USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gulistonda 16 nafar boğça bolasini Damas’da taşigan haydovçi uşlandi

99 марта
Гулистонда 16 нафар боғча боласини Damas’да ташиган ҳайдовчи ушланди

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 16 nafar boğça bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovçi aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyatining Guliston tumani hududidan ötuvçi avtomobil yöllarining birida Damas rusumli transport vositasi 16 nafar boğça tarbiyalanuvçisini olib ketayotganda Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan töxtatilgan.

Bildirilişiça, aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan haydovçi bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilgan. Unga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-8-moddasi (Transport vositasida odam taşiş qoidalarini buziş)ga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

“Amaldagi yöl harakati qoidalariga köra, transport vositasida odam soni uning texnik pasportida közda tutilgan miqdordan ortiq bölsa, bunday holatda odam taşiş taqiqlanadi. Biroq avtomobil yöllarida ayrim haydovçilar tomonidan uşbu talabga rioya qilmaslik holatlari hanuzgaça uçrab turibdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida 25 nafar boğça bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovçi aniqlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: