Surxondaryoda talaba qiz hali tuğilmagan öğlini sotmoqçi böldi
Surxondaryo viloyatida universitet talabasi hali tuğilmagan farzandini kontrakt tölaş uçun sotmoqçi böldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, Termiz şahridagi universitetning uçinçi bosqiç talabasi J.S. joriy yilning boşida tuğilgan farzandini sotiş va pulni öqişining yillik tölovlariga işlatişni rejalaştirgan. U öğliga xaridor qidirib, yanvar oyining boşlarida J.G. ismli ayol bilan tanişib qolgan. Sudlanuvçi unga hali tuğilmagan farzandini sotib, pulni öqişining yillik tölovlari uçun sarflaşi zarurligini aytgan va öğlini 1 ming 500 AQŞ dollariga sotib yuborişga kelişgan. Sudlanuvçi joriy yilning 15 yanvar kuni Termiz tumanidagi tuğuruqxona binosida kelişilgan pullarni olgan vaqtida viloyat IIB xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Joriy yilning 26 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Termiz tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda J.S. aybiga iqror bölgan va bir yigit uni aldagani sababli xomilador bölib qolganini, oila azolarining bundan xabari bölmaganini aytgan.
Sud hukmiga köra, J.S. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan marhum qiliş jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 2014 yilda tuğilgan farzandini 40 mln sömga sotmoqçi bölgan 30 yoşli ayol 3 yil 6 oyga ozodlikda mahrum qilingandi.