Saudiya Arabistoni hujumga uçradi. “Makka bitimi” işga tuşadimi?
Vladimir Zelenskiy portlab ketişiga sal qoldi. U uçayotgan samolyot dron bilan töqnaşişiga bir baxya qolgani rasman elon qilindi. Xöş, bu aniq öylangan hujummidi yoki tasodif? Nima, prezidentlar xavfsizligi şu qadar zaiflaşdimi?
Eron bilan uruş sababli reytingi pastlagan, fuqarolarining işonçini yöqotgan Tramp odamlarni pul bilan sotib olmoqçi. U yaqinlaşayotgan saylovda özi va jamoasi foydasiga ovoz bergan har bir fuqaro uçun 500 AQŞ dollari bermoqçi. Janglar tufayli turmuş tarzi yomonlaşganidan noliyotgan amerikaliklar bu taşabbusni qanday qarşi oladi?
Husiylar Qizil dengizdagi muhim ahamiyatga ega hududlarni egallab oldi. Eron moliyalaştirişi aytiladigan bu guruh Yaqin Şarq, Yevropa va Osiyoni boğlaydigan savdo yölini yopib qöyiş bilan tahdid qilyapti. Endi nima böladi?
Turkiya yana öt içida qoldi. Har yili takrorlanadigan örmon yonğinlarining dahşati bu safar ham kam emas. Yuzlab aholi yaşaydigan uylar yonib ketdi. Minglab fuqarolar köçirildi. Doimiy stsenariyga turklar tayyormidi?
Joriy yilning sentyabr oyi boşi xalqaro siyosiy sahnada ham, Rossiya bilan Ukrainaning harbiy frontlarida ham keskin burilişlar va kutilmagan hodisalarga boy bölmoqda. Bir tomonda tinçlik muzokaralari haqidagi vadalar, ikkinçi tarafda esa har ikkala tomon bir-birining içki hududlariga yöllayotgan qaqşatqiç zarbalari. Tinçlik taşabbuslari haqida gap ketganda, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning sönggi bayonotlariga etibor qaratiş joiz. Kanadada OAV vakillari bilan suhbatlaşgan Zelenskiy Rossiya bilan olib borilayotgan muzokaralarning dastlabki natijalari sentyabr oxirigaça paydo bölişi mumkinligiga şama qildi.
“Hozir biz energetika va oziq-ovqat xavfsizligi böyiça ehtimoliy natijalar masalasini kötaryapmiz. Menimça, bunga erişa olamiz. Nyu-Yorkda Prezident Tramp bilan uçraşuvdan keyin bu haqda oçiqroq gapira olaman”, deydi u.
Zelenskiyning takidlaşiça, Moskvadagi 20 sentyabr parlament saylovlari sababli yaqin kunlarda jiddiy muloqot kutilmaydi, biroq oy oxirida BMT Boş Assambleyasi doirasida AQŞ rahbariyati va Donald Tramp bilan ötkaziladigan uçraşuvlar köp narsaga oydinlik kiritişi mumkin. Biroq, diplomatik ritorika orqasida haqiqiy harbiy töqnaşuvlar şafqatsizlarça davom etmoqda.
Zelenskiyning özi ham uşbu uruş dahşatlaridan xoli emasligini Yevropa böylab safari çoğida yana bir bor his etdi. Norvegiya Boş vaziri Yonas Gar Styore NRK davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida 8 sentyabr keçqurun Moldovadan Osloga yöl olgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan töqnaşişiga oz qolganini malum qildi.
“Uning samolyoti Moldovadan uçişi kerak bölgan vaqtda dron bilan töqnaşişiga oz qolgan. Bu u yaşayotgan haqiqat”, deydi Styore.
Keyinçalik Norvegiya Boş vaziri devonxonasi bu xavf Moldova havo hududidagi dronlar sababli yuzaga kelgani va parvoz keçiktirilganini aniqlaştirdi. Bu tasodifiy xavfmi yoki maqsadli suiqasd – bu savol oçiq qoldi. Qiziği şundaki, Zelenskiy Oslo aeroportiga yetib kelgan hudud – Moldova va Ukraina örtasidagi “Starokozaçe” çegara punktidan bor-yöği ikki soatlik masofada joylaşgan. Ayni şu çegara punktiga 9 sentyabrga ötar keçasi Rossiya dronlari hujum qilib, ikki kişining umriga zomin böldi.
Şu kuni, yani 9 sentyabr keçasi Ukraina kuçlari kutilmagan javob zarbasini yölladi. Qora dengiz sohilidagi maşhur kurort şahri – Soçiga Ukraina dengiz dronlari yoki Rossiya Mudofaa vazirligi tili bilan aytganda “ekipajsiz katerlar” hujum qildi. Krasnodar ölkasi tezkor ştabi va mahalliy manbalarga köra, hujum oqibatida 28 kişi, jumladan 2 nafar bola jarohatlangan. Voqea “Festivalniy” madaniyat saroyida xonanda Tatyana Bulanovaning kontserti avjiga çiqqan paytda soat 21:00 atrofida yuz bergan. Guvohlarning sözlariga köra, sohildagilar dastlab trevoga signaliga etibor bermagan. Çunki Soçida uruş “uzoqdagi uydirma”dek tuyulardi. Ammo 300 metr narida portlaşlar yuz berib, zarba tölqinlari odamlarni yiqitgaç, dahşatli xaos va vahima boşlangan. Şahar meri Andrey Proşunin Telegram’da “faqat oynalar va fasadni tiklaş kerak, vaziyat barqaror” deya vaziyatni bosiqlik bilan izohlaşga urindi. Biroq Rossiya Tergov qömitasi uşbu holat böyiça darhol “Terrorçilik harakati” moddasi bilan jinoyat işi qözğatdi.
Harbiy töqnaşuvlar geografiyasi 10 va 11 sentyabr kunlari yanada kengaydi. 11 sentyabr kuni ertalab Ukraina dronlari Rossiyaning Saratov, Volgograd va Tula viloyatidagi obektlarga zarba berdi. Saratovda Ozon logistika markazi va neftni qayta işlaş zavodida yonğinlar kelib çiqdi, Tulada esa 2 kişi halok bölib, 3 kişi yaralandi. Bunga javoban, Rossiya Qurolli kuçlari ham tunda Ukrainaning muhim infratuzilmalari va logistika zanjirlarini nişonga oldi. Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotida aytilişiça, Kiyevdagi “Bi-mobayl” data-markazi, “Gostomel” logistika markazi, Xmelnitskiydagi “Novaya poçta” terminali hamda Odessadagi zavod va harbiy yuk taşiyotgan kemalarga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba berilgan. Şu bilan birga, 11 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning reaktiv dronlari Kiyevdagi “Ukrnafta” kompaniyasining Troyeщina va Poçayna hududlaridagi yonilği quyiş şoxobçalariga ataylab qayta-qayta zarba berdi.
“Bu odamlarni yonilği bilan taminlaydigan fuqarolik obektlariga qasddan berilgan zarba, buning heç qanday harbiy mantiqiy maqsadi yöq”, deydi “Ukrnafta” raisi Bogdan Kukura.
Ukrainaning front ortidagi infratuzilmaviy va energetik uruşi Rossiya iqtisodiyotining nozik tomirlarini qirqmoqda. Yil boşidan buyon Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga 70 dan ortiq dron hujumlari uyuştirilişi oqibatida mamlakatda jiddiy aviayonilği taqçilligi yuzaga keldi. Air Navigation (aeronavigatsiya) malumotlariga tayanadigan bölsak, 7 sentyabr holatiga köra, Rossiyaning kamida 26 ta yirik aeroportida samolyotlarga yonilği quyişga ommaviy çeklaşlar kiritilgan. Sankt-Peterburgdagi Pulkovo va Kaliningraddagi Xrabrovo aeroportlarida parvoz rejasidan ortiqça bir litr yonilği quyiş ham taqiqlangan bölsa, Qozon, Ufa, Yekaterinburg, Soçi va Volgograd kabi aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalar uçun qatiy limitlar joriy etilgan. Avgust oyining özida kamida 7 ta NQZ faoliyatini töxtatgani va kunlik benzin taqçilligi 30 ming tonnaga yetgani fonida, Rossiya aviatsiyasi ham yonilğisiz qoliş xavfi ostida turibdi.
Ayni şu vaziyatda Ğarb ittifoqçilarining Kiyevni qöllab-quvvatlaşi yangi bosqiçga kötarilmoqda. 10 sentyabr kuni Kanada Boş vaziri Mark Karni Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuvdan söng, Ukrainaga havo mudofaasi raketalari uçun 350 million Kanada dollari (AQŞning Patriot dasturi orqali) ajratilişini elon qildi.
“Bu odamlarni yonilği bilan taminlaydigan fuqarolik obektlariga qasddan berilgan zarba, buning heç qanday harbiy mantiqiy maqsadi yöq”, deydi Karni Kalgaridagi çiqişida.
Şuningdek, Kanada keyingi ikki yilda yiliga millionlab dron işlab çiqariş va ularning uçdan birini Ukrainaga yetkazib beriş hamda energetika xavfsizligi uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki orqali 435 million Kanada dollari miqdorida kredit kafolatlari ajratişni öz zimmasiga olgan.
Nizolar va iqtisodiy bosimlar fonida Rossiyaning içki migratsiya siyosati ham keskinlaşgani kuzatiladi. Rossiya IIV Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş xizmati boşliği Andrey Kikotning 10 sentyabr kuni Vladimir Putin bilan uçraşuvda malum qilişiça, oxirgi bir yarim yil içida mamlakatdan 100 mingga yaqin migrant çiqarib yuborilgan, şundan 75 mingi majburiy tartibda. Yana 200 mingga yaqin xorijlikning Rossiyaga kirişi taqiqlangan va 20 mingta soxta nikoh holatlari aniqlanib, vaqtinça yaşaş guvohnomalari bekor qilingan.
“Biz migratsiya qonunçiligini buzgan 800 ming nafar xorijlikni hisobga olib, nazorat qilinuvçi şaxslar reyestriga kiritdik”, deydi Kikot.
Uruş şaroitida içki nazoratni kuçaytiriş va jamiyatdagi ijtimoiy bosimni çet elliklar zimmasiga yuklaş Moskva uçun ananaviy qurolga aylanib bölgan. Sentyabr oyining birinçi ön kunligi körsatib turibdiki, tomonlar diplomatik stolda qanday şartlarni muhokama qilişidan qati nazar, harbiy maydondagi va iqtisodiy jabhadagi “resurs uruşi” va taktik bosim ötkaziş harakatlari özining eng yuqori nuqtasiga çiqmoqda.
Tramp uruşni 3 noyabrda tugatmoqçi
AQŞ içki va taşqi siyosatining tutaşgan nuqtasida siyosiy drama avj olmoqda. Mamlakat 3 noyabrda bölib ötadigan öta muhim Kongressga oraliq saylovlarga tayyorgarlik körmoqda. Aynan şu pallada Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlarning yettinçi oyga kirib borişi, Brent neftining barreli 100 dollardan oşib ketişi hamda amerikaliklar hayotidagi qimmatçilik Vaşingtondagi siyosiy elitani jiddiy sarosimaga solib qöydi. Saylov oldidan Respublika partiyasini safarbar etiş va öz pozitsiyalarini saqlab qoliş uçun Prezident Donald Tramp öziga xos va kutilmagan populistik hamda harbiy bayonotlar seriyasini boşlab yubordi.
9 sentyabr kuni Vaşington yaqinidagi “Endryus qöşma harbiy bazasi”da jurnalistlar qarşisida paydo bölgan Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan uruş tez orada yakunlanişiga şama qildi.
“Menimça, uruş saylovdan keyin tugaydi, çunki ular endi bundan ortiq bardoş bera olmaydi. Ular saylovga tasir ötkazişga uriniş uçun umidsiz ahvolda”, deydi u.
Uning takidlaşiça, Tehron çorasizlikdan AQŞdagi siyosiy jarayonlarga xalaqit berişga urinmoqda, ammo uning harbiy-iqtisodiy manbalari allaqaçon tugaş yoqasida. Prezident, şuningdek, Eron bilan muloqot ehtimolini töliq rad etmadi.
“Muzokara bölişi mumkin, ammo hozir biz körib çiqayotgan masala bu emas”, deya qöşimça qildi u.
Tramp harbiylarning harakatlari töxtamasligini bildirib, “bundan ham köproğini körasiz”, deya Tehronga nisbatan bosim oşişini uqtirib ötdi.
Tehronga berilayotgan zarbalarga qaramay, Eron ham qarab turgani yöq. Tehron Vaşington tomonidan 5 ta Eron neft tankeriga zarba berilganiga javoban global neft arteriyasi bölmiş Hormuz böğozi yaqinida 10 ta xalqaro kemani nişonga olganini elon qildi. Oqibatda, dunyo bozorida Brent markali neft narxi keskin kötarilib, barreli uçun 100 dollarlik çegaradan oşib ketdi. Tramp esa uşbu iqtisodiy bosim va inflyatsiya uruş yakunlanişi bilan barham topişini vada qilmoqda. Uning hisob-kitoblariga köra, 3 noyabrdagi saylovlardan söng harbiylar amaliyoti tugaydi va neft narxlari ham darhol pastlaydi. Ammo AQŞ va Isroillikning 6 oydan ortiq davom etayotgan ommaviy zarbalariga qaramay, xalqaro tahlilçilar Eronning yadroviy va harbiy infratuzilmasi batamom yöq qilinmaganini va mojaro tez orada tinçişiga işonçsizlik bilan qaraşayotganini takidlamoqda.
Taşqi siyosatdagi murakkabliklar va iqtisodiy qiyinçiliklar oqibatida öz reytinglari pasayib borayotganini körgan Tramp içki auditoriyaga mutlaqo noodatiy “moliyaviy xörak” taşlaşga qaror qildi. 9 sentyabrda Dallasda ötkazilgan Respublika partiyasining birinçi oraliq saylovlar konventsiyasida sözga çiqqan Prezident, agar respublikaçilar noyabrdagi saylovlarda Kongressning ikkala palatasida ham nazoratni saqlab qolsa, har bir katta yoşli amerikalikka 5 ming dollardan “Tramp dividendi” tölanişini elon qildi. Mamlakatda taxminan 270 million nafar voyaga yetgan fuqaro borligini inobatga olsak, uşbu loyihaning umumiy qiymati fantastik 1,35 trillion dollarni taşkil etadi. Federatsiya ğaznasidan bu kabi ulkan mablağ qayerdan olinişi yoki bu taklifning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari qanday bölişi haqida oçiq savollar seriyasi paydo böldi.
Dallasdagi uşbu tadbir Respublika milliy qömitasi raisi Jo Gryuters tomonidan norasmiy ravişda “Trumpapalooza” deya nomlandi. Konventsiyada roppa-rosa 1 soatu 45 daqiqa davomida sahnani egallagan Tramp öz boşqaruvining dastlabki ikki yilini “prezidentlik tarixidagi eng buyuk ikki yil” deb atab, özini Respublika partiyasi tarğibotining mutlaq markaziga qöydi.
“Amerika kelajagini radikal söl demokratlarga topşirsak, mamlakatimiz keyingi ön yilni faqatgina oyoqqa turişga sarflaydi. Respublikaçilarga ovoz bering va biz dunyoni avlodlar davomida ortda qoldiramiz. Byulletenda şaxsan menga ovoz bering”, deya takidladi.
Ammo partiyaning unga töliq boğlanib qolayotgani va Tramp reytinglarining rekord darajada tuşişi ayrim respublikaçi nomzodlarni xavotirga solmoqda. Sotsiologik sörovlar hayot qimmatlaşişi hamda çözilib ketgan Eron uruşi tufayli neytral va mustaqil saylovçilar orasida respublikaçilarni qöllab-quvvatlaş darajasi sezilarli darajada pasayganini körsatmoqda. Aynan şu sababli, Miçigan vakili Tom Barrett, Alyaska senatori Den Sallivan va senator Syuzan Kollinz kabi nomzodlar Tramp bilan bir sahnada körinişdan qoçib, Dallasdagi konventsiyaga kelmadi. Şunday bölsa-da, Texas boş prokurori Ken Pakston va Ogayo senatori Jon Xyusted kabi 16 nafar sodiq nomzodlar sahnada paydo bölib, Tramp yönalişini qöllab-quvvatladi.
Konventsiyada sözga çiqqan respublikaçilar asosiy etiborni fuqarolarni qiynayotgan hayot qimmatligi va Eron uruşi kabi ötkir ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga emas, balki demokratlarni “sotsialistlar”, “kommunistlar” va transgenderlar huquqlari böyiça tanqid qilişga qaratdi. Hatto partiya içidan ham bunday yondaşuvga etirozlar bildirildi. Alabama ştati vakili Erni Yarbro mamuriyat saylovçilarga Erondagi uruş qança davom etişi va AQŞning aniq maqsadlari nimadan iborat ekanini aniq tuşuntirişi şartligini bildirdi.
Barça sotsiologik körsatkiçlar demokrat saylovçilarning uşbu oraliq saylovlarda faollik körsatişga bölgan iştiyoqi ança yuqori ekanini tasdiqlamoqda. Çunki, noyabr saylovlari nafaqat Kongressdagi kuçlar muvozanatini, balki butun dunyo iqtisodiyoti va harbiy geosiyosatining kelgusi yillardagi yönalişini belgilab beradi.
Husiylar nazoratni qölga oldi
Fors körfazida Eron va AQŞ örtasidagi töqnaşuvlar davom etayotgan bir paytda, ziddiyatning ikkinçi va yanada xavfliroq fronti Qizil dengiz hamda Bab al-Mandab böğozida katta voqeliklar böldi.
Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, ammo Tehron heç qaçon tan olmaydigan husiylar Qizil dengizdan Hind ummoniga çiqişda joylaşgan strategik Perim orolini va Dubab şaharçasini, şuningdek, 10 sentyabr kuni Al-Muxa şahri hamda Haniş orollarini töliq egallab oldi. Bob al-Mandab böğozining husiylar nazoratiga ötişi Vaşington va uning mintaqaviy ittifoqçilari uçun kutilmagan geostrategik zarba böldi.
“Husiylar Bob al-Mandab böğozini töliq egallasa, Eron AQŞ bilan uruşda katta ustunlikka ega böladi. Bu holat neft yetkazib berişni kamaytiradi va neft narxining keskin oşişiga olib keladi”, deyiladi “Reuters” xabarida.
Eron Hormuz böğozini tösib qöyganidan söng, dunyoning eng yirik neft eksportçisi bölmiş Saudiya Arabistoni öz uglevodorodlarini dunyo bozoriga olib çiqiş uçun yagona xavfsiz yöl sifatida aynan Qizil dengiz va Bob al-Mandab böğozidan foydalanayotgan edi. Endilikda husiylarning uşbu böğozni ham öz nazoratiga olişi Ar-Riyod uçun iqtisodiy va xavfsizlik jihatidan qamal holatini keltirib çiqarmoqda. Har doimgidek, Tehron husiylarga harbiy buyruqlar berayotganini rasman rad etib keladi. Biroq “Reuters”ning Ğarb razvedkasiga tayanib yozişiça, husiylarning bu tezkor yurişlari bevosita Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi körsatmasi va moliyaviy-harbiy kömagi ostida amalga oşirilgan. Tehron husiylarga Saudiya Arabistoniga hujumlarni keskin köpaytiriş evaziga köproq qurol-yaroğ, mablağ va zobitlar ajratişni vada qilgani aytilmoqda.
Vaziyatning bu darajada dramatik tus olişi ortida parda ortidagi öta qiziq diplomatik öyinlar yotibdi. Axios naşrining AQŞ rasmiylariga tayanib xabar berişiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon 10 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Trampga ikki marta şoşilinç qönğiroq qilib, uni Yaman husiylariga qarşi töğridan-töğri harbiy zarbalar berişga çaqirgan. Murojaatda husiylar Qizil dengizdagi muhim böğozga batamom örnaşib olmasidan avval ularning pozitsiyalarini havodan va dengizdan yöq qiliş söralgan. Biroq, kutilmaganda Tramp valiahd şahzodaning bu murojaatini rad etdi.
Aslida, Ar-Riyod va husiylar örtasidagi keskinlik şu yilning iyul oyida Saudiya Arabistoni Eron samolyotining Sano aeroportiga qönişiga tösqinlik qilganidan keyin avj olgan edi. Öşanda bortda Eronning sobiq oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Homanaiyning dafn marosimidan qaytayotgan yuqori martabali husiy amaldorlar bölgan. Öşa paytda Muhammad bin Salmon Trampdan Sano aeroportiga havodan zarba beriş uçun faqat siyosiy yordam söragan va “biz husiylar bilan özimiz hisoblaşamiz” degan ruhda harbiy aralaşuv şart emasligini takidlagan edi. Tramp öşanda uni qöllab-quvvatlagan. Biroq oradan ikki oy ötib, husiylar Saudiya tankerlari va energetika obektlariga qaqşatqiç zarbalar berib, sohil çiziğini birin-ketin egallay boşlagaç, Saudiyaning kayfiyati tubdan özgardi va Ar-Riyod Vaşingtondan “kelib bizni qutqaring” degan manoda harbiy aralaşuvni yolvorib söraşga majbur böldi.
Biroq, Vaşingtonning öz hisob-kitoblari bor. AQŞ harbiy va fuqarolik rasmiylari saudiyalik hamkorlariga Oq uyning asosiy etibori Eronning öziga va Hormuz böğoziga qaratilganini, hozirça Yamanda yangi va çöziluvçan front oçiş Vaşington rejalarida yöqligini oçiq-oydin bildirişgan.
“Qöşma Ştatlar özining asosiy milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilişga, jumladan, Qizil dengizda kemalar qatnovi erkinligini taminlaşga etibor qaratmoqda. Şu bilan birga, mintaqadagi hamkorlarimizga mintaqaviy xavfsizlik muammolarini boşqariş va hal etişda yetakçi rolni berişga intilmoqdamiz”, deydi Tramp mamuriyatining yuqori martabali rasmiysi.
Soddaroq qilib aytganda, AQŞ saudiyaliklarga “özingiz boşlagan muammoni özingiz eplang, biz esa sizga razvedka malumotlarini berib turamiz” degan javobni qistirib qöydi. Hozirda Saudiya Arabistonida 200 nafarga yaqin AQŞ harbiy xizmatçisi bölib, ular faqat razvedka va koordinatsiya masalasida yordam körsatiş bilan çeklanmoqda.
AQŞning bevosita harbiy yordamidan umidini uzgan Yaman hukumati öz kuçlari bilan qarşi hujumga tayyorlanmoqda. Hukumat qöşinlari vakili, polkovnik Majid an-Naziliy strategik hududlarda, jumladan Al-Muxa, Haniş va Perim orollarida husiylarni yöq qiliş uçun barça aviatsiya va oğir qurollar işga solinişini elon qildi. U tinç aholini Taiz va Al-Muxa şaharlari örtasidagi yöllardan foydalanmaslikka hamda husiylarning harbiy texnikalaridan uzoqroq yurişga çaqirdi.
Körib turibsiz, Yaqin Şarqdagi uruş geografiyasi kutilganidan ham tezroq kengayib bormoqda. Hormuz va Bob al-Mandab böğozlaridagi tugunlarning bir paytning özida boğlanişi global iqtisodiyot uçun oğir va asoratli oqibatlarni vada qilmoqda. Mintaqadagi bu “şaxmat öyini”da keyingi yuriş kim tomonidan va qanday evaziga amalga oşirilişi tez orada malum böladi.
Olov içidagi Turkiya
Örta Yer dengizi sohillari deganimizda köpçiligimizning xayolimizga beş yulduzli mehmonxonalar, tiniq dengiz va xotirjam dam oliş maskanlari keladi. Biroq, joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Turkiyaning Antaliya va Adana viloyatlarida boşlangan yirik örmon yonğinlari bu romantik tasavvurlarni tom manoda kulga aylantirmoqda. Turkiya har yili takrorlanadigan bu stsenariyga qançalik tayyor ekanini yana bir bor yonğin va sarosima içida imtihondan ötkazmoqda.
Xronologiyaga etibor qaratsak, vaziyat haqiqiy uruş öçoğini eslatadi. 7 sentyabr kuni Antaliyaning Aksu va Kepez tumanlarida uçqunlagan örmon yonğinlari kuçli şamol sababli qisqa vaqt içida ulkan hududlarni qamrab oldi. Hukumat yonğinga qarşi 3 ta samolyot, 9 ta vertolyot, 165 ta öt öçiriş maşinasi va mingdan ortiq xodimni safarbar qildi. Mahalliy rasmiylar vaziyatni nazoratga olişga qançalik urinmasin, olov aholi yaşaş punktlariga bostirib kirdi. Antaliya gubernatori Hulusi Şahin özning hisobotida uşbu dahşatli holatni oçiq tan oldi:
“Yonğin Karaöz va Yeşilkaraman mahallalarimiz içiga tarqalib, u yerdagi uylar, issiqxonalar va hayvonlar saqlanadigan molxonalarni xavf ostida qoldirdi. Xodimlarimiz katta say-harakat qildi. Dastlab zarar körgan bir neçta uyni hisobga olmaganda, qolgan uylarni saqlab qolişga muvaffaq böldik”, dedi u.
Biroq, fojia ança jiddiyroq. Birgina Antaliyada 47 kişi jabrlandi, ularning 11 nafari şifoxonalarga yotqizildi. Karaöz, Yeşilkaraman va Çamlija mahallalaridan yuzlab oilalar, jami 700 ga yaqin inson öz uyini taşlab qoçişga majbur böldi.
Fojia faqat Antaliya hududi bilan çeklanib qolgani yöq. Adana viloyatining Közan, Imomöğli va Aladağ tumanlarida boşlangan yonğinlar ham qariyb 15 ta mahallani yutib yuborişiga bir baxya qoldi. Bu yerdan 835 kişi şoşilinç evakuatsiya qilindi. Adanadagi qutqaruv operatsiyasining bitta öziga xos jihati bor: olovni öçirişga yuzlab texnikalar qatorida 8 ta odatda köçalarda norozilik namoyişçilarini tarqatiş uçun foydalaniladigan suv otar zirhli maşinalar ham jalb qilindi.
Balo kelaman desa, ketma-ket keladi deganlaridek, 8 sentyabr kuni Antaliyaning Kumluja tumanida yana bir yonğin öçoği paydo böldi. Töptoş mahallasidan boşlangan alanga şamol tasirida Gözörenga sakrab ötdi va yana 200 ga yaqin xonadon böşatildi. Alanga hatto harbiylaştirilgan jandarmeriya binosigaça yetdi, uni amallab saqlab qolişdi, ammo atrofdagi inşootlar olov içida qoldi. Kumlujadagi vaziyat böyiça gubernator Hulusi Şahin yana minbarga çiqib, aholini tinçlantirişga urindi.
“10 ga yaqin uy zarar kördi, biroq hozir aholi yaşaş joylarida tahdid yöq. Kuraş havodan va quruqlikdan davom etmoqda”, dedi u.
Şuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan yirik logistika arteriyasi bölgan Antaliya – Isparta avtomagistralining yopilişi mintaqada iqtisodiy qon aylaniş tizimini vaqtinçalik töxtatib qöydi.
Xalqaro va tahliliy miqyosdan qaraydigan bölsak, uşbu holat Turkiya hukumati uçun şunçaki navbatdagi favqulodda vaziyat emas, balki uzoq yillik tizimli xatolarning mevasidir. Jahon ekologlari har yili global isiş fonida Örta Yer dengizi havzasida, xususan, Gretsiyadan tortib Turkiyagaça bölgan çiziqda yonğinlar qandaydir tasodif emas, balki yangi normal holatga aylanganini takidlaşadi. Lekin har yili sentyabr kelganida, hokimiyat xuddi örmonlar yonişini birinçi marta körayotgandek hayratga tuşişi va doimiy “favqulodda yiğilişlar” ötkazişi öziga xos byurokratik teatrga aylanib qolgan. Iqtisodiyoti şusiz ham yuqori inflyatsiya bilan kuraşayotgan Anqara uçun yuzlab gektar unumdor yerlarning, qişloq xöjaligi issiqxonalarining va turizm atrofidagi infratuzilmaning yonib ketişi körinmas milliardlab zararlarni anglatadi. Bugun önlab samolyot va vertolyotlar, yerdan esa minglab qutqaruvçilar tabiat fojiasiga qarşi ayovsiz jang qilmoqda. Ammo fakt şuki, insoniyat vaqti kelganda şamol va olov ittifoqi oldida özining bor texnologiyasi bilan ham ğaribligiça qoladi. Yonğinlar öçadi, hisobotlar yoziladi, kompensatsiyalar vada qilinadi, lekin keyingi yilning sentyabri kelguniga qadar ekologik siyosatda biror narsa özgaradimi yoki yana öşa yonğinlarga qarşi suv otar maşinalar bilan kuraşiladimi – bu savolga aniq javob aytib bölmaydi.