Doniyor Turğunov 2 yildan ortiqroq vaqtga qamaldi
BMW bilan yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan Doniyor Turğunov 2 yildan ortiqroq vaqtga qamaldi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 18 sentyabr kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismining “d” bandi böyiça (jabrlanuvçining vafotiga sabab bölgan darajada qasddan bandanga oğir şikast yetkaziş) Doniyor Turğunovga (2010 yilda tuğilgan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi) nisbatan yuritilgan jinoyat işi yuzasidan yopiq sud majlisi nihoyasiga yetgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvçi Jinoyat kodeksining qayd etilgan moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybdor deb topilib, unga nisbatan (JKning 85-moddasi tartibida) 2 (ikki) yil 4 (tört) oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Hukmga köra, jazoni ötaş muddati sudlanuvçiga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan 2026 yilning 27 fevral kundan boşlab hisoblanadi.
Yakunda raislik etuvçi tomonidan taraflarga hukm mazmuni, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va manaviy zararlarni undiriş masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqi hamda sud hukmiga nisbatan şikoyat qiliş muddati va tartiblari tuşuntirilgan.
Özi nima bölgan edi?
Joriy yilning 25 fevral kuni Toşkent şahrida soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.
Keyinroq, 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organi xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinişi belgilandi.
Joriy yilning mart oyida boşida inspektorni urib ketgan ösmir Doniyor Turğunov qamoqqa olingani malum böldi. Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgani xabar qilindi.