umuman har xil ştat va hatto har xil soliq tizimi»

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: