BMW’da YPX inspektorini urib yuborgan öquvçi qamoqqa olindi
2-03-2026, 19:44
469 марта

BMW’da YPX inspektorini urib yuborgan öquvçi qamoqqa olindi
Yöl-patrul xizmati inspektori ölimida gumon qilinayotgan Doniyor Turğunov qamoqqa olindi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.2026 yil 25 fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov avtomaşinada yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborganligi holati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgan.
Sudning 28 fevral kungi ajrimi bilan gumonlanuvçi Turğunovga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.