USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞga işonç yöqoldi. Yevropa oltinlarini qaytarib olmoqda

121 марта
АҚШга ишонч йўқолди. Европа олтинларини қайтариб олмоқда

Oltin şunçaki qimmatbaho metall emas. U davlatlar uçun eng oğir inqiroz kunlarida ham qiymatini saqlab qoladigan moliyaviy “suğurta” hisoblanadi. Şu sababli markaziy banklar öz oltinlarini qayerda saqlaş masalasiga oddiy logistika muammosi sifatida qaramaydi. Zaxiralar saqlanadigan joy xavfsiz, tezkor sotuvlarga qulay bölişi lozim.

Turli faktorlardan kelib çiqib Nyu-York mana şunday oltin zaxiralari saqlanadigan muhim şaharlardan biriga aylangan edi. Ammo sönggi paytlarda Yevropa davlatlari öz oltinlarini AQŞdan olib çiqib ketmoqda.

Niderlandiya 10 milliard dollardan ortiq oltin zaxirasini Şimoliy Amerikadan Buyuk Britaniyaga köçirdi. Frantsiya esa Nyu-York Federal zaxira bankida saqlangan 129 tonna oltinni mamlakatga qaytardi. Bu davlatlarning oltinni şunçaki boşqa seyfga solib qöyayotgani ortida jiddiy signal bor. Uzoq vaqtdan beri Yevropaning işonçli hamkori bölgan AQŞ bugun prognoz qilib bölmaydigan qarorlarni qabul qilmoqda. Trampning kayfiyati ob-havodan ham tez özgarib qolişi va köngli tusagan farmonni elon qilişi mumkinligi eski döstlarni çöçitmoqda.

Xöş, dunyoning eng yirik moliyaviy markazlaridan biri bölgan AQŞ nega oltin uçun avvalgidek qulay manzil bölmay qoldi? Nega Amerikadan oltinlar olib çiqib ketilmoqda?

AQŞga oltinlar qanday kelib qolgan?

Bugun Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankining omborida turli mamlakatlarning oltinlari saqlanadi. Manxettenda, dengiz sathidan taxminan 15 metr çuqurlikda dunyodagi 36 ta davlat va xalqaro taşkilotlarning oltin zaxiralari mavjud. Federal zaxira banki maxfiylik siyosatiga köra, qaysi davlatning qança oltini borligi oşkor qilinmaydi. Ammo taxminiy malumotlarga köra, yer osti seyflarida 5 000 dan 6 200 tonnagaça tilla borligi aytiladi va ularning 95 foizdan ortiği AQŞga emas, xorijiy davlatlar, markaziy banklar va xalqaro taşkilotlarga tegişli.

Xöş, şunça oltin AQŞga qanday kelib qolgan? Nega davlatlar özlarining qimmatbaho resurslarini aynan AQŞda saqlamoqda? Bu savollarga javobni tarix qaridan qidiriş kerak.

Hikoya aslida Birinçi jahon uruşi davridan boşlanadi. Uruşgaça bölgan davrda dunyoning moliyaviy markazi London hisoblanardi. Ammo uruş Yevropani manaman degan davlatlarini ham, jumladan Buyuk Britaniyani ham qiynab qöydi.

Uzoq davom etgan uruş Buyuk Britaniya, Frantsiya, Rossiya kabi davlatlarni misli körilmagan miqdorda resurslarga muhtoj qilib qöydi. Öşa paytda AQŞ betaraf mamlakat sifatida dunyoning eng yirik sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvçisiga aylanib olgan edi. Antanta davlatlari AQŞdan ulkan hajmdagi qurol-yaroğ, öq-dorilar, pölat, neft va oziq–ovqat sotib olişni boşladi. Sotuvlar esa oltin evaziga qilingan. Natijada juda katta miqdorda oltin Atlantika böylab boşqa qitaga köçirildi.

Uruş Yevropaning ham qaraşlarini özgartirdi. Qita töliq uruş girdobiga tortilgan, Yevropa poytaxtlarida saqlanayotgan oltinlar esa kutilmaganda duşman qöliga ötib ketişi mumkin edi. AQŞ esa uruş maydonidan minglab kilometr uzoqlikda, ikkita okean bilan himoyalangan xavfsiz va tinç hudud edi. Davlatlar öz aktivlarini boy berişdan köra, boşqa davlat hududida bölsa-da saqlaşni tanladi.

Ikkinçi jahon uruşi esa bu jarayonni keskin tezlaştirdi. AQŞdan tezkor qurol-yaroğ xarid qiliş uçun oltinlarni okean orqali taşib yuriş xavfsizlik jihatidan ham, logistika jihatidan ham töğri kelmasdi. Şu sababli bir yöla oltinlarni AQŞda saqlaş har tomonlama qulay edi.

1944 yilda esa Bretton-Vuds tizimi işga tuşdi. Dunyo yagona oltin standartini qabul qildi. Dollar oltin bilan boğlandi: xorijiy markaziy banklar öz dollarlarini AQŞ hukumatidan belgilangan narxda – bir troya untsiyasi uçun 35 dollardan – oltinga almaştira olardi.

Şu bilan AQŞ nafaqat dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga, balki xalqaro moliya tizimining markaziga ham aylandi.

Xorijiy davlatlar uçun oltinni Nyu-Yorkda saqlaşning yana bir katta afzalligi bor edi: uni har safar jismonan taşiş şart emas edi. Markaziy banklar özaro hisob-kitoblarni Nyu-Yorkdagi oltin hisobvaraqlari orqali amalga oşirişi mumkin edi. Yani oltin bir mamlakatdan boşqasiga kema bilan yuborilmasdan, hisob-kitoblar orqali “egasini” almaştirişi mumkin edi. Natijada Nyu-York Federal zaxira bankining ombori tobora yirik xalqaro oltin markaziga aylandi.

1973 yilga kelib, ombordagi oltin miqdori 12 ming tonnadan oşdi. Bu AQŞ dollarining xalqaro tizimdagi ulkan mavqeini ham körsatardi. Ammo aynan şu davrda tizimning özi yemirilib borayotgan edi.

1971 yilda Prezident Riçard Nikson çet el markaziy banklari uçun dollarni oltinga almaştirişni töxtatdi. Bu voqea tarixda “Nikson şoki” nomi bilan qoldi. Bu qaror Bretton–Vuds tizimining amaldagi tugaşini boşlab berdi.

1971 yil noyabrda Rimdagi “Palazzo della Civiltà del Lavoro” saroyida bölib ötgan majlisda xorijiy moliya vazirlari Jon Konnalliga AQŞning bu harakatlari butun dunyo iqtisodiyotiga zarba berayotganidan şikoyat qiladi. Şunda AQŞ Moliya vaziri Jon Konnalli yiğilgan Yevropa va Yaponiya vakillariga yuzlanib, özining tarixdan joy olgan maşhur javobini beradi: “Dollar – bu bizning valyutamiz, lekin u sizning muammoingiz”.

Qiziği şundaki, oltin va dollar örtasidagi rasmiy boğliqlik uzilganidan keyin ham xorijiy davlatlarning oltinlari Nyu-Yorkda qolaverdi. Çunki, endi uning vazifasi faqat dollarni taminlaş emas, balki xavfsiz saqlaş va xalqaro moliyaviy operatsiyalar uçun qulaylik yaratişdan iborat edi.

Bugungi kunda ham Nyu-York Federal zahira banki (Fed) oltinni AQŞning öz mulki sifatida emas, balki xorijiy hukumatlar, markaziy banklar va xalqaro taşkilotlar nomidan kastodian, yani saqlovçi sifatida uşlab turadi. Fed’ning özi ham ombordagi oltinning egasi emasligini takidlaydi.

Ammo nega endi Yevropa davlatlari öz oltinlarini AQŞ hududidan olib çiqib ketmoqda? Xöş, nega?

“Oltinlarimizni qaytaring!”

Sönggi paytlarda Yevropaning ayrim davlatlari oltin zaxiralarini AQŞ va Kanadadagi omborlardan olib çiqib, ularni Yevropaga yaqinroq hududlarga köçira boşladi. Eng sönggi va etiborni tortgan qadamni Niderlandiya taşladi. Mamlakat markaziy banki 2026 yil mart oyidan avgust oyigaça Şimoliy Amerikada saqlangan qariyb 86 tonna oltinni Londonga köçirdi. Bu Niderlandiyaning jami 612,4 tonnali oltin zaxirasining qariyb 14 foiziga teng.

Malumotlarga köra, Niderlandiya 59 tonna oltinni Nyu-Yorkda sotib, uning örniga xuddi şunça oltinni Londonda xarid qilgan. Yana 27 tonnadan ortiq oltin esa jismonan Şimoliy Amerikadan Niderlandiyaga olib kelingan, keyin esa taxminan şunga yaqin miqdordagi oltin Niderlandiyadan Londonga köçirilgan. Yani operatsiyaning katta qismi xalqaro oltin bozori orqali amalga oşirilgan.

Niderlandiya bu qarorni yaşirmadi. Markaziy bank oltinni köçiriş orqali uni “oğir inqirozlar yuz berganda foydalanişga yaxşiroq tayyorlaş” va zaxiralarning savdoga yaroqliligini oşirişni maqsad qilganini bildirdi. Mamlakat markaziy banki rahbari Olaf Sleypen ham buni inqirozlarga qarşi harakat sifatida baholadi.

“Biz ulardan heç qaçon foydalanişimiz şart bölmaydi deb öylaymiz, ammo biz bardoşliligimiz va tayyorgarligimizni kuçaytirişimiz kerak”, dedi Gollandiya markaziy banki raisi Olaf Sleypen.

Bu yerda “nega aynan London?” degan savol tuğiladi. Agar maqsad AQŞdan uzoqlaşiş bölsa, nega oltin Niderlandiyaning öziga emas, yana bir xorijiy davlat – Buyuk Britaniyaga yuborildi?

Niderlandiya yuzaga kelişi mumkin bölgan inqirozdan xavotirda bölgan yagona davlat emas. Undan oldin Frantsiya ham Nyu-Yorkdagi oltin zaxirasining qolgan qismini Yevropaga köçirdi.

Frantsiya Markaziy banki 2025 yil iyul oyidan 2026 yil yanvar oyigaça Nyu-Yorkda saqlangan 129 tonna oltinni sotdi. Bu Frantsiyaning jami 2 437 tonnali oltin zaxirasining taxminan 5 foizini taşkil qilardi. Ammo Frantsiya bu oltinni şunçaki “Amerikadan olib çiqib ketmadi”. Mamlakatning özi bunga Nyu-Yorkda saqlangan uşbu quymalar zamonaviy “London Bullion Market Association” standartidagi 99,99 foizlik talabga javob bermaganini sabab qilib körsatdi. Mamlakat ularni AQŞda sotib, örniga Yevropada yangi, standartlarga mos oltin sotib olişni maqul kördi.

Qiziği, bu operatsiya Frantsiyaga juda katta foyda ham keltirdi. “Banque de France” malumotiga köra, Nyu-Yorkdagi 129 tonna oltinni sotişdan 2025 yilda 11 milliard yevrolik bir martalik kapital daromadi olingan. Şu bilan birga, Frantsiyaning jami oltin zaxirasi kamaymadi – 2 437 tonnali holiça qoldi.

Ammo xalqaro tahlilçilar kelgusida jahon moliya bozorini katta silkinişlar kutayotganini prognoz qilmoqda. Jahon oltin kengaşining katta bozor strategi Jozef Kavatoni intervyularidan birida uruşlar va savdo keskinliklari Yevropaning AQŞga işonçsizlik bildirişiga sabab bölayotganini aytdi.

“Men yaqinlaşayotgan halokat borligini his qilmayapman... Lekin menimça, odamlar özlarining zaxira aktivlarini qanday boşqariş, ularni köpaytiriş va aslida uşbu aktivlardan qanday qilib maksimal darajada foydalaniş haqida samaraliroq öylaş borasida yaxşiroq malumotga ega bölmoqdalar”, deydi u.

Haqiqatdan ham, AQŞ Prezidenti Donald Trampning sönggi vaqtlarda qabul qilayotgan qarorlari mamlakatlarni çöçitmoqda. Oq uy rahbari hukumatlarni öz irodasiga böysundiriş uçun nimalar qilişi mumkinligini tasavvur qiliş qiyin. Kanada va AQŞ 2025 yildan beri savdo uruşida, AQŞ – Isroil örtasidagi Eron uruşi ham davom etmoqda. Töliq kuç va bosimga asoslangan Tramp siyosati bugun AQŞga bölgan işonçni susaytirmoqda.

Yevropa davlatlari Oq uy bilan biror mavzu­da ziddiyatga kelsa, zaxiralarga kiriş imkoniyati yöqolişidan xavotirda. Markaziy bank uçun oltinning mavjudligi yetarli emas. Zaruriyat tuğilganda undan foydalaniş ham kerak. Agar oltin boşqa davlat hududida joylaşgan bölsa, ekstremal siyosiy yoki iqtisodiy vaziyatda unga kiriş imkoniyati qanday bölişi masalasi paydo böladi. Niderlandiya aynan şuning uçun oltinni geografik jihatdan diversifikatsiya qilmoqda.

Ikkinçi omil – geosiyosiy keskinlik. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan keyin AQŞ va uning ittifoqçilari Rossiya markaziy bankining qariyb 300 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qöydi. Bu voqea xalqaro zaxiralarni xorijda saqlaş bilan boğliq boşqa bir savolni kun tartibiga olib çiqdi: davlatning çet elda saqlanayotgan aktivlari siyosiy qarorlar tasiridan qançalik himoyalangan? Niderlandiyaning oltinini köçirişiga aynan Rossiya aktivlarining muzlatilişi sabab böldi, deb aytiş uçun rasmiy dalil yöq. Ammo bunday voqealar markaziy banklarning risklarni qayta baholaşiga tasir qilişi mumkin.

Uçinçi omil – oltinning özi yana markaziy banklar uçun tobora muhim aktivga aylanmoqda. Jahon oltin kengaşi malumotlariga köra, markaziy banklar 2026 yilning birinçi çoragida sof hisobda 244 tonna oltin xarid qilgan. Iyul oyining özida esa markaziy banklarning sof xaridi 23 tonnani taşkil etdi. Yani dunyo markaziy banklari oltindan voz keçmayapti, aksinça, uni zaxira portfelidagi muhim aktiv sifatida saqlab qolmoqda.

“Geosiyosiy va iqtisodiy noaniqlikning kuçayişi, oltinning strategik zaxira aktivi sifatidagi rolining ortib borişi bilan birga, bu tendentsiyaga hissa qöşayotganga öxşaydi”, dedi “Brink's Global Services” kompaniyasining ijroçi vitse-prezidenti Nader Antar.

Buni Germaniya misolida ham köriş mumkin. Bundesbank 2013–2017 yillarda katta miqdordagi oltinini xorijdan Frankfurtga qaytardi. Şu davrda Nyu-Yorkdan 300 tonna, Parijdan esa 374 tonna oltin Germaniyaga köçirildi. Natijada mamlakat oltin zaxirasining yarmidan köpi Germaniyaning özida saqlana boşlandi.

Bundan taşqari, AQŞ va Yevropa örtasida ham aloqalar yaxşi emas. Eron, Xitoy yoki Grenlandiya masalalarida Vaşington va alyans örtasida qaraşlari keskin farq qilmoqda. Frantsiya Isroil samolyotlariga öz havo hududi orqali qurol uçirilişini taqiqlagani va Italiya AQŞ bombardimonçi samolyotlarining Sitsiliyada qönişiga ruxsat bermagani haqidagi yangiliklardan keyin Tramp Yevropani tinmay tanqid qilib kelmoqda.

Xullas, bir vaqtlar oltin uçun eng xavfsiz hudud bölgan Amerika bugun şu aktivlarga özi xavf solmoqda, göyo. Balki qörquvlarga hojat yöqdir, balki davlatlarning ehtiyotkorliklari örinsizdir. Ammo bir narsa aniqki, Yevropa davlatlari “Oltinlarimizni qaytaring!” deb hayqirmoqda va bu bejiz emas.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: