Germaniyalik jurnalist Rossiya josuslariga tuzoq qöydi
Germaniyalik jurnalist Rossiya maxsus xizmatlari qanday odamlarni yollaşini örganiş uçun ijtimoiy tarmoqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin tarafdori bölib körindi va “Katya” nomi bilan soxta akkaunt oçib, Rossiya agentlari bilan aloqa örnatdi. Bu haqda Germaniyaning RTL telekanali ötkazgan bir yillik maxfiy jurnalistik tekşiruvda malum bölgan.
Jurnalist Anjelike Geray bir neça oy davomida “Katya” ismli rossiyaparast bloger obrazini yaratgan. U ijtimoiy tarmoqlarda Vladimir Putin maqtalgan videolar joylaştirgan, Rossiya va sobiq sovet davlatlarida maşhur bölgan oq-kök yöl-yöl mayka (odatda dengizçilar va harbiylar kiyadigan kiyim) kiyib suratga tuşgan va Germaniya parlamenti binosi atrofida Rossiya bayroği bilan yurgan.
Köp ötmay, uning akkauntiga Rossiya manfaatlari yölida işlaşi mumkin bölgan şaxslar qiziqiş bildirgan. ”Katya”ga turli topşiriqlar taklif qilingan va buning uçun bitkoin orqali pul tölaş vada qilingan.
Tekşiruv davomida jurnalistlar bunday yollangan şaxslarga dastlab oddiy vazifalar berilişini aniqlagan. Masalan, ulardan suratga oliş, paket olib ketiş yoki SIM-karta oliş söralgan. Keyinçalik esa topşiriqlar jiddiylaşib, boşqa odamlarni kuzatiş va malumot töplaşgaça yetgan.
Jurnalistlar özlariga ham inson huquqlari taşkilotini kuzatiş, Germaniyadagi Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) xodimi haqida malumot yiğiş, siyosiy partiyaga kirib boriş va Germaniya qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi kompaniyalari haqida malumot töplaş kabi topşiriqlar berilganini malum qilgan.
“Katya”ning akkaunti Germaniyadagi rossiyaparast faollardan biri Jovitsa Yoviçning ham etiborini tortgan. U “Sahra Vagenknext ittifoqi” (BSW) azosi bölib, TikTok’da qariyb 35 ming obunaçiga ega.
Yoviç “Katya” bilan uçraşib, özining rossiyaparast faoliyati haqida gapirgan. Suhbat davomida u Rossiya maxsus xizmatlari bu faoliyatga aloqador bölişi mumkinligiga işora qilgan. Biroq keyinçalik jurnalist özining asl şaxsini oşkor qilib, u bilan oçiq suhbatlaşganida Yoviç Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqasi borligini va dezinformatsiya kampaniyasida iştirok etganini rad etgan.
RTL jurnalistlari, şuningdek, Germaniyada Rossiya bilan boğliq bölişi mumkin bölgan sabotaj va josuslik holatlarini ham örgangan. Jumladan, Leyptsig/Galle aeroportida Ukraina yuk samolyotlariga qarşi uyuştirilişi rejalaştirilgan sabotaj ham tekşiruv doirasida örganilgan.
Tekşiruv yakunida jurnalist Anjelike Gerayning “Katya” sifatidagi şaxsi foş bölgan. Şundan söng unga ovozli xabar orqali ölim bilan tahdid qilingan.
“Qoçişga urinsang, öq yeysan”, degan mazmundagi tahdid jurnalistning ovozli poçtasiga yuborilgan.
RTL telekanali jurnalistlar xavfsizligini taminlaş uçun maxsus çoralar körilganini bildirgan.