Giyohvandlikka kuçli zarba: Xorazmda 860 gramm “opiy” musodara qilindi
16-01-2026, 21:25
607 марта
Giyohvandlikka kuçli zarba: Xorazmda 860 gramm “opiy” musodara qilindiXorazm viloyatida giyohvandlikka qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdorda giyohvandlik vositalari muomaladan olib qöyildi.
Jumladan, Yangariq tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 2026 yil 14 yanvar kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida Hazorasp tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan fuqaro O.B. 10 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda 2 million 700 ming sömga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida, aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida yana bir şaxs — Hazorasp tumanida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan fuqaro H.J.ning xonadonida tezkor xodimlar tomonidan xolislar iştirokida tintuv ötkazildi. Tintuv jarayonida 850 gramm “opiy” hamda 12 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçilarga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş tartibi qöllanilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan giyohvandlikka qarşi kuraşiş işlari Xorazm viloyati böylab izçil davom ettirilmoqda.