Özbekiston suğoriş tizimini modernizatsiya qiliş uçun 250 mln dollar qarz oladi
13-06-2025, 16:00
180 марта

Özbekiston suğoriş tizimini modernizatsiya qiliş uçun 250 mln dollar qarz oladi
Özbekiston böylab 110 ta suğoriş nasos stantsiyasini modernizatsiya qiliş uçun 250 million AQŞ dollarigaça bölgan suveren kredit ajratiladi. Bu haqda keça, 12 iyun kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (ETTB) hamda Özbekiston Respublikasi örtasida imzolangan bitimda söz boradi.
Hujjatga köra, loyihada 10 ta hudud qamrab olinadi va u Özbekiston suğoriş tizimini modernizatsiya qiliş böyiça Milliy dastur ijrosiga kömaklaşadi. Natijada yiliga 251 ming Mvt⋅soat elektr energiyasi tejaladi va atmosfera havosiga çiqariladigan karbonat angidrid miqdori 117 ming tonnadan ortiq kamayadi. Şuningdek, loyiha doirasida nasos stantsiyalarining tomlariga quyoş panellari örnatilişi kabi qöşimça infratuzilma ham yangilanadi.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda YeTTBning Özbekistondagi investitsiyaviy portfeli 5,6 milliard yevro qiymatidagi 181 ta loyihani öz içiga oladi. Mablağlarning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirişga yönaltirilgan. Özbekiston 5 yildan buyon Markaziy Osiyoda YeTTB investitsiyalarining eng yirik manzili bölib qolmoqda.