Gulistonda 18 yoşli yigit bankomatni bolta bilan buzişga urindi
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida bankomatni bolta bilan buzişga uringan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 03:16 larda “Oltin vodiy” mahallasining Komiliy köçasida “Inkassatsiya xizmati” MÇJga qaraşli bankomatdan qöriqlaş xizmati monitoring markaziga taşviş signali kelib tuşgan.
Signal qabul qilingaç, malumot zudlik bilan Guliston tumani IIB huzuridagi qöriqlaş xizmati tezkor harakatlanuvçi guruhiga yetkazilgan. Xodimlar voqea joyiga yetib borganda, yuzini berkitgan va qöliga qölqop kiygan şaxs bankomatning taşqi qismini bolta hamda boşqa aşyolar yordamida buzişga urinayotganini aniqlagan.
Qöriqlaş xizmati xodimlarini körgan şaxs voqea joyidan qoçişga uringan. Biroq tezkor guruh xodimlari tomonidan u qölga olingan.
Şaxsiga aniqlik kiritiş jarayonida uning Guliston tumanida yaşovçi, 2008 yilda tuğilgan D. S. ekani aniqlangan. Qölga olingan şaxs belgilangan tartibda Guliston tumani IIB binosiga olib kelingan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada bank mulozimi lezviya bilan bankomatlardan katta miqdorda pul öğirlagan edi.