USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eski muammo, yangi qurbon. Turkiyadagi litseyda yana otişma böldi

39 марта
Эски муаммo, янги қурбон. Туркиядаги лицейда яна отишма бўлди

Bola oiladan keyin özini eng xavfsiz his qilişi kerak bölgan joy maktab. Ammo Turkiyada sönggi oylarda talim muassasalarida sodir bölayotgan qurolli va piçoqli hujumlar bu tasavvurni jiddiy sinovdan ötkazmoqda. Öquvçilarning qurol bilan maktabga kirişining özi dahşatli. Öqituvçilar öz öquvçilari tomonidan otib öldirilişi esa undan-da dahşatli. Anglaganingizdek, Turkiyada maktab xavfsizligi va yoşlar orasidagi zöravonlik muammosi yana kun tartibiga çiqdi. Yaqin daqiqalar içida şular haqida gaplaşamiz.

Litseyda qurolli hujum

Navbatdagi hodisa bugun, 22 sentyabr kuni Manisa viloyatining Turgutlu tumanida sodir böldi. Inji Uzmez kasb-hunar va texnik Anadölu litseyi oldida qurollangan şaxs atrofga öq uzgan. Manisa viloyati hokimligi dastlab 8 kişi yaralanganini malum qilgan bölsa, keyingi xabarlarda jarohatlanganlar soni kamida 11 nafarga yetgani aytilmoqda. Gumonlanuvçi qölga olingan, hodisa yuzasidan tergov boşlangan.

Dastlabki malumotlarga köra, gumonlanuvçi 9-sinf öquvçisi bölgan. U buvisining uyidan olingan ov miltiğidan foydalangani aytilmoqda. Hozirça hujum sababi rasman aniqlanmagan, tergov doirasida maktabdagi zöravonlik ehtimoli ham körib çiqilmoqda.

Bu Turkiyada yil davomida talim muassasalarida sodir bölgan birinçi şunday hodisa emas.

Öqituvçi öz öquvçisi tomonidan öldirildi

Joriy yilning 2 mart kuni ham butun Turkiyani larzaga solgan voqea sodir bölgandi. Istanbulning Çekmeköy tumanidagi Börsa Istanbul kasb-hunar va texnika Anadölu litseyida 17 yoşli öquvçi maktab içida piçoq bilan hujum uyuştirgan. U 44 yoşli biologiya fani öqituvçisi Fotima Nur Çelik hamda yana bir öqituvçi va öquvçiga hujum qilgan.

Oğir jarohat olgan Fotima Nur Çelik şifoxonaga olib ketilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Boşqa ikki jabrlanuvçiga esa tibbiy yordam körsatilib, davolanişni davom ettirgan.

Malumotlarga köra, hujum qilgan öquvçi avval ham maktabda intizom bilan boğliq muammolarga sabab bölgan. Vafot etgan öqituvçi Fotima Nur Çelik ham bundan oldin Intizom qömitasi yiğilişida uşbu öquvçi haqida gapirib, maktabdagi xavfsizlik bilan boğliq xavotirlarini bildirgan.

Hodisadan söng litseyda darslar vaqtinça töxtatilgan va xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Voqea yuzasidan tergov boşlangan, keyinçalik ikki nafar talim mansabdori lavozimidan çetlaştirilgan.

Iyun oyida sud mazkur hujumni sodir etgan öquvçiga nisbatan hukm çiqardi. U 37 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qayd etiş joiz, Turkiyadagi yoşlar, ayniqsa, ösmir öquvçilar orasida iqtisodiy yetişmovçilik, kelajak xavotirlari ruhiy muammolarni keltirib çiqarmoqda. Bu esa öz navbatida ijtimoiy soha xodimlariga aks tasir etmoqda. Mazkur hodisa mamlakatda sezilayotgan moddiy va ijtimoiy taranglik, yoşlardagi beqarorlikning hosilasi deyiş mumkin.

Aprelda ikki kun içida ikki hujum

Oradan köp vaqt ötmay, aprel oyida Turkiya maktablarida ketma-ket ikkita qurolli hujum sodir böldi.

14 aprel kuni Şonliurfa viloyatining Siverek tumanidagi Ahmad Köyunju kasb-hunar va texnik Anadölu litseyida sobiq öquvçi öqotar quroldan foydalangan. Hujumda 16 kişi, jumladan öquvçilar va öqituvçilar yaralangan. Hujum qilgan şaxs keyinçalik politsiya tomonidan qurşab olingaç, öz joniga qasd qilgan.

Ertasi kuni esa Qahramonmaraş viloyatidagi Ayser Çalik örta maktabida 14 yoşli öquvçi ikki sinfga qarata öq uzgan. Dastlab 9 kişi halok bölgani, 13 kişi yaralangani malum qilingan, keyinçalik şifoxonada yana bir jabrlanuvçi vafot etib, qurbonlar soni 10 nafarga yetgan. Halok bölganlar orasida öqituvçi va öquvçilar ham bor.

Şunday qilib, 2026 yilning mart, aprel va sentyabr oylarida Turkiyadagi talim muassasalarida öqituvçi va öquvçilar iştirokidagi bir neça jiddiy zöravonlik holatlari qayd etildi.

Muammo faqat quroldami?

Bu hodisalarni birgina sabab bilan izohlaş qiyin. Hujumlarning motivlari ham bir-biridan farq qiladi va ayrimlari böyiça tergov hanuz davom etmoqda. Şu sababli ularni bevosita iqtisodiy qiyinçilik yoki ruhiy muammolarning oqibati deb baholaş uçun yetarli asos yöq.

Biroq ketma-ket sodir bölayotgan voqealar Turkiyada yoşlar bilan işlaş, maktablarda xavfsizlik, zöravonlikning oldini oliş va öquvçilarning muammolarini erta aniqlaş masalalarini muhokama qilişga sabab bölmoqda.

Ayniqsa, qurollarning voyaga yetmaganlar qöliga qanday tuşayotgani muhim savollardan biri bölib qolmoqda. Apreldagi Qahramonmaraş hujumida işlatilgan qurollar hujum qilgan öquvçining otasiga tegişli bölgani aytilgan. Sentyabr oyidagi Manisa hujumida esa qurol buvisining uyidan olingani haqida malumot berildi.

Demak, masala faqat maktab darajasidagi nazorat bilan çeklanmaydi. Oilada qurol saqlanişi, maktabdagi xavfsizlik, ösmirlar orasidagi zöravonlik, ruhiy va ijtimoiy muammolarni öz vaqtida aniqlaş kabi bir neçta omil birgalikda körib çiqilişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: