Yangiyölda uyida naşa ekkan şaxslar uşlandi
Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 ta holatda jami 339 kvadrat metr yer maydonida 48 tup kannabis giyohvandlik ösimligi yetiştirilayotgani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, viloyat hududida giyohvandlik bilan boğliq holatlarning oldini oliş va ularga çek qöyiş maqsadida boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda kuçaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Jumladan, Yangiöl tumani Gulboğ mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaroning xonadoni közdan keçirilganda, issiqxonaning 300 kvadrat metr maydonida 12 tup kannabis ösimligi yetiştirilgani aniqlangan. Şuningdek, uşbu şaxs 6 kilogramm 75 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelgani ham malum bölgan.
Yana bir holatda Saidota mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaroning xonadon tomorqasi közdan keçirilganda, 4 tup kannabis yetiştirilgani va 6 kilogramm marixuana saqlab kelingani aniqlangan.
Holatlar yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona va Namangan viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 1 kilogrammdan ortiq gaşiş moddasi, 782 dona “Tropikamid” hamda giyohvandlik vositalari bilan boğliq boşqa aşyolar aniqlangandi.