USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyani foş qilgan “ayğoqçi”, Aliyevning Yevropaga “tarsakisi” va quroli tugayotgan AQŞ

117 марта
Россияни фош қилган “айғоқчи”, Алиевнинг Европага “тарсакиси” ва қуроли тугаётган АҚШ

AQŞning öq-dorilari tugayapti. Vaşington nihoyat özining doimiy “engilmas armiya” va “tuganmas resurslar” haqidagi afsonasiga nuqta qöyib, Eronga qarşi operatsiyada öq-dorilari tugab borayotganini rasman böyniga oldi. Eng qiziği, özining zahirasi quriyotgan AQŞ yana Isroilga milliardlab dollarlik vayronkor bombalarni sotişda davom etmoqda. Falastin xavf ostidami?

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yevropa parlamentini “poraxörlar uyasi” deb atadi hamda ularni ikkiyuzlamaçilik, qöşaloq standartlar va oçiqdan-oçiq islomofobiyada aybladi. Uning bu dangalligi ortida nima turibdi?

Jurnalist ayol Rossiya josuslik tizimini foş qildi. U “rossiyaparast bloger” qiyofasiga kirib, Rossiya maxsus xizmatlarining Yevropadagi ayğoqçilik tarmoğini qisqa vaqt içida foş etib qöydi. Unga aloqaga çiqqanlar oddiy vazifalardan tortib maxfiy topşiriqlargaça bergan.

Tramp Zelenskiyga dakki berdi. U dunyodagi yonilği muammosiga özining Eronga qarşi boşlagan uruşi emas, Kiyevning zarbalari sabab bölayotganini aytdi. Moskva esa içki yonilği muammosidan qutuliş va yaqinlaşayotgan saylovlar oldidan vaziyatni önglaş uçun Vaşingtonning bu tanbehini jon-jon deb olqişladi. Xöş, Tramp haqiqatan ham dunyo iqtisodiyotini öylayaptimi yoki öz saylovçilari uçun benzin narxini arzonlaştiriş ortidan quvyaptimi?

AQŞ öq-dorilari tugayotganini tan oldi

AQŞ Mudofaa vazirligi öz tarixida ilk bor harbiy salohiyatining nozik nuqtasini oçiqlab, Eronga qarşi olib borilgan harbiy harakatlar sababli mamlakatning strategik öq-dorilar zahirasida jiddiy tanqislik yuzaga kelganini rasman tan oldi. Pentagon boş inspektorining “Epik ğazab” deb nomlangan operatsiya böyiça elon qilgan birinçi çoraklik hisobotida aytilişiça, asl vaziyat Tramp maqtangançalik jöda zör emas! Avvalroq u tuganmas darajadagi qurol-yaroği borligini aytib çiqqan edi.

Hisobotga köra, joriy yilning 28 fevralidan 30 iyuniga qadar davom etgan uşbu harbiy kampaniya Vaşington hamyoniga naqd 33,4 milliard dollarga tuşgan. Uşbu ulkan summaning katta uluşi, yani 22,3 milliard dollari şunçaki sarflangan öq-dorilarga ketgan bölsa, yana 3,7 milliard dollari yöqotilgan harbiy texnikalarni taşkil etadi. Pentagon rahbarining xaridlar va taminot böyiça örinbosari boşqarmasi operatsiyadagi bunday ulkan sarf-xarajat “amaldagi zahiralarda jiddiy tirqişlar paydo qilgani va harbiy-sanoat majmuasining qançalik zaif ekanini foş etgani”ni malum qilgan. Vaşington mudofaa korxonalari quvvatini oşiriş va zaruriy komponentlarni jamlaşga urinmoqda, ammo soha mutasaddilarining takidlaşiça, işlab çiqariş tizimini önglab oliş uçun “sezilarli vaqt” kerak böladi. Qattiq yonilğili raketa dvigatellari, portlovçi moddalar va porox işlab çiqariş, şuningdek, malakali kadrlar yetişmovçiligi asosiy muammo bölib qolmoqda.

AQŞ mamuriyatining içki qarama-qarşiliklari ham etibordan çetda qolgani yöq. Prezident Donald Tramp va Pentagon rahbari Pit Xegset şu vaqtgaça qurol-yaroğ tanqisligi haqidagi xabarlarni bot-bot rad etib, armiyada jangovar harakatlarni davom ettiriş uçun barça resurslar yetarli deb takidlab kelişayotgan edi. Biroq, amalda Oq uy 24 iyun kuniyoq Kongressga 87,6 milliard dollar miqdoridagi şoşilinç qöşimça moliyalaştiriş sörovini yuborib bölgan. Uşbu mablağning 67,1 milliard dollari aynan Mudofaa tizimiga – zahiralarni töldiriş va Erondagi operatsiya xarajatlarini yopiş uçun yönaltirilişi közda tutilgan.

Ammo qurollar va öq-dorilar böyiça muammoga duç kelayotgan AQŞ Vaşington Isroilga qiymati 2,8 milliard dollarga teng harbiy töplamni sotişni rejalaştirmoqda. “Reuters” va The Waşington Post naşrlarining malum qilişiça, uşbu bitim doirasida Isroilga öta vayronkor kuçga ega bölgan 20 mingta MK 84 va 20 mingta oğirligi salkam 900 kg bölgan BLU-117 bombalari yetkazib beriladi. AQŞ içidagi siyosiy kayfiyat esa uşbu qarorlarga hamohang emas. Quinnipiac University sörovnomalariga köra, amerikalik saylovçilarning 48 foizi hamda demokratlarning 66 foizi Vaşington Tel-Avivni “haddan taşqari köp qöllab-quvvatlamoqda” deb hisoblaydi. Taqqoslaş uçun, 2017 yilda uşbu körsatkiç bor-yöği 16 va 20 foizni taşkil etgan edi. Avvalroq, Ğazo soğliqni saqlaş idoralari Isroil amaliyotlari oqibatida 73 mingdan ortiq falastinlik halok bölganini bildirgan edi. BMT tergov komissiyasi buni genotsid deb baholayotgan bir paytda, Isroil rasmiylari yana dahşatli qirğinga sabab böla oladigan qurollarni sotib olişi xavotirlarga sabab bölişi aniq. Rasmiy Tel-Aviv öz harakatlarini 2023 yilning oktyabrida HAMAS hujumida 1 200 kişi öldirilib, 250 dan ortiq odam garovga olingani sababli “özini himoya qiliş” deb izohlamoqda.

Tramp Zelenskiyga dakki berdi

Rossiya – Ukraina mojarosida ham energetika atrofidagi öyinlar yangi bosqiçga kötarildi. 13 sentyabr kuni Irlandiyadagi Iriş Open golf turnirida jurnalistlar bilan suhbatlaşgan Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yonilğisi infratuzilmasiga zarba berişni töxtatişga çaqirdi.

“Janob Zelenskiy bitta işni qilişi kerak: u Rossiyadagi dizel yonilğisini işlab çiqariş obektlarini yöq qilişni töxtatişi kerak. Boşqa nişonlar yetarli. Dizel yonilğisiga zarba bermang. Bu butun dunyoga zarar yetkazmoqda”, deydi Tramp.

U hatto global yonilği tanqisligida Yaqin Şarqni emas, aynan uşbu uruşni ayblaşga urindi.

“Bu taqçillikni Yaqin Şarq keltirib çiqarmayapti, bunga Rossiya va Ukraina örtasida sodir bölayotgan voqealar sabab bölmoqda”, degan Tramp.

Moskva esa Vaşingtonning bu çaqiriğini jon-jon deb qabul qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu munosabatni olqişlab, Ukraina Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujum qiliş orqali Moskva uçun mamlakatning Ukrainaga bosqinini davom ettiriş xarajatlarini oşirişga harakat qilayotganini bildirdi.

“Kiyev rejimini fuqarolik iqtisodiy infratuzilmasiga hujumlarni töxtatişga qaratilgan har qanday çaqiriqni faqat olqişlaş mumkin”, degan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan kundalik selektor yiğilişida.

Negaligini bilasiz. Ukraina dronlarining sönggi zarbalari Rossiyada içki yonilği inqirozini keltirib çiqarganini köp aytdik. Taqçillik, AYoQŞlardagi uzun navbatlar esa tabiiyki, joriy yilning 18–20 sentyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan parlament saylovlari arafasida Kreml uçun öta noqulay vaziyat yaratadi.

Ketma-ket bayonotlar ortidan, 14 sentyabr kuni Tramp özining Truth Social tarmoğida Rossiya va Ukraina bir-birining energetika obektlariga zarba berişni töxtatişga rozi bölganini elon qildi.

“Ukraina Rossiyaning energetika obektlariga zarba bermaslikka rozi böldi. Rossiya ham xuddi şunday qilişga rozi böldi! Dunyoda dizel yonilğisi narxining oşişiga Eron emas, asosan Rossiya – Ukraina uruşi sabab bölmoqda”, deb yozdi u.

Biroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram orqali javob berib, agar hamkorlar Rossiyaning Ukraina elektr va oziq-ovqat tizimlariga tegmaslik borasidagi kafolatini taminlay olsagina Kiyev bunday çeklovga tayyorligini bildirdi.

“Ukraina Rossiyaning biror kelişuviga işonmaydi. Ular öz “saylovlarini” ötkazib, yonilği bosimini pasaytirib olgaç, bu kelişuv barbod bölmasligi kerak”, deydi Zelenskiy.

Financial Times naşri manbalarining takidlaşiça, Vladimir Putin ham qiş oldidan bunday sulhga erişişni xohlamaydi, çunki u qişda, sovuq kunlarda energetikaga beriladigan zarbalarni Kiyevni taslim qilişning asosiy dastagi deb biladi.

Siyosiy çiqişlar, bitim haqidagi yangi gaplar davom etayotgan paytda ham, janggohda amaliy harakatlar töxtagani yöq. 15 sentyabrga ötar keçasi Ukraina kuçlari Taganrog va Samara viloyatlariga raketalar hamda dronlar bilan hujum uyuştirdi. Beriyev nomidagi aviatsiya majmuasi hamda Ozon marketpleysi omboriga zarar yetgan. Samara viloyatida esa “Rosneft”ga qaraşli “Sizran” neftni qayta işlaş zavodi nişonga olindi. Öz navbatida, Rossiya harbiylari Dnepr-Bug bandargohi orqali Ukrainaning Qora dengizga çiqiş yölini amalda butunlay tösib qöydi.

“Xerson va Nikolayev portlarining Qora dengizga çiqişi töliq nazoratga olingan, kemalar qatnovi deyarli töxtadi”, deydi Xerson viloyatining rossiyalik gubernatori Vladimir Saldo.

Bu esa Ukrainaning qişloq xöjaligi eksportiga, xususan, don yetkazib beriş zanjiriga oğir zarba böldi.

Jurnalist ayol Rossiya josuslik tizimini foş qildi

Yevropada parda ortidagi “sovuq uruş” avj olmoqda. Germaniyaning RTL telekanali ötkazgan bir yillik jurnalistik suriştiruv Rossiya maxsus xizmatlarining Yevropadagi ayğoqçilik tarmoği qanday işlaşini foş etdi. Jurnalist Anjelike Geray ijtimoiy tarmoqlarda "Katya" ismli rossiyaparast bloger qiyofasiga kirgan. U bir neça oy davomida ijtimoiy tarmoqlarda Vladimir Putin maqtalgan videolarni joylaştirgan, Rossiya va sobiq sovet davlatlarida maşhur bölgan oq-kök yöl-yöl mayka, odatda dengizçilar va harbiylar kiyadigan kiyimda suratga tuşgan va Germaniya parlamenti binosi atrofida Rossiya bayroği bilan yurgan. Köp ötmay, uning akkauntiga Rossiya manfaatlari yölida işlaşi mumkin bölgan şaxslar qiziqiş bildirgan. Suriştiruv davomida malum bölişiça, agentlarga dastlab bitkoin evaziga oddiy suratga oliş, SIM-karta sotib oliş kabi topşiriqlar berilgan, keyinçalik esa inson huquqlari taşkilotlari, Germaniyadagi Xristian-demokratik ittifoqi xodimlari va harbiy korxonalar haqida malumot yiğişni talab qilgan.

Muloqotlar davomida “Sahra Vagenknext ittifoqi” azosi Yovitsa Yoviç kabi faollarning ham izi köringan. Yoviç “Katya” bilan uçraşib, özining rossiyaparast faoliyati haqida gapirgan. Suhbat davomida u Rossiya maxsus xizmatlari bu faoliyatga aloqador bölişi mumkinligiga işora qilgan. Biroq keyinçalik jurnalist özining asl şaxsini oşkor qilib, u bilan oçiq suhbatlaşganida Yoviç Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqasi borligini va dezinformatsiya kampaniyasida iştirok etganini rad etgan.

Ayğoqçilik tarmoğini foş etgan jurnalistning şaxsi oçiqlangaç, uning poçtasiga “Qoçişga urinsang, öq yeysan” mazmunidagi ölim tahdidlari kelib tuşgan.

Yevropa parlamenti – bu poraxörlar uyasi

Ozarbayjon va Yevropa tuzilmalari örtasida sönggi yillarda yiğilib qolgan ziddiyat navbatdagi eng yuqori nuqtasiga kötarildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 15 sentyabr kuni Bakuda ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotiga azo mamlakatlar Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengaşining VII yiğilişi hamda Yahyo Bakuviy nomidagi Birinçi xalqaro konferentsiya iştirokçilarini qabul qiliş marosimida Yevropa parlamentini keskin tanqid ostiga oldi. Ozarbayjon yetakçisi öz nutqida parlamentni “poraxörlar uyasi” deb atadi hamda ularni ikkiyuzlamaçilik, qöşaloq standartlar va oçiqdan-oçiq islomofobiyada aybladi.

“Evropa parlamenti – bu poraxörlar uyasi. Men buni töliq masuliyat bilan aytyapman”, deydi Ilhom Aliyev.

Ozarbayjon Prezidenti Yevropaning demokratiya va qonun ustuvorligi haqidagi iddaolari çöpçak ekanini isbotlaş uçun 2022 yil dekabr oyida şov-şuvlarga sabab bölgan “Katargeyt” korruptsion mojarosini yodga oldi. Öşanda Belgiya huquq-tartibot idoralari Yevroparlament sobiq vitse-prezidenti, gretsiyalik deputat Yeva Kayli, uning otasi va şerigini hibsga olgan, tintuvlar çoğida çemodan va sumkalarga joylangan 1,5 million yevrodan ortiq naqd pul musodara qilingan edi.

Tergov versiyasiga köra, bu mablağlar Fors körfazi davlatlari manfaatlarini ilgari suriş uçun berilgan pora bölgan. Aliyev uşbu holatga etibor qaratib, Ğarb sud tizimining bunday yirik jinoyatga nisbatan körsatayotgan passivligini piçing bilan tilga oldi.

“Uning vitse-prezidenti uyidan çemodanlarda millionlab dollar olib çiqildi, ular buning hammasini yaşirdi. Uning ismi malum, u gretsiyalik ayol deputat. U hibsga olinganidan beri neça yil ötdi? Unga nisbatan biror çora körildimi? Yöq! Javobgarlikka tortildimi? Yöq! Uni ozod qilişdi”, deya takidladi Baku rahbari.

Baku va Strasburg örtasidagi geosiyosiy ziddiyat ildizlari ança çuqurga taqaladi. Aliyev Yevroparlament va Yevropa Kengaşining Qoraboğ mojarosiga tutgan mavqeini tahlil qilar ekan, Ğarbning adolatsiz yondaşuvini faktlar bilan körsatib berdi. Armaniston Ozarbayjon hududlarining 20 foizini öttiz yil davomida bosib olgani, uşbu hududlardan ozarbayjonliklar siqib çiqarilgani, yuzlab şahar va qişloqlar yer bilan bitta qilinganiga qaramay, Yevropa kengaşining biror marta Yerevanga nisbatan sanktsiya qöllamaganini eslatdi.

“Armaniston boşqa davlat hududining 20 foizini egallab oldi, u yerdan 700 ming kişini siqib çiqardi, Armanistondan 250 ming ozarbayjonlikni haydab yubordi, barça şaharlarni vayron qildi. Nega siz unga qarşi sanktsiyalar kiritmaysiz? Demak, bu ikkiyuzlamaçilik standartlaridir”, deydi Prezident.

Ozarbayjon 2023 yil sentyabr oyida ötkazilgan bir kunlik anti-terror amaliyoti natijasida Toğli Qoraboğ ustidan özining suverenitetini töliq tiklagaç, Yevropa Kengaşi atigi tört oy ötib – 2024 yilning yanvarida Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasida Ozarbayjon delegatsiyasining vakolatlarini tasdiqlaşdan boş tortgan edi. Bunga “inson huquqlari va majburiyatlar bajarilmagani” bahona qilingan edi.

“Qarang, bu ularning asl başarasi”, deydi Ilhom Aliyev. Bunga javoban Baku 2024 yil yanvarida Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi bilan hamkorlikni vaqtinça töxtatdi, 2024 yil avgust oyida esa Ozarbayjon delegatsiyasiga qarşi ovoz bergan 76 nafar Yevropa deputatining mamlakatga kirişini taqiqladi.

Ozarbayjon rahbari öz nutqida Yevropa institutlaridagi tizimli islomofobiya masalasiga ham alohida töxtalib ötdi. Uning fikriça, Yevropadagi bazi doiralar musulmon dunyosiga nisbatan xolis pozitsiyada emas.

“Dinimiz va islom dunyosiga qarşi elon qilinmagan uruş olib borilmoqda. Islomofobiya esa uning kiçik bir qismi xolos”, deya takidladi Aliyev.

U şuningdek, turkiy va islom dunyosi bunday siyosiy hamda manaviy bosimlarga faqat özaro birdamlik va jipslik orqaligina munosib javob bera olişini, Kavkaz hamda turkiy el birga bölsa, heç qanday taşqi kuç ularni sindira olmasligini uqtirib ötdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: