Jizzaxda bolani urib yuborişiga bir baxya qolgan Gentra haydovçisi jazolandi
Jizzax viloyatining Foriş tumanida Gentra haydovçisi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborişiga bir baxya qoldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda keskin etirozlarga sabab bölgan mazkur holat joriy yilning 10-sentyabr kuni Foriş tumanining markaziy köçalaridan birida sodir bölgan. Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovçi aniqlangan.
Videoda Gentra haydovçisi piyodalar ötiş joyidan ötayotgan bolaga juda yaqin masofada harakatlangani aks etgan. Yuqori sinfda tahsil oluvçi boşqa bir öquvçi bolaning qölidan uşlab, uni xavfsiz hududga olib ötgan. Aks holda, oğir yöl-transport hodisasi yuz berişi mumkin edi.
Haydovçi YPX xodimlariga ukasini kasalxonaga olib ketayotganini aytib, qilgan işidan afsusdaligini bildirgan.
“Birdan çiqib qoldi. Orqada maşina ham bor edi, piyodalar ötiş joyiga yetmasdan”, degan haydovçi.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-prim 5-moddasi (Transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi) bilan avariyaviy holat yuzaga kelişini sabab bölgan haydovçiga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga joylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganç şahrida 15 yaşar maktab öquvçisi VAZ-2107 avtomaşinasini katta tezlikda boşqarib, YPX xodimlarining töxtaş haqidagi talabiga böysunmagani haqida xabar berilgan edi.