“Suratga tuşiş uçun töxtagan”. FVV Çorvoqdagi fojia tafsilotlarini malum qildi
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toşkent viloyatidagi Çorvoq suv omborida çökib ketgan 3 kişi suratga tuşiş uçun çömiliş taqiqlangan hududda katerni töxtatib, qutqaruv nimçalarisiz suvga tuşgani malum böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa Çorvoq suv omborining Burçmulla MFY hududidan oqib ötuvçi qismida sodir bölgan.
FVV qutqaruv otryadining komandiri Rustam Böriyevga köra, bir oila katerda suv böylab sayr qilgan va suratga tuşiş maqsadida çömiliş taqiqlangan hududda töxtagan. Keyinçalik ular şu joyning özida çömilişga qaror qilgan.
Aytilişiça, çömiliş vaqtida ular qutqaruv nimçalaridan foydalanmagan. Katerni boşqarib kelgan haydovçi fuqarolarga suvga tuşişdan avval qutqaruv nimçalarini kiyişni tavsiya qilgan, biroq uning tavsiyasiga rioya qilinmagan.
Böriyevning sözlariga köra, suvga tuşgan birinçi bola oyoğining tomiri tortib qolgan. Şundan söng otasi uni qutqariş uçun suvga tuşgan. Keyin yana bir öğil suvga kirgan. Şu tariqa ota va uning ikki öğli ketma-ket çökib ketgan. Şuningdek, Rustam Böriyevning takidlaşiça, hodisa sodir bölgan hududda şamol bölib turgan, suvda ozgina tölqin hosil bölgan. Öşa jarayonda çökiş holati yuz bergan.
“Bu juda tez sodir bölgan”, degan Böriyev.
Hodisa vaqtida katerda ayol va yana ularning bir singlisi ham bölgan. Ular atrofdagilardan yordam söragan. Kater haydovçisi ham suvga tuşib, ularni qutqarişga uringan, biroq buning imkoni bölmagan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv işlariga 5 ta qutqaruv otryadi va suvda harakatlanayotgan 7 ta qutqaruv brigadasi jalb qilingan. FVV rahbariyati topşiriğiga asosan Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan ham qutqaruv otryadlari Çorvoqqa yuborilgan.
Malum qilinişiça, hodisa joyida maxsus ştab taşkil etilgan bölib, FVV rahbariyati hamda hamkor xizmatlar tomonidan qidiruv işlari olib borilmoqda. Qutqaruvçilar çökkan fuqarolarni topiş uçun işlarni uzluksiz davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida dam oluvçilar ötirgan 2 ta kater töqnaşib ketib, odamlar halok bölgan edi.