USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

BMW’da YPX inspektorini urib yuborgan ösmirning sudi boşlandi

269 марта
BMW’да ЙПХ инспекторини уриб юборган ўсмирнинг суди бошланди

Joriy yilning fevral oyida Toşkent şahrida 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW bilan yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan edi. Hodisa böyiça Doniyor Turğunov ustidan sud jarayoni boşlangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov malum qildi.

Uning bildirişiça, iş voyaga yetmagan şaxs iştirokida bölgani uçun sud jarayoni yopiq tarzda ötmoqda. Dastlabki sud majlisi Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida joriy yilning 26 iyun kuni bölib ötgan.

Iş sudga Jinoyat kodeksining 104-moddasi uçinçi qismi “d” bandi (odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan taqdim etilgan.

Özi nima bölgan edi?

Joriy yilning 25 fevral kuni Toşkent şahrida soat 21:46 da 2010 yilda tuğilgan voyaga yetmagan, xususiy maktabning 10-sinf öquvçisi Doniyor Turğunov BMW M4 rusumli avtomaşinani haydovçilik guvohnomasiz boşqarib, Mirobod tumani Mirobod köçasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yöl-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.

Keyinroq, 3 kun davomida şifokorlar nazoratida bölgan içki işlar organi xodimi körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Uşbu xodimning oila azolari davlat muhofazasiga olinişi belgilandi.

Joriy yilning mart oyida boşida inspektorni urib ketgan ösmir Doniyor Turğunov qamoqqa olingani malum böldi. Jinoyat işi doirasida Turğunov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qoçiş) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida jalb etilgani xabar qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: