USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farğonada 37 kişi fast-fuddan zaharlandi

68 марта
Фарғонада 37 киши фаст-фуддан заҳарланди

Farğona viloyatining Uçköprik tumanida ovqatdan zaharlanişda gumon qilingan fuqarolar şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 17-18 sentyabr kunlari Farğona viloyatining Uçköprik tumanida istiqomat qiluvçi fuqarolar holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik suriştiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uçköprik tumani Navrözşoh köçasida joylaşgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan şoxobçalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni istemol qilgani aniqlangan.

Şifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlaniş holatiga gumon qilingan. Bugun, 18 sentyabr kuni soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Hozirda bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam körsatilmoqda.

Holat yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda. Gumondagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekşiruv ötkaziş uçun tegişli namunalar olingan va tegişli laboratoriyalarda tekşirilmoqda.

Tadbirkorlik subektining faoliyati qonunçilikda belgilangan tartibda vaqtinçalik töxtatilgan. Holat böyiça qöşimça axborot taqdim etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: