Xorazmda banka içiga yaşirilgan giyohvandlik vositasi aniqlandi
22-05-2026, 12:39
369 марта
Xorazmda banka içiga yaşirilgan giyohvandlik vositasi aniqlandiXorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotgan holat foş etildi.
Malum qilinişiça, Xorazm viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan viloyat DXX hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganç şahrida navbatdagi tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir jarayonida Urganç şahrida yaşovçi fuqaroning xonadoni közdan keçirildi. Körik vaqtida uyning yotoqxona qismida saqlab kelingan 3 litrlik banka içida oğirligi 34,9 gramm bölgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.