Rossiya «qonunga itoatkor» işçi kuçiga muhtoj – Putin
Rossiya «qonunga itoatkor» işçi kuçiga muhtoj – Putin Rossiyaga işçi kuçi kerak, şu bilan birga, mamlakat uning «kerakli» bölişidan va çet eldan kelganlar qonunlarga rioya qilişidan manfaatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Duşanba şahrida jurnalistlarga malum qildi.
«Rossiya işçi kuçiga qiziqiş bildirmoqda, ammo u bizning ehtiyojlarimizga mos kelişi muhim. Bundan taşqari, odamlar insoniy şaroitda yaşaşi va qonun-qoidalarimizga rioya qilişi kerak. Men har doim ular qonunga itoatkor bölişi kerakligini aytaman», dedi u.
Putin, şuningdek, bu sohada muammolar borligini takidladi.
«Muammolar köp va Rossiya fuqarolari ularga işora qilmoqda. Avvalo, vatandoşlarimiz haqida öylaşimiz kerak», deb qöşimça qildi Rossiya prezidenti.
9 oktyabr kuni Imomali Rahmon bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida sözga çiqqan Rossiya yetakçisi Rossiyada bir milliondan ortiq Tojikiston fuqarosi yaşayotgani va mehnat qilayotganini takidladi.
«Ular turli sohalarda, ayniqsa, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, transport, logistika kabi jadal rivojlanayotgan tarmoqlarda band bölib, Rossiya iqtisodiyotining ösişiga salmoqli hissa qöşmoqda», dedi Rossiya rahbari.
U Rossiya hukumati Tojikiston fuqarolariga Rossiya hududida munosib mehnat şaroitlarini taminlaşga intilayotganini takidladi.