USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya va Italiya AQŞdagi oltinlarini qaytarib olmoqçi

82 марта

Germaniya va Italiya AQŞdagi oltinlarini qaytarib olmoqçi

Germaniya va Italiya jamoatçilik taşkilotlari hamda siyosatçilar tomonidan AQŞning Nyu-York şahridagi Federal zaxira bankida saqlanayotgan oltin zaxiralarini vatanga qaytariş böyiça bosimlar kuçaymoqda. Bu haqda “Financial Times” naşri xabar berdi.
Uşbu davatlarga sabab sifatida global geosiyosiy beqarorlikning kuçayişi hamda AQŞ Prezidenti Donald Trampning Federal zaxira tizimiga  nisbatan tanqidlari körsatilmoqda.
Yevropa Soliq tölovçilari assotsiatsiyasi (TAE) Germaniya va Italiya moliya vazirliklari hamda markaziy banklariga rasmiy murojaatlar yuborib, oltin zaxiralarini çet elda saqlaşning maqsadga muvofiqligini qayta körib çiqişni söragan. TAE prezidenti Mixael Yegerning aytişiça, Donald Trampning Federal zaxira tizimi mustaqilligini zaiflaştiriş ehtimoli çuqur taşvişga solmoqda.
“Germaniya va Italiya oltinini vatanga qaytariş – markaziy banklarimizga töliq nazorat taminlaşning eng töğri yölidir”, deydi u.
Avval Yevroparlament deputati bölgan, hozir esa Germaniyaning BSW partiyasini vakillik qilayotgan Fabio De Masi ham bu fikrni qöllab-quvvatlab, “bugungi beqaror davrda oltin zaxiralarini Yevropaga köproq qaytariş uçun jiddiy asoslar mavjud”, degan.
Bavariyadagi Xristian-ijtimoiy ittifoq (XSS) sobiq deputati Peter Gauvayler ham bu davatlarni qöllab-quvvatlagan.
“Biz sönggi ön yillikda oltinni xorijda saqlaş xavfsizroq böldimi, degan savolni özimizga berişimiz kerak. Javobi aniq: dunyo barqarorroq emas, balki beqaror bölib bormoqda”, deya takidlagan u.
Bundestag deputati, oltin böyiça ekspert va Germaniyaning Germaniya uçun alternativ (AfD) partiyasi azosi Peter Beringer oltin markaziy banklar uçun sönggi instantsiyadagi aktiv hisoblanişi va inqirozli davrda uning nafaqat huquqiy, balki jismoniy egaligi ham muhim ekanini qayd etgan. U bu fikrlarini AQŞning amaldagi mamuriyati bilan boğlamasligini ham alohida takidlagan.
Jahon Oltin Kengaşi (World Gold Council) malumotlariga köra, Germaniya va Italiya oltin zaxiralari hajmi böyiça AQŞdan keyin ikkinçi va uçinçi örinda turadi. Germaniyada 3352 tonna, Italiyada esa 2452 tonna oltin mavjud. Şularning muhim qismi – umumiy hajmning uçdan biridan köproği Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida saqlanadi. “Financial Times” hisob-kitoblariga köra, AQŞda saqlanayotgan oltin qiymati 245 milliard dollardan oşadi.
Bundesbank “Financial Times”ga bildirgan bayonotida 2013 yildan beri amalda bölgan yöl-yöriqlarga muvofiq, oltin zaxiralarining joylaşuvi strategiyasi doimiy ravişda qayta körib çiqilişini malum qilgan. Bu strategiya xavfsizlik bilan birga, likvidlikni – yani zarurat tuğilganda oltinni tezda sotiş yoki almaştiriş imkonini ham hisobga oladi. Şunga qaramay, Bundesbank AQŞning Federal zaxira bankini “işonçli hamkor” deb atagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: