Jasur Umirov bolasi bilan katerda xavfsizlik qoidalarini buzdi
Xonanda Jasur Umirov yoş farzandi bilan qutqaruv nimçasisiz yuqori tezlikda katerda harakatlandi. Uşbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgaç, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xonanda bilan Içki işlar vazirligining Turizm politsiyasi xodimlari hamkorligida profilaktik suhbat ötkazganini malum qildi.
Qayd etilişiça, suhbat davomida Jasur Umirovga suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qatiy amal qiliş, xususan, katerda harakatlaniş vaqtida qutqaruv nimçasidan foydalaniş zarurligi tuşuntirilgan.
Şuningdek, xonanda ham ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida uşbu holat yuzasidan izoh berdi. U öğli bilan katerda qutqaruv nimçasisiz harakatlangan videosi köplab muhokamalarga sabab bölganini aytgan. Şu bilan birga, Jasur Umirov joriy yilning 2 sentyabr kuni bir oilaning çökib ketişi oqibatida uç kişi halok bölgani haqida eşitganini va bundan juda açinişini bildirgan. Uning aytişiça, xonandaga mazkur oilaning ham qutqaruv nimçasisiz suvga tuşgani haqida malumot berilgan.
“Albatta, katerdami, boşqadami harakatlanayotganda qutqaruv nimçasisiz yurmanglar“, degan Umirov.
Unga Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Içki işlar vazirligi xodimlari tomonidan bu holat notöğri ekani tuşuntirilgan. Şundan söng Jasur Umirov videoni öçirib taşlaganini malum qilgan.
“Videoni keyin öçirib taşladim. Sizlarga heç qaçon bunday işni tavsiya bermayman“, degan u.
Eslatib ötamiz, 2026 yilning 2 sentyabr kuni Çorvoq suv omborida ota va uning 2 öğli çökib ketgan edi. Ularning jasadlari esa joriy yil 9–10 sentyabr kunlari topilgandi.